Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Chjou davrida harbiy soha.
Shan-In davlati ha- lokati bilan Xitoyda mil. aw . 1027-256-yillarda mamlakatni boshqargan Chjou sulolasi hukmronligi boshlandi. Chjou davlati m a’muriy-tashkiliy jihatdan yaxshi shakllangan. Chjou podshosi katta yer egalari - gun, xou, bo, szi va nanlar orqali davlatni boshqar gan. Harbiy sohaga chjoular katta e’tibor beradilar. Podsho harbiy xizmatlari uchun o‘z xizmatchilarini rag‘batlantirgan. Davlat hokimiyati harbiy xizmatda- gilarni moddiy rag'batlantirish siyosatini olib borgan. Chjou davri bronza ko'zalarida shunday yozuvlar mavjud: «Budi’ harbiy sohadagi xizmatlaring uchun o'q-yoy, 5 qul oilasi va 10 ulush yer hadya qilaman». Chjou davlati davrida 100 ming kishilik kuchli armi ya shakllantirilgan. Armiya muntazam shaklda bolib, asosan, aholining asosiy qismini tashkil qilgan qo'shni dehqon jamoasi hisobidan toldirilgan. Chjou davlatida ma’muriy-xo jalik birligi 8 xojalikdan iborat «qo'shni ja- moa» bolgan. Qo'shni jamoa bolib yashagan dehqonlar davlatdan yer ulushi olganlari uchun armiyaga askar lar, ot va xachirlar, oziq-ovqat, yem-xashak yetkazib berish majburiyatini o'taganlar. 8 xo jalikdan biri askar bergan, qolganlar boshqa majburiyatlami bajargan- lar. Shu tarzda 700 ming dehqon xo'jaliklari 100 ming qo'shinni ta’minlab turgan. To‘rt «qo'shni jamoa» qish- loqni tashldl qilgan, 4 qishloq - qoVg'onni, 4 qo‘rg‘on vo- lostni tashkil qilgan. Urush vaqtida volost 75 askar, bir jang aravasi, 4 ot va 16 eshak bergan. Bu davrda Xitoy armiyasining tarkibiy tuzilmasida jang aravalari va otliq qismlar ham mavjud bolgan. Traktatlarning birida jang aravalari va otliq qismlar- ning urushda keltiradigan foydasi to‘g‘risida shunday deyiladi: «jang aravalari va otliqlar armiyaning harbiy qudratidir. O'n arava ming kishini yengadi, yuz arava 10 ming kishini tor-mor qiladi, 100 otliq ming kishi ni qochirib yuboradi». «Jang aravalari - armiya qa- 119 noti; ular mustahkam qo‘rg‘onlarni ag‘daradi, kuch li raqibni m aglub qiladi, qochayotganlarning yolini to'sadi. Otliqlar - bu armiya razvedkasi; u yengilgan armiyani ta’qib qiladi, unga ozuqa olib kelish yolin i kesadi, uning ilg‘or qismlarini to‘zg‘itadi». Jang aravalari ikki xil bolgan: to'rt ot qo'shilgan jang aravasi, 12 eshak qo'shilgan yuk tashish va mudofaa inshootlari qurish uchun transport aravalari. Har bir arava yonida 75 askar bolib, ulardan oglr qurollangan uch askar aravada jang qilgan, qolganlari uch bolin- maga ajralgan; bir bolinma arava oldida, boshqa ikki- ta bolinma qanotlarda joylashgan. Jang aravalariga 25 askar xizmat qiladigan transport aravasi biriktirilgan. Xitoy tarixida mil. aw. VIII-V asrlarda rasman Chjou sulolasiga bo“ysungan, amalda esa o'nga yaqin mustaqil davlat mavjud bolgan. Mil. aw. V-III asrlar Chjango («Urishayotgan podsholiklar») davri deb atalib, bu davr- da Chjou davlati yemiriladi va o'zaro urushlar kucha- yadi. Hozirgi Shandun viloyati hududida o‘sha vaqtda mavjud bolgan mil. aw. VII asming birinchi yarmida- gi Lu va Si davlatlari o'rtasidagi urushlar misolida qa dimgi Xitoy harbiy san’atining o'ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida tasawur hosil qilish mumkin. Si davlati har biy ustunlikka erishib, Lu davlatiga hujum qiladi. Lu hukmdori o‘z yaqinlaridan biri Sao Guy maslahati bilan dushman kuchlari toliqib qolgan paytda jangga kira- di. Bu mudofaa urushida Lu hukmdori dushmanning kuchli, ko‘p sonli armiyasiga qarshi urushda xalqqa su- yanib ish koVadi. Chanshao yonidagi jangda Sao Guy Lu hukmdorini dushman armiyasiga qarshi bevaqt hu- jumdan saqlab qoladi. Si hukmdori o'zining tola g‘alabasiga ishonib, Lu armiyasiga uch marta hujum qiladi, lekin bu hujum- larning barchasi qaytariladi. Si armiyasi o'zining bor kuchini sarflab bolib, charchab qolganda Lu armi yasi kuchli qarshi hujumga o'tib, dushmanni bata- 120 mom magTub qiladi. Sao Guy shunday ta’kidlaydi: «Axir urush - bu jasorat. Birinchi do'mbira jasorat- ni ko‘taradi, ikkinchisi bilan u pasayadi, uchinchi- si bilan tugaydi. Dushmanda jasorat so‘ndi, biz esa tola jasoratda edik, shu sababli g‘alabaga erishdik. Katta davlat bilan urushib, uning bor kuchini bilish qiyin. Men pistirmadan qo'rqdim. Men ularning jang aravalari izlariga qaradim - ular chalkashib ketgan edi, ularning bayroqlariga qaradim - ular yiqildi. Ana shunda biz quvishga tushdik». Bu urushning alohida tomoni shundaki, kuchlarning yuqori darajada teng- sizligi vaziyatida zaif boshda chekindi, keyin esa zaif tashabbusni o‘z qoliga oldi va g'alaba qildi. Mil. aw. VI-V asrlardagi Xitoy armiyasi aniq tashkiliy tuzilmaga ega bolgan. «U» (beshlik), besh «U» - «lyan» (25 askar), to'rt «lyan» - Szu (100 askar), besh «szu» - «lyuy» (500 askar), besh «lyuy» - «si» (2500 askar), besh «si» - «szyun» (12500 askar)ni tashkil qilgan. Oliy birlashma uch «szyun» (37500 askar), ulardan har szyun malum bir taktik vazifa: avangard, markaz va ar’yergardni tash kil etgan. Chjou vani olti «szyun»ga ega bolgan. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling