Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
t x 100
GSTI= ; (f 1 +f 2 +f 3 ) x 2 f-3 o’lchovli YUKS. t – sekundda bajarilish vaqti. GSTI 90 dan yuqori bo’lsa, u farqlanuvchi reaktsiya hisoblanadi. 81-90 dan ortganda juda yaxshi, 71-80da yaxshi, 61-70da etarli darajada, 51-60 yomon va 50dan pasti juda yomon hisoblanadi. Agar tekshriluvchi testni charchash tufayli belgilangandan ertaroq to’xtatsa uni hisoblash boshqa formula bilan hisoblanadi. t x 100 GSTI= f 1 x 5,5 GSTI eng yuqori ko’rsatgichi yugurish, velosipedchilar va chang’i uchish bilan shug’ullanuvchi sportchilarda uchraydi (100 – 200 va yuqoriroq). 1 minut-dagi YUKSni PWC 170 sinovi YUKS va uni ishchiga bog’liqligiga asoslanadi. 1 minutdagi YUKS optimal ishlovchi kvardipseritor sistemasiga to’g’ri keluvchi deb hisoblanadi va bajarayotgan ish quvvati va YUKS sistemasini to’g’ri aloqasi xuddi shu pulьs chastotasiga o’rin egallaydi. SHuning uchun 1 minutdagi 170 pulьs 24 chastotasi ish quvvatini organizmning jismoniy ish qobiliyati va funktsional imkoniyatlarini bildiradi. Nafas olish sonini qo’lni kaftini ko’krak va qoringa qo’yib nafas olishni sanog’i orqali aniqlanadi. Nafas olish sonini aniqlayotganda tekshirilayotgan shaxs diqqatini boshqa tomonga burishimiz kerak, bo’lmasa u o’z xoxishimiz me’yorida nafas olmaydi, yo ko’proq yoki ozroq nafas oladi. Nafas olish organlarini funktsional holatini tadqiq qilishni oddiy usullaridan biri o’pkalarni tiriklik sig’imini aniqlashga asoslangan funktsional sinovlar qo’llaniladi. 1. Rozental sinov. Bu sinov – statistik sinov bo’lib, 15 sekund farqda O’TSning 5 karra o’zgarishidir. Sog’lom shaxslarda, shakllangan sportchilarda o’pkalar sig’imi 5 karralik o’lchovda ko’proq bir xil sonlarni ko’rsatadi. O’TS kattaligi kamayishini 5 karrali o’lcham jarayonida nafas olish apparatidagi funktsional og’ishli shaxslarda kuzatiladi. U qandaydir kasalliklar va o’ta charchash hamda o’ta shug’ullanib yuborish natijasida vujudga keladi. 2. Shafranovskiy sinovi. Bu – dinamik sinov bo’lib, O’TS kattaligini aniqlangandan so’ng bir minutda 180 qadamli bir joyda 3 minutli yugurish mashqlari bajariladi. So’ngra yugurib bo’lish bilanoq o’pkaning tiriklik kattaligini 1,2 va 3 minut o’tgach aniqlanadi. SHug’ullangan sportchilarda O’TS yugirib borish bilanoq 200 ml atrofida o’zgaradi va har doim 3 minut tannafusdan so’ng qayta tiklanadi. YOmon shug’ullanganlarda, kasallarda bu ko’rsatgich deyarli 200 – 500 mldan tushib ketadi va 3 minutli tannafusdan so’ng qayta tiklanmaydi. 3. Shtanga sinovi. Bu – chuqur nafas olish orqali nafasni tutib turishdir. O’tirgan holatda chuqur nafas olib, ko’rikdan o’tuvchi nafasni tutib turadi (burunni ushlagan holda). Odatda shug’ullanmagan sog’lom shaxslar 40 – 60 sekund nafas tutib tura oladilar, shug’ullangan sportchilar esa 60 sekunddan 2-2,5 minutgaa nafasni tutib turadilar. 4. Genchi sinovi (Nafas chiqarishdagi nafasni tutilishi). Ko’rikdan o’tuvchi to’la nafasni chiqarib yuborib nafas olishni to’xtatishi kerak. Sog’lom shug’ullanmagan shaxslarda nafasni chiqarib nafas tutib turishi 20-30 sekund davomida, sog’lom sportchilar esa 30-90 sekund davomi ettirishlari mumkin. Agar Genchi sinovi SHtanga sinovidan so’ng o’tkazilsa yoki boshqa shunga o’xshash sinovlar o’tkazilsa, 5-7 minut tannafus berish lozim. Nazorat savollari. 1. Bolalarning jismoniy rivojlanish ko’rsatgichlari haqida nima bilasiz? 2. Samotoskopiya usuli haqida tushuncha bеring? 3. Antropomеtriya usulini qanday ko’rsatgichlarni aniqlaydi va qaysi usullar bilan? 4. Bolalarda jismoniy ish chidamliligini funktsional usullari haqida nima bilasiz? 5. Yurak faoliyatini ishini tеkshiruvchi funktsional usullar haqida nima bilasiz? 6. Garvard Spеl Tеsti indеksi qanday aniqlanadi? 7. Nafas olish faoliyatini tеkshirish usullari haqida ma’lumot bеring. 8. O’pkaning tiriklik sig’imi qanday aniqlanadi? Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling