Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Qadimgi X itoy harbiy san’ati nazariyasi
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sun-Szi «Urush san’ati»
Qadimgi X itoy harbiy san’ati nazariyasi
Donishmand Sun-Szi urushning mohiyati to‘g‘risida: Urush bu - davlat uchun buyuk ish, bu hayot va olim uchun asos, bu tiriklik va olim uchun yol. Buni tushunish lozim. Shuning uchun uning asosiga besh hodisani qo‘yadilar... Birinchi - yo l, ikkinchi - osmon, uchinchi - yer, to'rtinchi - sarkarda, beshinchi - qonun. 126 Yo‘l - bu xalq bilan hukmdorning birga olishga, birga yashashga tayyor bolishi va qo‘rquv hamda gu- monlarni bilmay, xalqning fikri hukmdorning fikrlari bilan bir xil bolishidir. Osmon - bu yoruglik va zulmat, sovuq va issiqlik, bu vaqt tartibi. Yer - bu uzoq va yaqin, notekislik va tekislik, keng- lik va torlik, olim va hayot. Sarkarda - bu aql, insonparvarlik, jasurlik, qat- tiqqollik. Qonun - bu harbiy saf, qo'mondonlik va ta’minot. Bu besh hodisa to‘g‘risida eshitmagan sarkarda bol- masa kerak, kim ulami o'zlashtirgan bolsa, o‘sha yen- gadi; kim ulami o'zlashtirmagan bolsa, u yengiladi. Sun-Szi «Urush san’ati» Qadimgi davrda Xitoyda harbiy san’at bo“yicha na- zariy asarlar yaratildi. Qadimda Xitoy urush san’ati nazariyotchilari tomonidan harbiy san’at nazariyasi- ga tegishli 7 traktat tuzildi. Ulardan eng qadimgilari sarkarda Sun-Szi (mil. aw . VI asr - V asr boshlari), U-Szi (mil. aw . IV asr boshlari) yozgan traktatlar hi- soblanadi. Sun-Szi traktati Xitoy harbiy san’ati maz- munini va eng muhim tamoyillarini ochib beradi. U davlatining hukmdori Xolyuy (mil. aw . 514-495-yil- lar)ning lashkarboshisi bolgan Sun-Szi «Harbiy san’at to‘g‘risida» traktatida о‘zining jangovar tajriba- sini umumlashtirdi va asarni 13 bobga ajratdi. Sun- szi davlat uchun urushning ahamiyatini aniqlashtir- di. Urush bu davlat uchun ulug‘ ish, bu hayot va olim asosi, bu hayot va olim ga yol. Urushni g'olibona olib borish uchun vaqt hisob-kitobi va harbiy geografiya- ni bilish zarur. Sun-Szi lashkarboshining qobiliyat va ko'nikmasiga e’tibor qaratadi. Urushni tushunadigan lashkarboshi davlat xavfsizligining xo‘jayini, xalq taq- 127 dirining egasi. Askarlar aniq vaziyat va lashkarboshi- ning reja-niyatlaridan xabardor bolishi kerak emas. Askarning urushga faol ishtirokini ta’minlash uchun unga oljaning bir qismini berish kerak. Sun-Szi lash- karboshining majburiyati to‘g‘risida shunday yozadi: Oliy qo'mondonning bilimi uning raqibni baholay bi- lishi, g'alabani tashkil eta olishi, joy va masofa mo- hiyatini hisobga olishida deb ko'rsatadi. Lashkarbo- shining bu bilimidan urushning yutug'i belgilanadi. Sun-Szi fikricha, raqibni va o‘z armiyasini bilish hal qiluvchi ahamiyatga ega, «shu sababli, agar (raqib)ni bilsang, o‘zingni (o‘z armiyangni) bilasan, yuz marta jang qilsang ham xavf-xatar bolmaydi; agar o'zingni bilsang, uni bilmasang, bir marta g'alaba qozonasan, ikkinchi marta maglub bolasan; agar o'zingni ham, uni ham bilmasang, hamma vaqt urush qilganing- da ham magTubiyatga uchraysan» (III bob, 9 p). Bi lim nimaligi, aniqrog'i, bu g'alabani tashkil qiladigan barcha qismlar to‘g ‘risida tushuncha beradi. Sun-Szi urush g'olibona va qisqa bolishi kerak, deb talddlaydi. Uzoq davom etadigan urush kuch va moddiy resurslarni tugallaydi, hokimiyatni zaiflash- tiradi, mahalliy hokimlarning markaziy hokimiyatga qarshi isyon ko'tarishiga imkoniyat yaratadi. Qisqa muddatli urush u yaxshi olib borilmagan bolsa-da muvaffaqiyatli boladi. Uzoq muddatli urush yuqori san’at bilan olib borilsa-da, urushning uzoq davom etishi g'alabaga olib kelmaydi. Uzoq davom etgan urush hech qachon davlat uchun foydali bolmaydi. «Urush g'alabani yoqtiradi, lekin davomiylikni emas» (II bob, 14 p). Sun-Szi urush qilmasdan belgilangan maqsadga nozik siyosat bilan erishish mumkin, deb hisoblay- di. «...Kim urush olib borishni bilsa, begona armiyani yengadi, urush qilmasdan, qamal qilmasdan boshqa- laming qal’asini oladi; o‘z armiyasini uzoq ushlamay 128 begona davlatni yengadi». Sun-Szi dushmanga qarshi kurashning shunday tartibdagi usullarini ko'rsatdi: eng yaxshisi, dushmanning niyatini bilish, agar bunga erishilmasa «uning ittifoqlarini buzish», bu ham amal ga oshmasa», uning armiyasini tor-mor qilish kerak». «Shu sababli yuz marta jang qilish va yuz marta g'alaba qilish - bu aloning alosi emas; aloning alosi - jang qil- masdan dushman armiyasini boysundirish». Sun-Szi g‘alabani ta’minlaydigan besh omilni koYsatadi: - agarda qachon jang qilish mumkin yoki mumkin emasligini bilsa yengish mumkin; - agarda katta va kichik kuchlardan foydalanishni bilsa, g'alaba qiladi; - qayerda yuqori va quyilar bir xil istakka ega b o l sa yengadi; - qachonki o‘zi ehtiyotkor bolib, dushmanning eh- tiyotsizlik qilib qoyishini kuta olsa u g'alaba qiladi; - agarda armiya qo'mondoni qobiliyatli bolib, hukmdor unga rahbarlik qilmasa u g'alaba qiladi. Sun-Szi hukmdorga o‘z armiyasini bilmaganligi uchun unga keltiradigan uch kulfatni ko'rsatib o‘ta- di: hukmdor armiya hujum qilish yoki chekinishga qodirligini bilmasdan hujum qilishi yoki chekinishga buyruq bergan taqdirda, bu bilan u armiyani boglab qoyadi; qachonki u armiyani davlatni boshqargan- dek boshqarsa, bu harbiy qismlarning boshliqlarini o'zini у о‘qotib qo“yishga olib keladi; qachonki u ar miyaning taktikasini bilmay turib, lashkarboshini davlatning tamoyillarida ko'rsatilganidek tayinlashga amal qilsa, bu harbiy qism boshliqlarini taraddudga soladi, armiyani maglubiyatga olib keladi. Sun-Szi urushda g'alabani ta’minlashning zaru- riy sharti deb harbiy sirning saqlanishini ko'rsatadi. «Armiyani harakatga keltirishda o‘z hisob-kitoblaring va rejalaring bo“yicha harakat qil va shunday qilki, ularga hech kim kira olmasin» (XI bob, 8 p). Lash- 129 karboshi o‘z rejalarining sir saqlanishini ta’minlashi uchun o‘z zobit va askarlarini ham adashtirishni tafsi- ya etadi. Lashkarboshi «o‘z zobit va askarlarining ko‘z va quloqlarini adashtirishni bilishi lozim va ularni bi- ror nimani bilishiga y o l qo^ymasligi kerak. U o‘z fikrla- ri va rejalarini almashtirishi kerak, qaysiki, boshqalar biror nimani tushuna olmasinlar» (XI bob 17 p). 47-rasm. Qadimgi Xitoydagi qal’a-mudofaa inshooti. Sun-Szi urush harakatlari shakllari masalasiga alo- hida to'xtaladi. Urush harakatlarining asosiy shakllari - bu mudofaa va hujum deb hisobladi va ularga tur li sifatlami berdi. «Yengilmaslik - bu mudofaa, g‘alaba qilish imkoniyati - bu hujum. Qachonki, mudofaa qi- lishga to‘g‘ri kelsa, demak, nimadadir kamchilik bor; hujum qilinsa, demak, barchasi mol-kol. Kimki yaxshi mudofaada bolsa, jahannamning chuqurligida yashiri- nadi; kim yaxshi hujum qilsa, samoning balandligidan harakat qilinadi» (IV bob, 2 p). Sun-Szi harbiy san’atni jang harakatlarini u yoki bu shakllaridan ustalik bilan foydalanishda ko‘rdi. «Hu jum qilish, shu bilan ishg'ol qilish ehtimoli bu - qa chonki u «dushman mudofaa qilmagan joyga hujum qilish demakdir; mudofaa qilish shu bilan birga ushlab 130 turish ehtimoli - u hujum qila olmaydigan joy. Shu sa- babli, kim hujum qilishni bilsa, raqib qayerda mudofaa qilishni bilmaydi; kimki mudofaa qilishni bilsa, raqib qayerda unga hujum qilishni bilmaydi, u raqib taqdiri- ning hukmdori bolishi mumkin» (VI bob, 4 p). Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling