Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
Chaqaloqlik davri: Bola tug’ilishi bilanoq uning kindigi kesilib, ona
organizmidan ajratiladi. SHu vaqtdan boshlab u mustaqil yashay boshlaydi. Bola bir oylik bo’lgunga qadar chaqaloq hisoblanadi. Bu davr bola uchun eng murakkab bo’lib, u tashqi muhitga moslasha boshlaydi. Ma’lumki, bolaning yuragi va katta qon aylanish doirasi, buyraklari, ichki sekretsiya bezlari, qon ishlab chiqaruvchi organlari, nerv sistemasi va boshqalar u tug’ilgunigacha ishlab turadi, ba’zi organlari esa (nafas olish, ovqat hazm qilish, kichik qon aylanish doirasi va boshqalar) tug’ilgandan keyin ishlay boshlaydi. YAngi tug’ilgan chaqaloqning ko’zlari hali o’zoqni yaxshi ko’ra olmaydi. Uning ko’zlari hali o’zaro mutanosib ishlay olmasligi uchun sal g’ilayroq bo’lishi mumkin. Bola yig’laganida hali ko’z yoshlari oqmaydi. Chaqaloqning ko’krakchalari sal shishigan, qorni kattaroq va sonlari aksincha kichikroq bo’ladi. Nafas olishi tez-tez, sershovqin va nomutazam bo’ladi. Uning terisi quruq va ingichka ko’rinadi. Ba’zida tomirlari ham ko’rinib turadi. Teri qatlamlari orasida so’zmasimon moy izlari qolishi mumkin. Tovonlari hali to’la shakllanmagan bo’lib, agar tovonning pastki qismi asta itarilsa, bolakay yurish harakatlarini bajaradi. Boshining ko’rinishi kattaday tuyuladi. Tug’ilish paytidagi bosim bola boshini cho’zinchoq shaklga keltirishi mumkin. Ikki hafta mobaynida bolaning boshi yumaloq shaklga qaytadi. Bolakayning boshida yumshoq joyi-liqildoqlari bo’ladi. Chaqaloqning kichkina jag’i va qisqagina bo’yni bo’ladi. Bolakay qo’lchalarini kichkina mushtchalarga tugib oladi. Ikkala jins chaqaloqlarining jinsiy a’zolari biroz shishigan ko’rinishga ega. Bolaning oyoqlari qo’llariga nisbatan kaltaroq bo’ladi. Ular bachadonda qanday holatda bo’lgan bo’lsa, shu holatda qoladi, ya’ni tizzalaridan bukilgan va tashqari tomon qayrilgan bo’ladi. Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo’lib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi. SHuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. SHu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko’ra, chaqaloq 40 kunlik bo’lguncha chilla davri deyiladi. Bu davrda ona va bola juda avaylab ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi. Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning o’rni bitgunicha 8-12 kun ichida jarohatni toza saqlash, unga mikroblar tushishidan ehtiyot bo’lish kerak. Kindik yarasiga ko’k dori surtib turiladi. Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo’lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash kerak. Yo’rgaklari toza, dazmollangan bo’lishi, parvarish qiluvchi kishi qo’lini sovunlab yuvib turishi va og’iz burniga 4 qavatli dokadan bog’ich tutishi kerak. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling