Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dematolglifika usuli
Genealogiya – avlodlar shajarasini tuzish usulidir. Bu usul tibbiyot amaliyotida
juda keng qo’llaniladi. U ma’lum bir normal yoki kasallikka bog’liq belgining bir qancha avlodlar davomida nasldan – naslga o’tishini kuzatish imkonini beradi. Avlodlar shajarasini tuzishni probanda haqida ma’lumot yig’ishdan boshlanadi. Probanda – aflodlar shajarasi aniqlanishi kerak bo’lgan, kasal yoki sog’ belgini tashuvchi shaxsdir. Probandaning aka – uka yoki opa singillari sibslar deyiladi. Avlodlar shajarasini tuzishda juda juda ishlash, savollarni aniq va to’g’ri bera bilish vrachdan katta mutaxassislik mahoratini talab qiladi. SHajaraning har bir a’zosi to’g’risida, uning probandaga qanday aloqadorligi to’g’risida qisqacha ma’lumot yozish, keyin ularni grafik ravishda ifodalash zarur. Genealogik usul yordamida o’rganilayotgan belginig irsiy tabiatini, naslga o’tish turi va variantini, allelning penetrantligini, genning bog’langanligini, xromosomalarda joylashishini aniqlash mumkin. Belgining irsiy ahamiyatini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi: Bir tuxumli egizaklar ikki tuxumli egizaklarni o’xshashligi, % o’xshashligi, % H= , 100- ikki tuxumli egizaklar o’xshashligi, % 28 Bu erda H – irsiy koeffitsienti. Dematolglifika usuli (derma – teri, gliphe - chizish) - qo’l barmoqlari, kaft va tovon terisi relьefini o’rganishdan iborat. Mazkur joylaldagi epidermis tananing boshqa qismlaridan farq qilib, o’ziga xos egatchalar yo’llarini hosil qiladi. Qo’l kaftidagi va tovondagi epidermis egatchalarining joylashish tartibi har bir shaxsda individual xarakterga ega, shuning uchun ham barmoq izlarini qog’ozga tushirish ilgari imzo o’rnida qo’llanilgan. Dermatoglifikaning quyidagi turlari mavjud: a) daktilloskopiya (barmoq uchi rasmi), b) palmoskopiya (kaft rasmi), v) plantoskopiya (tovon rasmi). Ba’zi irsiy kasalliklarda dermatoglikifada o’ziga xos o’zgarishlar kuzatiladi. Dermatoglifikadan egizaklarning qanday gruppali ekanligini aniqlashda, odamning shaxsini aniqlashda ham keng foydalaniladi. Bu usulda tipografiya bo’yog’i barmoq, kaft yoki tovonga surtilib, keyin qog’ozga tushiriladi va lupa yordamida egatchalar (papillyar chiziqlar)ning yo’nalishi o’rganiladi. Papillyar chiziqlarninng joylashishi asosan uch xil tipda: aylanasimon, sirtmoqsimon va yoysimn bo’ladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling