Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

17-rasm. Xett poytaxti 
darvozasidagi relyef 
tasvirida Xett askari 
kalta yubkada, qalpoqda, 
kichkina qilich va 
bolta bilan turibdi.
69


18-rasm. Xett jang aravasi. 
19-rasm. Xett jangchisi.
Sanshirlidagi bazalt relyef 
tasviridan ko'chirma.
20-rasm. Xett jang aravasi. Xett falangasining birinchi 
uch qatori. Xettlar jangda saflanish tartibini bilganlar. 
Ular harbiy ish tarixida birinchilardan bolib falanga 
tarzida jang qilish san’atini egalladilar.
21-rasm. Xett jang aravasi. Abu 
Simbeldagi Ramzes II relyefidagi 
tasvir (mil. a w . XIII asr).
22-rasm. Zodagon xettlar jang 
aravalarida. Qadimgi Misr 
relyeflaridan.
70


SAK - MASSAGET, SKIFLARNING HARBIY 
SAN’ATI
Massagetlar skiflar kabi kiyinib, ularga 
o'xshab hayot kechiradilar. Ular otda va p i­
yoda safda ham jang qiladilar. Ularda, odat- 
da, kamon, nayza va jangovar cho‘qmorlar 
bor. Lekin nayzalar, kamon o ‘qlari va jango­
var cho‘qmorlaming metall qismlarini mis- 
dan yasaydilar, bosh kiyimlari, kamar va 
belbog ‘lam i tilla bilan bezaydilar.
Gerodotning «Tarix» asaridan
Sak-skif qabilalari mil. aw . Ill ming yillikdan shi­
moliy Xitoydan sharqiy Turkiston, 0 ‘rta Osiyo, Kas- 
piy dengizi sohillaridan Qora dengiz boyigacha sahro, 
chol, o'rmon zonalari, katta-kichik daryo vodiylari, 
tog' yonbaglrlarida yashaganlar. Ular ko'chmanchi 
chorvachilik, baliqchilik, dehqonchilik bilan shuglil- 
langanlar. Ко‘chmanchilar doimo minglab chaqirim 
bepoyon dashtlarda chorva mollari orqasidan mun­
tazam ко‘chib yurganlar. Antik mualliflar Yevropada 
yashagan saklarni O'rta Osiyoda yashagan saklardan 
farqlash uchun ularni «skif» nomi bilan ataganlar. 
Ilmiy adabiyotlarda shimoliy Xitoydan sharqiy Tur­
kiston, O'rta Osiyo, Kaspiy dengizi sohillaridan Qora 
dengiz boyigacha yashagan yuzlab tillarda so'zlashgan 
ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi urug'-qabilalarni 
umumiy nom bilan sak-skif qabilalari deb ataydilar.
Bizning olkamizda saklar, ulaming bir ko'rinishi 
bolgan massagetlar qadimdan yashagani e’tirof eti- 
ladi. Ularda xo'jalikning asosiy sohasi chorvachilik 
bolib, yilqichilik muhim o‘rin tutgan. Mil. aw . VII asr­
da sak-massagetlar harbiy demokratiya davriga o‘ta- 
dilar. Mil. aw . VI asrga kelib sak-skif davlatlari vujud­
ga kelgan. Ular atrofdagi davlat va jamiyatlar bilan 
ziddiyatli, tinch munosabatda bolganlar va ko'plab 
urushlar olib borganlar.
71


Sak-massagetlar yaylov-otloq, yer-suv uchun doi- 
mo boshqa urug-qabilalar bilan urush-to‘qnashuvlar 
girdobida yashaganlar. Urug-qabilaning har bir a’zosi 
jangchi bolgan. U o‘z uyi, podasi, oHoq-yaylov va suv 
havzasini himoya qilish uchun qilich, kamon, nayza va 
boshqa qurollardan foydalana bilishi hamda chavan- 
doz bolishi hayotiy zarurat bolgan. Qurg'oqchiliklar, 
uning natijasida ochlik, qahraton qish, izglrin sovuqlar 
ко‘chmanchilar hayotini doimo xavf-xatarga qo“ygan. 
Yer-suv, otloq-yaylovlar uchun qo'shni urug‘-qabilalar 
bilan o'zaro to‘qnashuvlar ко ‘chmanchilaming doimiy 
hamrohi bolgan.
Ana shunday xavf-xatarga tola hayot ko‘chman- 
chi urug‘-qabilalardan o'zini himoya qilish va tirik 
qolish uchun harbiy jang san’atini o'rganishni taqozo 
qilgan. Ко‘chmanchilar tug'ilgan bolani qor yoki so- 
vuq suvga tashlaganlar. Agar u tirik qolsa, soglom, 
kuchli bolib o'sish imkoniyati bolgan. Bola kichki- 
naligidan ovga o'rgatilgan: «... qo*yga minishga qodir 
bolgan bola kamondan qush va mayda jonivorlarni 
otishni eplaydi... va uni ovqatga ishlatadi» - deb yozi- 
ladi ко‘chmanchilaming hayotiga oid qadimgi yozma 
manbalardan birida. O'smirlarning balog'at yoshiga 
yetgani turli sinovlar bilan tekshirilgan: Ko'chman- 
chi qabilalardan birida o'smirlarning haqiqiy erkak- 
ligini quyidagi sinov bilan aniqlaganlar: O'smir 15 
yoshga yetganida jasorat kamari bilan belini boglab, 
dushman qo'shnilarga bosqinga yuborilgan. Agar u 
dushmanning boshini keltirsa, u haqiqiy «ikki marta 
tug'ilgan erkak»ga aylangan. Agar u qaytib kelmasa
hech kim uni eslamagan. Ко ‘chmanchilarda och qol- 
maslik, sero't о‘tloq-yaylovlarni qoldan chiqarmaslik 
uchun boshqa raqib urug'-qabilalarga qarshi doi­
miy urush qilish odatdagi hoi bolgan. Qadimgi yo- 
zuvchilardan biri shunday yozib qoldirgan: «... bizda 
doim urushlar olib boriladi yoki biz hujum qilamiz, 
yoki bizga hujum qiladilar, yoki biz yaylovlar uchun
72


urush qilamiz», - deydi bu yozuvchining qahramoni 
Toksaris. «Ularning kelishini kutmagan odamlarga 
hujum qilganlar, ularning barchasini qochishga maj- 
bur qildilar... qurol ko'tarishga qodir bolganlarning 
ko'pchiligini oldirdilar, boshqalarini tirik olib ketdi- 
lar va shu vaqtning o'zida o'ljani olib, asirlar to'dasini 
to
‘plash, o'tovlarni talashni boshladilar...» Toksaris 
ch ol va sahrolardagi ko'chmanchilarning odatdagi 
hayotini shunday tasvirlagan.
Sak-skiflarda o'smirlar bolalik davridanoq harbiy 
ishni o'rganib, murakkab sinovlardan so'ng haqiqiy 
jangchi sifatida tan olinganlar. Ular erkak jangchilar 
qatoriga qo'shilish uchun bir necha sinovlardan otgan- 
lar. Har bir o'smirda go‘dakligidan sabr-toqat, chidam, 
iroda shakllantirilgan. O'smirlarga ekstremal vaziyatlar- 
dan chiqib ketish kohikmasi singdirilib, o‘zini himoya 
qilish, jang san’ati hamda chavandozlik o'rgatilgan.
Otga minish, chavandozlik o'smirlik yoshidan o‘r- 
gatilgan. Ot sak-massagetlar uchun eng yaqin do‘st, 
yordamchi bolgan. Chavandozlik, otda jang qilish 
bo'yicha turli bellashuv va musobaqalar o'tkazilgan. 
Bizgacha yetib kelgan ko'pkari, ot poygasi qadimgi av- 
lodlarimizdan qolgan ot bilan bogliq bellashuvlardan 
dengizdan bir tomchi xolos. O'rta asrlai'da Yevropada 
harbiy tumirlar qadimgi sharq dunyosidagi jangchi­
lar bellashuvidan o'zlashtirilib olingan xolos. Saklar 
uchun yugurib ketayotgan yaydoq otda kamondan 
200 metrgacha nishonga bexato urish odatiy hoi b o l­
gan. Harbiy yurishlar vaqtida jangchilar, odatda, ikki 
otda chiqqanlar. Sak-skiflarda ayollar yaxshi cha- 
vandoz va mohir jangchi bolib, harbiy yurishlarda 
qatnashganlar. Ко‘chmanchilar yilqichilikka alohida 
e’tibor berganlar. Nasldor otlar ko'paytirilgan va ular 
yuqori baholangan. Otlarning egar-jabduqlarini tay- 
yorlaydigan mohir ustalar bolgan.

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling