Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Tamaki nos chekishning oldini olish
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
Tamaki nos chekishning oldini olish.
Chekishni tashlash mumkin faqatgina mumkin emas balki kerak. Agarda chekuvchi o’zi chekishni tashalashni xoxlamasa, hech qanday davolash vositalari yordam bera olmaydi. Har bir chekuvchining o’zida xoxish bo’lishi kerak. Chekish odati zararli bo’lgani uchun dunyoning ko’p mamlakatlarida bunga qarshi kurash olib borilmoqda. Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) chekishga qarshi katta e’tibor qaratmoqda. Masalan AQSH da sigareta qutisining ustiga kalla suyagining rasmini tushirib, chekishning zarari xaqida yozib qo’yiladi. Frantsiyada jamoat joylarida chekkan odamlardan jarima olinadi. Angliyada jamoat joylarida chekishning zarari xaqida reklamalar osib qo’yiladi. Bizning mamlakatimizda ham tamaki, nos chekishga qarshi targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Masalan “Chekmasdan yoshlik gashtini sur”, “Men o’z yo’limni topdim” kabi dasturlar shular jumlasidandir. Chekishni oldini olishda birinchidan, chekish odatini oldini olish, ikkinchidan chekuvchilar bilan uni tashlashi xaqida tashviqot ishlarini olib borish. Biz papiros, nos chekishga qarshi kurash olib borishda quyidagi tadbirlarni o’tkazish zarur deb hisoblaymiz: a) bolani yoshligidan papiros, nos chekishga qarshi tushuntirish ishlarini olib borish; b) chekuvchilar bilan tamakini, nosning zarari xaqida ma’ruzalar o’qish, suhbatlar o’tkazish aks xolda ular chekishning zarari xaqida yetarli ma’lumotga ega emaslar; v) tamaki tutinini tarkibidagi zaharli moddalarni kamayishiga erishish; g) chekmaydiganlarga aktiv chekuvchilarni ta’sirini kamaytirish; d) radio, telovediniya, turli axborot vositalarida papiros, nos chekishni zarari xaqida ma’lumotlar berib borish; y) chekishni zarari xaqidagi tashviqotlarni o’smir va o’spirinlarni psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borish. Chekishni oldini olishda talabalarning o’z vaqtida dam olish, ovqatlanishi, ularda axloqiy tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish muhim o’rinni egallaydi. Oliygohlar, akademik litseylar, kasb – xunar kolejlarida tamaki, nos chekishga qarshi yagona tarbiya sistemasini tashkil etish kerak. Bunga fakul’tet ma’muriyati bosh bo’ladi va nazorat qilib turadi. O’zbekiston mustaqillik va istiqlol yo’lida rivojlanayotgan davrida tamaki, nos chekishni oldini olishda hadislardan, ko’pgina diniy risolalardan foydalanish mumkin. Oliygohlarning koridor va vestibullariga 37 chekishning zarari haqidagi buyuk allomalarning fikrlari osib qo’yilib chekishni oldini olish mumkin. Gurux murabbiylari talabalar bilan papiros, nos chekisni zarari haqida suxbatlar, savol – javoblar o’tkazishlari yaxshi natija beradi. “Chekishni organizmga zarari” xaqidagi suxbatni misol qilib keltirish mumkin: Inson salomatligining ashaddiy dushmani tamaki, nos chekishdir, bugun biz sizlar bilan ana shu mavzuda fikr yuritmoqchimiz. Suxbatlar quyidagi reja asosida olib boriladi: 1. Kirish so’zi. 2. Chekish qachon qayerda paydo bo’lgan 3. Odamlar nima uchun chekadi? 4. Bir dona papirosni zarari?. 5. Chekish naslga ta’sir qiladimi? 6. Chekishni tashlamoqchi bo’lganlar uchun maslaxatlar. 7. Qizlar yigitlarning nos, papiros chekishini yoqtirasizmi? 8. Xulosa Rejadagi masalalarni guruxdagi talabalarga taqsimlab beriladi. Chekishni tashlamoqchi bo’lgan talabalarga quyidagi maslaxatlarni berish mumkin. 1. Chekkanda tutinini ichka tortmang. 2. Tamakini 2/3 qismini cheking (nikotin fil’trda qoladi). 3. Iloji boricha kamroq cheking. 4. Chekkingiz kelganda ochiq havoda sayr qiling. 5. Chekkingiz kelganda chekish o’rniga hidli, yalpizli, konfet shiming yoki qurut so’rib yuring. 6. Tarkibida nikotin kamroq bo’lgan papiros cheking. 7. Og’zingizni 1 – 2 foizli ichimlik soda bilan tez – tez chayqab turing. 8. Irodali bo’lib chekishni tashlashga harakat qiling. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling