Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Giyohvand moddalar ikki xil usulda olinadi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
Giyohvand moddalar ikki xil usulda olinadi:
1. Turli o’simliklardan olinadigan preparatlar. 2. Turli kimyoviy moddalardan sun’iy usulda olinadigan narkotik preparatlar. Ko’knori, kanop va boshqa o’simliklar tarkibida narkotik moddalar saqlanadi. Bangidevona o’simligi tarkibida ham kayf qildiruvchi narkotik modda saqlanadi. Bundan tashqari tamaki tarkibida ham narkotik modda bor. Ko’knori o’simligini nomi lotincha, “papaver somiferum” bo’lib bir yillik o’simlik. U 100 dan ortiq turi ma’lum bo’lib, O’zbekistonda 5 xil turi uchraydi. Ko’knorning moyli, uxlatuvchi, opiyli turi ko’p ekiladi. Uxlatuvchi ko’knori o’simligi uzun o’q ildizli, bir yillik o’simlik urug’i mayda tarkibida 48 – 50 foiz yog’ bor. Moyli ko’knori urg’idan oziq – ovqat sanoati va texnikada ishlatiladigan moy olinadi. Moyli ko’knori Ukraina, Tatariston, Boshqiriston, G’arbiy Ovropa va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Opiyli ko’knori – opiy (afyun) opiy olish uchun ekiladi. Opiyli ko’knori asosan Osiyo mamlakatlarida, Eronda, Hindistonda, Qozog’istonda, Pokistonda ekiladi. Bu turdagi ko’knori Afg’nistonda ko’p ekiladi. Afg’oniston 2000 yilda 8 tonna ekib yetishtirgan bo’lib mamlakatning asosiy daromadi ko’knori hisoblanadi. Bir tup ko’knori 20 ta undan ortiq gul hosil qiladi, mevasi tuxumsimon yoki sharsimon simmetrik bo’laklarga bo’lingan bo’lib urug’lar bilan to’lgan. Urug’lari turli rangda bo’lib yozda yetiladi. Opiyli ko’knori urug’idan tashqari unda hamma alkoidlar bor. Mevasidan yig’ib olingan opiy murakkab aralashma bo’lib, organik va mineral moddalardan tashkil topgan. Tarkibida 2 foiz alkoidlar, karbon suvlar, organik kislotalar, tril terpen 46 birikmalar, kauchuk, bo’yoq, pikten, oqsil shilliq va boshqa moddalar bor. Opiyli ko’knoridan 26 xil alkaloid ajratib olingan bo’lib, eng ko’p ucharaydigan Morfi (8 – 16 foiz) so’ngra narkotinkodein, papaverin, nartsein, tebani va boshqalardan iborat. Ko’knorini Arablar “afyun” deb nomlaganlar. O’zbeklar qora dori deyishadi. Kanop bir yillik o’simlik bo’lib undan turli preparatlar tayyorlanadi. 1. “Marixuanniy” – kanop o’simligining quritilgan yoki quritilmagan o’tka o’xshash o’simlik maxsulotidir. 2. Nasha ildizi o’q ildiz, poyasi (bo’yi 0,75 – 4 m) qirrali, barglari panjasimon, cheti arra tishli, tukli. Nasha issiqsevar va nam sevar mevasi yong’oqcha, po’sti qattiq o’simlik. Nasha urug’i tarkibida 30 – 35 foiz moy va 23 – 25 foiz oqsil bor. Bangidevona – torondoshlarga mansub bir yillik o’t bazan buta o’simlik. Bu o’simlik urug’i zaharli, o’simlik tarkibida narkotik modda saqlanadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) ta’biriga ko’ra narkotik moddalar quyidagi mezon o’lchov bilan belgilanadi. 1. Eyforiya – xushkayflikni keltirib chiqaruvchi, yolg’ondan bo’lsa ham odamga xushyoqimlilik ato etuvchi: 2. Unga o’rganib qolishlik (jismoniy va ruhiy o’rganib qolib, yana va yana qabul qilishlikka moyillik keltirib chiqaruvchi): 3. Uni muntazam qabul qilganda odamni ruxan va jismonan izdan chiqarib insoniylik qiyofasini yo’qalishiga olib keluvchi: 4. Odam orasida tez tarqalishga sabab bo’luvchi: 5. Madaniyatli kishilar ushbu moddani – preparatni qabul qilishlik odat tusiga kirib qolmasligi (bu o’rinda tamaki va alkogol birinchi o’ringa chiqib oldi). Narkotik moddalar organizmga ta’sir etishga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi: 1. Sedativ vositalar ya’ni tinchlantiruvchi preparatlar: opiy, narkotik, moddalar va uxlatuvchi vositalar. 2. Stimullovchi – rag’batlantiruvchi preparatlar: efidrin, fenamin, va boshqalar. 3. Psixik xolatga (ruxiyatga ta’sir qilib ongni o’zgartiruvchi) vositalar: ayrim psixotrop moddalar LSD, kayf qiluvchi kanop preparatlari (kannabinolar) va gallbtsinogenlar “BZ”, “RSR”. Shuningdek, narkotik ta’sir etuvchi uchuvchi moddalar (LNDV) va boshqalar. Kanop preparatlarining barchasi maxsus o’tkir xidga ega, achchiq odatda uni tamakiga qo’shib chekishadi. Ta’sir etuvchi modda bir qancha alkogoloidlar aralashmasi bo’lib, ularning umumiy nomi “tetrigidrokannabinolar” (inglizcha – TNS) deb ataladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling