Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Aleksandrning podsho Por bilan jangi
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Aleksandrning podsho Por bilan jangi
Por8 bilan jang to‘g‘risida Aleksandr o‘z xatlarida batafsil hikoya qiladi. U dushman qarorgohlari o‘rta- sida Gidasp daryosi oqib o'tadi, deb xabar beradi. Fil- larni oldinga qo“yib, Por kechish joyi ustidan munta- zam kuzatib bordi. Iskandar lagerda varvarlar unga o'rganishi uchun har kuni kuchli shovqin ko'tarishni buyurdi. Bir kuni oysiz kechada Iskandar piyodalar- 7 Qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi. Tuzuvchi: R.Rajabov -Т.: 2013, «Adib» nashriyoti. 8 Por - Panjob vodiysidagi kichik qadimgi hind davlatining podshosi. Mil. a w . 326-yilda Gidasp daryosi bo'yidagi Makedoni- yalik Aleksandrga qarshi jang qilgan, ushbu jang Aleksandrning so'nggi jangi bolib, uning sharqdagi harbiy ekspeditsiyasi edi. 113 ning bir qismi va tanlangan otliqlarni o‘zi bilan olib, dushmanlardan uzoq ketib, uncha katta bolmagan orolni kechib o‘tdi. Shu vaqtda kuchli yomg'ir bosh- landi, boVonli shamol esdi, lagerda yashin chaqnab turdi. Iskandarning ko‘z oldida bir necha jangchilar yashin urib oldi, baribir oroldan suzib ketib, qarshi- dagi qirg‘oqqa chiqishga urindi. Ob-havo yomonligi uchun Gidasp toshib ketdi va quturdi, ko‘p joylarda qirg'oq yemirildi va u yerga suv shiddatli oqim bilan yugurdi, quruqlikka yaqinlashish mumkin emas edi, chunki oyoq ko'pirgan daryo sirpanchiq edi, shun- da hikoya qilishlaricha, Iskandar shunday hayqi- radi: «Afinaliklar, bilasizmi, sizni ma'qullashingizga sazovor bolish uchun qanday xavf-xatarga duchor bolyapman?». Onesikrit shunday deydi, Iskandar ning o‘zi ham xabar beradi, ular sollarni qoldirdilar va ko'krakkacha suvga tushib, qollarida qurol bilan kechuvga tomon harakat qildilar. Qirg'oqqa chiqib, Iskandar otliqlar bilan piyodalardan 20 stadiyga o'zib ketib, oldinga yugurdi. Iskandar faraz qildiki, agar dushman otliqlari jang boshlasa, ularning ustidan yengil g'alaba qiladi, agar ular piyodalarni oldinga chiqarsa, uning piyodasi o‘z vaqtida unga qo‘shilish- ga ulguradi. Bu taxminlarning birinchisi amalga osh- di. Mingta otliq va olti yuz jang aravasi unga qarshi chiqdi, u qochishga majbur boldi. Barcha aravalarga ega boldi, otliqlardan to'rt yuz kishi halok boldi. Por tushundiki, Iskandar daryodan kechib o‘tdi, qolgan makedonlarga xalaqit berish uchun joyida faqatgi- na uncha katta bolmagan qismni qoldirib, o‘zining butun qo'shini bilan unga qarshi chiqdi. Fillarning ko‘rinishi va dushman ko‘p sonligidan qo'rqqan Is kandarning o‘zi chap qanotga hujum qildi va Kenga9 o ‘ng tomonga hujum qilishni buyurdi. Dushmanlar har ikki qanotda turdilar, hamma vaqt ular fillarga chekindilar, u yerdan jipslashgan saf bilan yana hu- 9 Ken - Ken yoki Koynos - Iskandar lashkarboshilaridan biri. 114 jumga tashlandilar. Shuning uchun jang o'zgaruv- chan muvaffaqiyat bilan bordi va faqatgina sakkizin- chi soatda dushmanlarning qarshiligi sindirildi.10 Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling