Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Manu qonunlaridan
Qadimgi hind harbiy san’ati insoniyat tarixi da vomida to'plagan harbiy-nazariy tafakkurida o‘zi- ning munosib hissasiga ega. Mil. aw . II mingyillik- da Hindistonda katta-kichik davlatlar mavjud bolib, ularning hokimi rojalar deb atalgan. Roja asosan urushda armiyaga boshchilik qilgan. Roja hokimiyati urug'ning qurol ko‘tarishga qobiliyatli bolgan askar- lar yigln i - «samiti» bilan cheklangan. Mil. aw . VI asr atrofida Shimoliy Hindistonda ikki kuchli davlat - Magadxa va Koshala bolgan. Forslar Gandxara vodiysini bosib oladi, natijada, Gandxara tolov majburiyati sifatida hind askarlarini fors armi yasi tarkibida harbiy xizmatni o'tashga yuborgan. Qadimgi Hindistonda jamiyat to‘rt ijtimoiy tabaqa- ga bolingan. Har bir tabaqaning o‘z huquq va maj- buriyatlari bolgan. Bu jamiyatda ikkita ijtimoiy qat- lam imtiyozga ega bolgan. Birinchi imtiyozli qatlam - braxmanlardan keyin harbiy (kshatriy)lar turgan. Harbiylar tabaqasining asosiy vazifasi davlat xavfsiz- ligini ta’minlash va tinchlikni saqlash bolgan. Tarixchi Arrian malumotlariga ko‘ra «Harbiylar kastasi soni dehqonlar orqasidan boradi. Ular faqat harbiy ish bilan shug\illanganlar. Qurollami ular uchun boshqalar yasaydilar, otlarni ularga boshqalar yetkazib beradilar, lagerda ularga boshqalar xizmat qi ladilar, ya‘ni ularning otlarini parvarish qiladilar, qurol tozalaydilar, fillami olib yuradilar, jang aravalarini tar- tibga keltiradilar va haydovchilik qiladilar. Ularning o‘z- 103 lari, agar kerak bolsa, jang qiladilar, tinchlik shartno- masi tuzilganidan so‘ng, ular quvnoq hayot kechiradi- lar; davlatdan ularga shunday ish haqi beriladiki, unga boshqalami ham qiyinchiliksiz boqish mumkin» (26). Qadimgi hind davlatlari armiyasining tuzilmasi tarkibiga piyodalar, jang aravalari, otliqlar va jango- var fillar kirgan. Arrian qadimgi hind davlatlaridan birining armiyasi to‘g ‘risida shunday ma’lumot bera- di: hokimlardan birida 50 jangovar fil, 4 ming otliq, 130 ming piyoda bolgan. Armiyaning asosini piyo da harbiy qismlar tashkil etgan. Piyodalar kamon, uzun va keng qilich, odam bo‘yi barobar, ensiz charm qalqon bilan qurollangan. Kamonning bir uchi yerga qo^ilgan, piyoda askar unga chap oyog‘i bilan suya- nib, kamon ipini oxirigacha tortib o‘q otgan. Otliqlar irg'itish uchun ikkita nayza va uncha katta bolmagan qalqonga ega bolgan. Otlarda egar bo'lma- gan, lekin ular jilovlangan. Hind armiyasi tarkibida jangovar fillar bolgan. Fil ustiga kajava-minoracha- da kamonchi va kalta nayza irg'ituvchilar joylashgan. Jangovar fillar Ahmoniylar, Karfagen, Makedoniyalik Iskandar armiyasida ham mavjud bolgan. Jangovar fillar muntazam otliq qismlar pay do bol- ganiga qadar piyodalar uchun dahshat tug‘dirgan. Yaxshi o'rgatilgan fillar jangda o‘z yolboshchilarini yaxshi himoya qilganlar, fil o‘z yolboshchisi jangda yiqilsa, uni gavdasi bilan qalqondek himoya qilgan, oldirilgan yolboshchilarini jangdan olib chiqqan. Hind shaharlari qadimda mustahkam himoya qi- lingan. Shahar devorlari xandaq bilan o'rab olingan. Arrian malumotlariga ko‘ra, Palimbotra shahari de- vorlarida 570 minora va 60 darvoza bolgan. Manu qonunlariga asosan brahmanlar (hukmron toifa), podsho va kshatriy (harbiylar)ga mamlakat ichida barqaror tinchlikni ta’minlash va mamlakat tashqarisida istilochilik urushlari olib borishlari uchun m alum bir talablarni qo“ygan. 104 Mil. aw. I asrga tegishli qadimgi hind huquqiy yod- gorligi bolgan «Manu qonunlari»da harbiy ishga keng o'rin berilgan. «Manu qonunlari»da urush va tinch- lik masalalari, mustahkamlangan tayanch nuqta- lar, urushlaming axloqiy asoslari, podshoning harbiy boshliq sifatida majburiyatlari, urush vaziyatini to‘g‘ri baholash va urush harakatlarini boshlash vaqti, har biy yurish uchun tayyorgarlikka qoQilgan talablar, jang qilish va qal’alami egallash muammolari tahlil qilinadi. «Manu qonunlari»ga ko‘ra, armiya lashkarboshi ix- tiyoriga, davlat boshqaruvi esa podshoga berilgan. Ar miya fuqarolar ustidan nazoratni amalga oshirgan. Podshoning majburiyati davlatning mustahkamlangan tayanch nuqtalarini qurishni ta’minlash. Qal’a tosh va tuproqdan qurilishi, uni suv yoki daraxtlar bilan himoya qilish mumkin. Har bir qal’a qurol, pul, don, yuk hay- vonlari xashak va suv bilan yaxshi ta’minlanishi zarur. Qal’a garnizonida brahmanlar va yetarli miqdorda askar va hunarmandlar turadi. Mudofaa kuchlari as- karlarning qarshiligini kuchaytiradi. «Shahar isteh- komida joylashgan bir jangchi yuzlab (dushmanga), yuzlik o‘n minglarga qarshilik ko‘rsatadi» (74-mod- da). «Qonun» qal’ada turgan hukmdorga dushman ziyon keltira olmaydi deb uqtiradi. «Manu qonunlari»da urush olib borishning axloqiy qoidalariga jiddiy e’tibor beriladi: - urushda makkor qurol bilan, tishli kamon og“u bilan, zaharli o‘q bilan, uchi bolingan kamon o ‘qlari bilan oldirish taqiqlanadi; - agar podshoning o‘zi jang aravasida turgan bo Isa, tepalikda turganni, rahm qilishni so'rab qolini ko'tar- gan haram og'asini, to‘zg‘igan sochlari bilan qochib ketayotganni, otirganni ham, «men-seniki» deb ayt- ganni ham oldirish mumkin emas. Uxlayotganni, so- vuti bolmaganni, qipyalongbchni, qurolsizni, jangda ishtirok etmay unga qarab turganni, boshqa dushman 105 bilan olishayotganni oldirish mumkin emas. Quroli singanni, kulfat-g‘am chekayotganni, qo'rqib ketganni, qochishga urinmaganni; lekin bunday barcha holat- larda u (haqiqiy askarlar) burchini yodda tutishi lozim (91-93-moddalar). Podsho aldamasligi, hech qachon makkorlik bilan hujumga otmasligi kerak. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling