Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Mahobhorat yoki Bharata avlodlari


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

Mahobhorat yoki Bharata avlodlari 
jangnom asi
Qorong'i zulmat ichida Duro‘dho‘naning oldiga 
murabbiy Dro‘naning o‘gli, yosh jangchi Ashvattha- 
man pisib keldi. Yaqindagina qudratli hukmdor b o l­
gan kishining qonga belangan holda yerda yotganini 
ко‘rib u yiglab yubordi, boshini maglub podshosi- 
ning oyoqlariga qo^di.
- Ey ulug‘ zot, - dedi Ashvatthaman, - nahotki, yer 
yuzida о‘zgarmaydigan narsa bolmasa? Odamning 
ikkidan biriga hukmdorlik qilgan senday podsho 
shoqol va sirtlonlar qurshovida g‘arib ahvolda ola- 
yotirsan. Armiyang qani? Yengilmas harbiy sarkar- 
dalaring-chi? Ukalaring, o‘rinbosarlaring qayerda? 
Hammasi, hammasi olim xudosi yolidan ketdi. Yo- 
ningda hech kim yo‘q. Hech kim senga so‘nggi mar- 
ta bolsa ham loyiq hurmat ko'rsatmayotir, hech kim 
sen uchun o‘ch olmayotir. Ashvatthamanning faryodi 
Duro‘dho‘naning jonini olim uyqusidan uyg'otib yu­
bordi. Duro‘dho‘na maglubiyatga uchragani uchun 
alam bilan yiglayotgan bu yigitga murojaat qilib dedi:
- Men o‘zim uchun g‘am chekmayman. Ertami, 
kechmi barcha tirik jonning boshida qazo bor. Men 
jangchiga munosib olim bilan ketayotganimdan xur- 
sandman. Seni sog‘-salomat koVganimga ham xur- 
sandman. Sen hamisha mard va matonatli eding. Bun- 
dan keyin ham shunday bol. Menga alam qiladigan 
joyi shuki, armiyam butunlay yakson qilindi, dushman 
armiyasida esa sog‘-salomat qolganlar ко‘p.
- Ey podshohim, - deb qichqirdi Ashvatthaman, -
bu fikrlar seni iztirobga solmasin! Hayotim haqqi qa-
110


samyod qilamanki, ko‘p o‘tmay dushman askaridan 
bitta ham qolmaydi. Meni kut. Bu haqdagi xabarni 
senga o‘zim keltiraman.
Ashvatthaman shunday deb, qiziqqonlik va jaho- 
lat bilan jangga chanqoq holda Pandavlar qarorgohi 
tomon chopdi.
Bu hodisa ulug‘ jang tamom bolgandan keyingi 
birinchi kechada bolayotgan edi. Horigan jangchilar 
dong qotib uxlashardi. Atrofda birorta chiroq ham 
ko‘rinmas, sado ham eshitilmasdi.
Ashvatthaman dushman qarorgohiga yashirinib 
kirib, kattakon banan daraxti tagiga berkindi va qan- 
day qilib hamma jangchilarni mahv qilish haqida 
o'ylay boshladi. U bitmas-tuganmas alam bilan o‘ch 
olmoqchi bolib kelgan, lekin yolg'iz edi. Uni bu yerda 
olimdan boshqa nima ham kutar edi.
Shu qayg'uli oyiarga borib, nima qilishini bilmay
daraxt tagida o'tiraverdi. To‘satdan qorong'ida uning 
oyog'i tagiga shamol to‘kkan mevaday bir narsa to‘p 
etib tushdi. Keyin yana tushdi. Atrofidan shunaqangi 
to'pillagan ovozlar tez-tez eshitila boshladi. U qolini 
uzatib, yonida hozirgina tipirchilab jon bergan qush- 
ni ushladi. Ularning ba’zilari boshsiz, ba’zilari ko'ksi 
majaqlangan, ba’zilari esa patsiz edi.
Ashvatthaman tun sukunatida bu qushlarni kirn 
о ‘ldirayotganligini bilolmay bananning qalin yaproq- 
lari orasiga qaradi. To'satdan uning boshi ustidan 
keng yoziq qanotlari bilan osmondagi yulduzlarni 
to‘sib bahaybat bir boyqush uchib o'tdi. Shu payt 
uning miyasiga o‘z raqiblarimni ochiq jangda emas, 
balki hozir - tunda g'aflatda oldirishim kerak, degan 
fikr keldi. Ular shu qushlar singari uxlab yotganda- 
gina hammasini yo‘q qilish mumkin. Tong otib qolsa, 
unda kech bo'ladi. U qat’iy qaror bilan sapchib o‘r- 
nidan turdi-da, qoplon singari yerga qapishib, pisib 
boraverdi va charchab dong qotib uxlayotgan Pandav 
jangchilarining soyalarini ko‘rdi.
I l l


«Uyqudagilarni oldirish nomardlik bolmasmikin?
- deb u to'satdan o^ylanib qoldi. - Jangchilarning 
or-nomus qonuni, urf-odatini buzish qanday bolar- 
kin?» U dushmanga q o l ko'tarishga ju r’at qila olmay 
ikkilanganicha to'xtab qoldi.
Keyin o‘z qo'shinining harbiy sarkardalaridan ko‘p 
eshitgan quyidagi so'zlarni eslab, shubhalarni quvdi:
Raqibni o ‘ylamay mahv etmoq darkor,
Qaramay ja roh a t у о charchog‘iga.
U у о g ‘aflatdami, y o ‘ldami, aslo 
Parvo qilma ochlik у о chanqogeiga.
Dushm aning jo n bersin azob-dahshatda,
Sen o ‘z raqibingni o ‘ldir, albatta,
Bahona m a ’zurga sabab b o ‘lolmas,
Raqibni o ‘ylamay mahv aylasang, bas.
U or-nomus qalqonini ming bolakka bolib, qoliga 
xanjarini ushlab, uyqudagi jangchilarga zaharli ilonday 
ovoz chiqarmay tashlanib, zarba bera boshladi. U achin- 
may rahmsiz ravishda ulami chavaqlayverdi, jangdan 
sog‘ qolganlaming hammasini qirib tashladi. Olayot- 
gan jangchilarning ingrashidan uyg'onib ketganlar esa 
dushmanni koVmasdan xavf qayoqdan kelayotganini 
bilmay bir-birini dahshat ichida oldirib yuborishdi.
Faqat o‘sha kuni qarorgohda bolmagan Pandav- 
largina bu halokatdan qutulib qoldilar.
Ashvatthaman askarlaming hammasini chavaqlab, 
qarorgohdagi chodirlarga o‘t qo^di-da, qanday kelgan 
bolsa, xuddi shunday shovqinsiz o'zini qorongllikka 
urdi. U olayotgan Duro‘dho‘naning oldiga shoshilib 
keldi, ustiga engashib, tashvishlanib so‘radi:
-
Ey sherdil inson, gapimni eshityapsanmi? Agar jo- 
ning chiqmagan bolsa, seni xursand qiladigan gap- 
larimni eshit. Dushmanning hamma qo'shinlarini o‘z 
qolim bilan qirib tashladim. Tiriklardan faqat aka-uka 
Pandavlar bilan Krishna, bizdan esa men bilan yana ik-
112


kita mard jangchi qoldi, xolos. Osmonda mening otam- 
ni, shu jangda shahid bolganlami ko‘rganingda, ular 
uchun men qasos olganimni aytib qo“y. Shuni bilki, ey 
shahanshoh, sen uchun ham qasos oldim.
Duro‘dho‘na oxirgi kuchini to'plab turib dedi:
- Qo'shinimdan birorta ham jangchi qilolmagan ish- 
ni sen qilding. Yaxshi qol. Endi men tinchgina olaman.
Umrining oxirigacha yaxshilik va haqiqat yoliga 
tusha olmagan podsho bu so‘zlarni aytib jon berdi. 
Donishmand Yudhishthira o‘z qo'shinining halokati- 
ni eshitgach, shunday dedi:
- Ajabo, ko'pincha yengilganlar g‘olib chiqadi, 
yengganlar esa m aglub bolishadi. Kechasi hamma 
jangchilar bizning aybimiz bilan halok bolishdi. Biz 
qarorgohni tashlab ketmasligimiz lozim edi. Chindan 
ham biz okeandan suzib kelib, daryoga cho'kib ket- 
gan kemaga o‘xshaymiz. B olar ish bolibdi, endi g‘am 
chekishning foydasi yo‘q. Biz endilikda mamlakat- 
ni yomonlikdan butunlay xalos qilish hamda xalq 
farovonligi haqida o'ylashimiz kerak. Shunday deb, 
bu adolatparvar podsho ukalari bilan ko‘r podsho 
Dhritarashtraning poytaxtiga qarab jo'nadi.7

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling