Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
valeologiya asoslari
Maktab yoshi davri: Ma’lumki, har bir odam umrining 11 yilini maktabda
o’tkazadi. Bu davr o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu davrda bola va o’smir organizmi o’zluksiz o’sadi va rivojlanadi. SHu bilan birga u tashqi muhitning turli ta’siriga juda beriluvchan bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning yashash, o’qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o’sishi va rivojlanishiga, sog’ligiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Binobarin bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qilinishiga ko’ra, bolalar va o’smirlarning o’sishi va rivojlanishi normal yoki nonormal bo’lishi mumkin. Bolalar jismonan va aqliy barkamol bo’lib etishishi uchun maktabda va oiladi gigiena talablariga rioya qilishi zarur. Jumladan aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turishi, ovqatlanish tartibi, o’quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug’lik etarli bo’lishi, stol-stullar bo’yiga mos bo’lishi kerak. Gigienik tarbiya bolalar hamda atrofdagilarning sog’ligini saqlash va mustaxkamlash soxasidagi bilimlarini o’zlashtirish, malaka va ko’nikmlarini hosil qilish ishlarini ilmiy asoslangan xolda tashkil etishni taqozo etadi. Bunda gigienik xulk-atvor normalariga ongli munosabatda bo’lish, kundalik hayotda gigienik talablarga amal qilishning foydali hamda zarur ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Gigienik tarbiya o’zbek xalqining tarixiy rivojlanishiga doir bilimlar asosida amalga oshirilishi zarur. O’zbek xalqi ko’p asrlar davomida umumiy madaniyat-ning bir qismi bo’lgan o’ziga xos gigienik madaniyatni avloddan-avlodga o’tkazib, rivojlantirib kelgan. O’zbek oilasida kichik yoshdan boshlab bolalarni jismoniy mehnatga o’rgatib kelishgan. 6-7 yoshidan boshlab bolalar uy-ro’zg’or ishlarini bajarishda ota-onalariga yordam berishadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishadi. Hozirgi sharoitda O’zbekiston Respublikasida ro’y berayotgan etnik va etnik- madaniy jarayonlar, birinchidan, bolalarni an’anaviy ravishda vujudga kelgan xulq- atvor normalari va qoidalariga o’rgatish zarurligini, ikkinchidan o’z sog’ligini va atrofdagilarning sog’ligini muxofaza qilishning zarurligiga ishonchni, o’z sog’ligini faqat shaxsiy mulk emas, balki ijtimoiy mulk deb qaraydigan shaxs nuqtai-nazarini vujudga keltirishni zarur qilib qo’ymokda. Tadqiqotchilarning bergan ma’lumotlariga, gigienik tarbiyaviy pedagogik faoliyat tizimidan iborat bo’lib, sihat-salomatlikni ta’minlash uchun bolalarning barcha sab’ektiv va ob’ektiv imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu tizim maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlarini, o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini, oiladagi gigienik tarbiyani hamda o’quvchilarni o’z- o’zini tarbiyalashini o’z ichiga oladi. Mazkur tizimning har bir tarbiyalovchi bo’g’inida sog’likni saqlash va mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish masalalarida xalq pedagogikasining boy tajribalaridan eng qadimgi sharq madaniyati, islom dini, markaziy Osiyo mutafakkirlarining ta’limotidan tortib hozirgi zamon tadqiqotchi- larining pedagogik g’oyalarigacha keng foydalanish mumkin. O’zbek xalqi uchun xos bo’lgan milliy an’ana oilaning ko’p sonli ekanligi bo’lib, bunda bolani tarbiya qilishda oilaning deyarli barcha a’zolari ishtirok etadi. SHuningdek bolalarni tarbiyalashda mahallaning ishtirok etishi an’anasi ham saqlanib qolgan. Mahalla yosh 16 avlodning jismoniya-ruhiy va ma’naviy sog’lom bo’lib o’sishiga aloxida ahamiyat bermog’i lozim. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling