Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

Harbiy islohot
Ksenofont qadimgi yunon tarixchisi, (m il aw. 430- 
yil-mil. auv. 355-yillar atrofi) owning «Ekonomika» asa- 
rida Eronning harbiy-ma’muriy tizimi to‘g ‘risida qimmatli 
m alum otlar qoldirgan. Ushahzoda kichik Kayxusrav ar- 
miyasida (m il avv. V asr) yollanma askar b olib xizmat 
qildi. Shahzoda o ‘z akasiArtakserks bilan taxt uchun ku- 
rashdi. Tarixchi Ahmoniylar davlatida harbiy ishqanday 
yo'lga q o ‘yilgani to‘g ‘risida m a’lumot beradi.
Fors podshosi harbiy soha to‘g‘risida o‘ta g ‘amxo‘r- 
lik qilishiga biz rozimiz: u olpon yig‘adigan har bir 
xalqni hokimiga qancha otliqlar, kamonchilar, o‘q 
otuvchilar va qalqon bilan qurollanganlarni saqlash 
lozimligiga ko'rsatma berdi, q o l ostidagilarni boshqa- 
rish uchun ular qancha kerak, dushman bostirib kir- 
ganda mamlakat himoyasiga ular qancha ushlab tu- 
rilishi kerakligiga ko'rsatma berdi. Bundan tashqari, 
u akropollar5da garnizonlarni saqlab turadi, ularni 
topshiriq berilgan hokim saqlab turadi, podsho esa 
har yili tola qurol-anjomda bolishiga ko‘rsatma be-
4 Qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi. Tuzuvchi R.Rajabov. 
-Т.: 2013. «ADIEU nashriyoti.
5 akropol - shahar ichidagi mustahkamlangan qal’a.
97


rilgan yollanma askar va boshqa armiyalarning ko‘ri- 
gini o‘tkazadi. U garnizonlardan tashqari, barchani 
yig'ilish o'tkazish belgilangan bir joyda yig‘adi. Qa- 
rorgohda yaqin turganlarni uning o‘zi koVgani bora- 
di, uzoqda yashaydiganlarni ko'rish uchun ishonch- 
li kishilarni yuboradi. T o la anjom, yaxshi otlar va 
qurol bilan armiyani taqdim eta bilgan komendant 
va xiliarxlar yoki satraplar yuqori lavozimga ko'ta- 
riladi, qimmatli sovg'alar bilan taqdirlanadi. Pod­
sho garnizonlarga nisbatan uquvsiz yoki tamagirligi 
uchun noinsof deb topilganlarni jazolaydi va bosh- 
liqlikdan chetlatib, boshqalar bilan almashtiradi. 
Uning harbiy ishga bunday munosabati, shubhasiz, 
uning g‘amxo‘rligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, o‘z 
mamlakatining bir qismini o‘zi aylanib chiqadi, bir 
qismini yuboriladigan ishonchli odamlar orqali tek- 
shiradi va agarda hokimlar yerni yashnagan, ishlov 
berilgan va m o l-k o l hosil, o‘ziga mos daraxt va me- 
valar bilan ko‘rsatsa, unga (yana) viloyatlarni qo‘shib 
beradi, sovg'a va faxriy egarlar bilan mukofotlaydi. 
Yerga ishlov berilmagani, hokimlarning qattiqqolligi 
tufayli aholi kamligi, og‘ir xulq-atvori yoki beparvoli- 
gi uchun ularni jazolaydi va vazifasidan olib, boshqa 
hokimlarni tayinlaydi... Ular tomonidan ikki vazifaga 
tayinlangan boshliqlar bir o'zlari aholi va ishlayot- 
ganlar ustidan boshchilik qiladi, soliqlarni yig‘adi; 
boshqasi qurolli garnizonlarga rahbarlik qiladi. Agar 
qo'mondon mamlakatni yetarlicha himoya qilmasa
aholi boshligl va ishlov berish mudiri qo'riqlash yo‘q- 
ligi sababli mehnat qilish mumkin emas deb, zimdan 
xabar beradi; agarda komendant tinchlikni ta’minla- 
masa, ishlov beriladigan yerda aholi kam joylashgan 
bolsa va ishlov berilmasa, buni komendant zimdan 
xabar beradi.6

Хрестоматия по истории древнего мира. - М.: 1991. 80- 
81-стр.
98



Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling