Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Maktabgacha tarbiya yoshi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bog’cha yoshidagi bolalar
Maktabgacha tarbiya yoshi: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar
suyagining ko’p qismi tog’aydan iborat bo’lib, ular yumshoq, egiluvchan bo’ladi. SHuning uchun bolaning noqulay vaziyatda bo’lishi, ya’ni o’zoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o’tirishi, stol-stulning bo’yiga mos kelmasligi, to’shagining juda yumshoq bo’lishi, og’ir yuk ko’tarilishi kabilar uning umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qaddi- qomatining bo’zilishiga sabab bo’ladi. Bunday bolalar, jismoniy jihatdan kamquvvat bo’lib kelajakda ular o’zi sevgan kasbni egallay olmasligi mumkin. Bog’cha yoshidagi bolalar kun tartibida ta’lim-tarbiya jarayoni gigienasi alohida o’rin to’tadi. Bola hayotining shu yillari o’zaro bog’liq ravishda tez sur’atlar bilan kechadigan jismoniy va aqliy rivojlanish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shaxsiyatning rivojlanishi, aynqsa o’sish davrida faol kechadi. Psixologlar uni bolaning kichikligidan boshlanishiga e’tiborni tortadilar. Bola hayotining ikkinchi yilida uning xulq-atvori o’zgaradi. Barcha narsalarga qiziqishi ortadi. Nutq shakllanib, tez sur’atlar bilan rivojlanib boradi. Yosh bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlar harakatli o’yinlar, badantarbiya, sayr qilish, musiqa mashg’ulotlari, turli o’yinchoqlar bilan mashg’ul bo’lish, engil topshiriqlarni bajarish kabi usullar bilan boyitiladi. Bola hayotining uchunchi yilida u jismonan chiniqa boshlaydi, uning ish qobiliyati ortadi, miya hujayralari faoliyati kuchayib tormozlanish jarayoni takomillashib boradi. Bola o’zini tiyib turishi, sabr qilishi mumkin, ammo o’zoq kutishga qodir emas, o’zoq vaqt bir xil holatda tura olmay tez toliqadi. Bu davrda bolaning fikrlash qobiliyati tez rivojlanadi, jumladan bolada atrof-muhitni idrok etish, 13 tabiat hodisalari, kattalar mehnati, bayramlar va boshqalar haqida tushunchalar paydo bo’ladi. Bola kattalar suhbatini yaxshi tushunadi, ular bilan muloqotda bo’lganda nutq ravon, etarli darajada murakkab bo’lishi lozim. Maktabgacha tarbiya davri bolaning yuksak jismoniy va ma’naviy rivojlanish davri hisoblanadi, bolaga nisbatan qanday gigienik talablar qo’yilishi uning salomatligi, kelgusida har jihatdan barkamol bo’lib etishishining mezoni bo’lib xizmat qiladi. Bu davrda organizm ta’lim-tarbiya jarayonini murakkablashtirish yo’li bilan maktabgacha tarbiya ishlarini tez sur’atlar bilan olib borish uchun yuqori darajadagi imkoniyatlarga ega. Maktabgacha tarbiya muassasalarida o’qitishni unumli uslubda olib borish ijodiy qiziqishlarni qo’llab quvvatlab, ijobiy his-hayajon va yaxshi kayfiyatni shakllantirish hamda egallangan bilimlarni amalda qo’llash kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bola miyasi ontogenezning erta bosqichida etiladi va yangi tug’ilgan vaqtida ma’lum darajada etuk bo’ladi. Biroq, sistematik integral vazifalarini ta’minlovchi miyaning yangi to’qimalari bolaning individual rivojlanish davrida asta-sekin takomillashib, etilib boradi. M.M.Koltsevayaning tadqiqotlari bolaning 5-7 yoshligida bosh miya po’stlog’ining turli funktsonal zonalari birlashib, morfofunktsional holati rivojlanib borishini, xotirjamlik ritmi o’rnatilishini ko’rsatadi. 5-6 yoshda analizator sistemalar ahamiyati katta bo’lib, o’ng miya yarim shari chapga qaraganda nisbatan tezroq ishlaydi. 6,5-7 yoshda og’irlik, markazi miyaning oldingi assotsativ bo’limilariga o’tadi, chap miya yarim sharining roli ortadi, peshona bo’laklarining faoliyati kuchayadi. SHu bois, 5-6 yoshli bolalarda ko’rgazma-obrazli fikrlash ustun tursa, 6,5-7 yoshdan boshlab mavhum fikrlash paydo bo’ladi. Bolalar bog’chasida turli yosh guruhlaridagi bolalarning mashg’ulotlar vaqtida aqliy ish qobiliyatini o’rganish 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrda bu qobiliyatning asta-sekin va bir maromda o’sib borishini ko’rsatadi. Ammo bu qobiliyatning har yili qish va bahor mavsumida vaqtinchalik pasayishi va yana qayta ortishi ko’zatiladi. SHuning uchun bolalar bog’chalarida o’quv-tarbiya ishlarini rejalashtirishda faqatgina mashg’ulotlar davomiyligiga emas, balki pedagogik jarayonning to’g’ri tashkil etilishiga ham muayyan gigienik talablar qo’yiladi. Bolalar bog’chalaridagi mashg’ulotlar oddiy mehnat va gigienik ko’nikmalarni egallashni ta’minlovchi maxsus dasturlar asosida o’tkaziladi. Bu mashg’ulotlar tarbiyalanuvchilarni maktabdagi muntazam o’qishga tayyorlash imkoniyatlarini beradi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling