Raximov X. “Valeologiya asoslari”


Tamaki chekuvchilarni davolash


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/49
Sana13.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1353695
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
Bog'liq
valeologiya asoslari

Tamaki chekuvchilarni davolash. 
 
Papiros chekishni davolash murakkab masala bo’lib, bu narkomaniyaning 
variantlaridan biri hisoblanadi. Papiros chekishning asosiy mohiyati odam chekib 
jismoniy va ruhiy yengil tortishidan iborat. Nikotinli narkomaniyaning 3 ta stadiyasi 
bo’ladi: 1 – Turmush bilan bo’g’liq, 2 – o’rganib qolish, 3 – ruju qilish
1. Stadiyada odam bir kunda beshta papiros chekadi. Bunda organizmga 
nikotin qabul qilinmaslikdan qiynalmaydi. 
2. Stadiya – doimo chekish (bir kunda 5 – 15 ta papiros chekiladi) papirosga 
jismoniy bog’lanib qoladi. O’rtacha abstinentsiya vujudga keladi, ichki a’zolar biroz 
shikaslanadi. Chekishni tashlaganda odam sog’ayib ketadi. 
3. Stadiya – chekishga abstinentsiya yuqori bo’ladi, abstinentsiya og’ir 
bo’ladi, jismoniy bog’liqlik yuqori daraja bo’ladi. (bir kunda 1 – 1,5 pachka papiros 
chekiladi) naxorga chekish odat qilinadi. Ovqatdan so’ng va kechasi ham chekiladi. 
Ichki a’zolar anchagina shikaslanadi, nerv tizimi ham zaharlanadi.
P. Andux (1979) dori bilan davolashni mexanizmi jihatdan uch guruhga 
bo’ladi.
1. Almashtiruvchi yoki o’rnini bosuvchi terapiya, bunda nikotin o’rnini 
bosuvchi dorilar beriladi. Bunday dorilarga lobelin, tsititon, pilokarpin, tabekis, 
gamibazik, vitamin B guruxi, C vitaminlardan ukol qilish. 
Bu preparatlarda vegetative nerv tizimiga ta’sir etib narkomaniya xolatini 
kamaytiradi. Odamning chekkisi kelmaydi. Bu maqsadda sigareta o’rnini bosuvchi 
turli xil rezina saqichlardan foydalanish mumkin. 
2. Simpatik terapiya. Simpatik terapiyaga uyqu, og’riq qoldiradigan 
tinchlantiradigan preparatlar kiradi (brom, volerian). Bu preparatlar chekuvchilarda 
psixik buzilishlarni yo’qotadi. 
3. Aversion terapiya. (salbiy shartli reflekslarni hosil qilib, papirosga nisbatan 
jirkanish tuyg’usini hosil qilish) Aversion ta’sir etuvchi preparatlarga lyapis sut 
achitqili kumush, tanin eritmasi, glitserin, kallagoral, apomorfin, emetin, termopsis 
o’ti, mis nitrat eritmalari, tsink eritmasi kiradi. Nomlari keltirilgan preparatlar 
nikotinga nisbatan jirkanish xissi hosil qiladi. Masalan, 0,5% li lyapis eritmasi bilan 
og’izni chayqash tamaki nisbatan jirkanish hosil qiladi. Bu preparatlar ta’sirida 
chekuvchi chekishni tashlaydi. Bulardan samaraliroq preparatlarga tamaki o’rnini 
bosuvchi preparatlar hisoblanadi. Bularga lyubesil, tsitizin va boshqalar kiradi. 
Nikatin o’rnini almashtirish bilan nikotin ochligini kamaytiriladi.
Keyingi vaqtlarda O’zbekiston F. A. Bioarganik institutida olingan anabazin 
gidroxlorid yaxshi natija bermoqda. Bir dona tabletka bitta papiros o’rnini bosadi. 
Shuning uchun, dastlab bir sutkada 20 – 25 tabletka ichiladi. So’ng kamaytirib 
borilib, bir sutkada bitta tabletka ichish kifoya qiladi. 20 kundan keyin 10 kunda bitta 
tabletka ichish yetarli. Davolashning to’liq kursi 30 kun davom etadi. Ijobiy natijaga 
erishilmasa 2 – 4 xaftadan so’ng yana qaytariladi.
Nina sanchish bilan davolash mumkin. 


36 
Bundan tashqari organizmga apomorfin yuborib, shartli refleks hosil qilish 
usuli ham mavjud. Gipnotik ishontirish yo’li bilan chekishga nisbatan jirkanish 
tuyg’usini hosil qilish mumkin. Gipnoz ko’pchilik chekuvchilarda yaxshi samara 
beradi. Gipnoz bilan papirosni tutinini, unga qarashga nisbatan jirkanish hosil qilib, 
chekuvchida ko’ngil aynishi og’izda achishish, qusish xolatlari vujudga keladi. 
Gipnoz seansi xaftada bir, oy mobaynida 3 – 4 marta qaytariladi. Bundan 
tashqari gipnopsixoterapiya usuli ham qo’llaniladi. Psixoterapiya chekuvchini ongli 
ravishda chekishni tashlashga ishontirish. Men papiros chekmasam o’zimni sog’lom 
xis etaman, yaxshi nafas olaman, yuragim sog’lom, nafasim qismayapti deb 
chekuvchi bir necha marta qaytarib o’zini ishontiradi. “Papirosni ko’rish menda 
ko’ngil aynish, bosh aylanishini hosil qiladi” deb qaytaradi. 
Shuningdek guruh psixoterapiya ham qo’llaniladi. Chekuvchi davolanishda 
faol jismoniy harakat, sof havoda sayr qilish, suzish, yugurish. Autogen terapiya ham 
yaxshi natija beradi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling