Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Porslarda harbiylarning imtiyozlari
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Porslarda harbiylarning imtiyozlari.
Ahmoniylar davlatining ikki yuz yildan ko'proq hukmronlik qilishi- ning asosiy sababi bu qudratli armiyaning mavjudligi va bu armiyani mavjud davlat hokimiyatini barqaror- ligini ta'minlashi boldi. Davlat hokimiyati armiyaning asosini tashkil etgan askarlarning manfaat va ehtiyo- jini unutishi oqibatida davlat harbiy jihatdan zaiflash- di va bu Ahmoniylar davlatining halokatiga olib keldi. Fors podsholari davlat harbiy xizmatiga kirgan har- biylarga yer ulushi berish bilan uyushgan, ular jan- govar qobiliyatli yuqori armiya tuzmoqchi edilar. Doro I va Artakserks I harbiy islohotlar o‘tkazib, o‘zlariga sodiq harbiylar qatlamini vujudga keltirishga harakat qilganlar va yer ulushini quyidagicha belgiladilar: «Ot ulushi» - bu ulushni olgan askar undan da- romad olishi va qaram dehqonlar mehnatidan foy- dalanishi mumkin edi. Buning uchun urush vaqtida chaqiriq bo'yicha xizmat qilishi lozim bolgan. U otga minib, tola qurollangan holda yigln joyiga kelishi shart bolgan. Bir ot ulushiga bir otliq askar qo'yilishi zarur. Bunday ulush taxminan 70 akrni tashkil etgan. «Kamon ulushi» - bu ulushni olgan askar podsho chaqiriglga binoan piyoda kamonchi sifatida harbiy safarga chiqishi lozim. Bu ulush ot ulushidan ikki marta kam. «Jang aravasi ulushi» - bu ulushni olgan askar jang aravasida jang qilgan. Ular armiyaning saylanma qis mi va fors armiyasining zarbdor kuchi edi. Bu eng boy va katta in’om bolgan. Birinchidan, ulushlar asta-sekin bolinib ketgan. Misol uchun, otliq askarda besh o‘g‘il bolib, yer ulushi ular oVtasida bolingan. Doro II davriga kelib, ot ulu shi egasida Kayxusrav II ulush egasiga boshda in’om qilgan o‘n besh ulushdan o‘ndan bir qismi yoki bir qismigina qoldi. Lekin ulush egasi otliq askar berishi zarurligi to‘g‘risidagi qonun harakatda qolavergan. Bir ulushdan bir otliq harbiy xizmati uchun yer ulushi 93 olgan harbiy xizmatchilarning ko‘pchiligi turli sabab- lar bilan xonavayron boldilar. Ulush egalari turli xil bahonalar bilan o‘z ulushlarini sotdilar, lekin qonun boyicha bu yer ulushlari sotilishi mumkin emas edi. Bu holat armiyaning jangovar qobiliyati pasayishiga olib keldi. Ot ulushining ko‘p egalari o‘z majburiyat- larini bajarmay qoydilar, ya’ni o‘zlarining o‘rinlariga armiyaga o‘z xizmatkorlarini yubora boshladilar. Mil. aw. V asrda yashagan Ksenofont bu to‘g‘risida shun day degan edi: hammomchilarni, nonvoylar, xizmat- chilarni otliq qiladilar...». O'zlari esa harbiy ish bilan shug4allanmay tekinxo'rga aylangandilar. Ko'pgina boy yer egalari podshodan immunitet yorlig'i olib, harbiy xizmat majburiyatidan ozod bo‘1- dilar. Bobilda bu Ahmoniy shahzodalar, fors zoda gonlari, Misrda Arsham urug'idan bolgan zodagon- lar va boshqalar edi. Bu fors zodagonlarini podsho dan uzoqda o‘z saroy, yer-mulklari va shaxsiy harbiy qismlari bor edi. Bularning hammasi fors davlatining harbiy qudrati zaiflashuvi va halokatiga olib kelgan. Qadimgi Eron harbiy san’ati to‘grisida rimlik ta- rixchi Kvint Kursiy Ruf qiziqarli malumot beradi.Yo- zuvchi fors armiyasining harbiy yurishga chiqishini batafsil tasvirlaydi. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling