Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Download 0.58 Mb.
|
Valeologiya asoslari (01)
Tamaki tarkibi.
Tamaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809 yilda tamaki bargidan nikotin moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organzmiga ta’sir etuvchi asosiy modda hisoblanadi. Tutab turgan sigaretaning xarorati 300 gradusda bo’ladi. Tutab turgan sigaretada ajoyib kimyoviy fabrika bo’lib, o’zidan 4 mingdan ortiq turli kimyoviy birikmalarni ajratadi, shu jumladan 40 xil kontsergen moddalar. Tamaki tutining komponentlariga quyidagi moddalar kiradi: dioksid uglerod, uglerod oksid, dodorod tsianid, ammoniy, izopren, atsetal’degid, akrolein, nitrobenzol, atseton, vodorod sul’fid, sinil kislota va boshqalar. Papiros tutunida shuningdek qattiq zarrachalar, nikotin, suv va smola moddalari bo’ladi. Tamaki smolasi tarkibiga politsiklik aramat uglevodorodlar, shu jumladan nitrozoaminlar, aramatik aminlar, izoprenoid, piren, benzopiren, xrizen, antratsen, flyuoratin. Bundan tashqari smola o’zida odiy va murakkab fenolfenalar kaliy, qo’rg’oshin, poloniyning radioaktiv birikmalarni saqlaydi. Tamakini chekadilar, xidlaydilar, chaynaydilar. Sharq mamlakatlari O’rta Osiyoda ko’proq nosvoy chekadi. Nosvoy tarkibida tamaki, kul, kuydirilmagan oxak, moy va boshqa moddalar bor. Tamaki o’simligi dunyoning 120 mamlakatida ekiladi. Dunyo bo’yicha 4,7 mln gektarga tamaki o’simligi ekiladi. Agarda shu yerlarda bug’doy ekilsa qo’shimcha 20 mln. tonna bug’doy yig’ib olish mumkin edi. Xar yili 5 – 6 mln tonna quritilgan tamaki barglari tayyorlanadi. Tamaki chekish odati hozirgi vaqtida yer shari aholisining ko’pchilik qismini qamrab olgan. O’smir dastlab chekkanda kattalarga taqlid qilmoqchi bo’ladi. Birinchi papiros yoki nos chekilganda o’smir organizmida himoya reaktsiyalari vujudga keladi. Uning ko’ngli ayniydi, ko’p so’lak ajraladi, qon tomirlar torayadi, o’smirning rangi oqaradi. Ba’zida xushidan ketadi. Bir necha marta chekkandan so’ng o’smir organizmida himoya reaktsiyalari kamayib borib, o’smir organizmi tamaki yoki nosga o’rganib qoladi. So’ng o’smirda mustahkam shartli refleks hosil bo’ladi. O’smir 12 – 15 yoshda tamaki yoki nos ta’mini tatib ko’rar ekan. Chekishning dastlabki davrida organizmda xar xil sezgilar yo’qolib boradi. Bu davrda bir kunda 10 – 15 ta gacha papiros chekiladi. Chekuvchilarda asta – sekin nikotin sindromi shakllanib boradi, boshqacha aytganda organizmni nikotinni qabul qilishga bog’lanib qolish vujudga keladi. Bu uchta stadiyada rivojlanadi: 1. Birinchi stadiya – bu psixik moslashish bunda odam chekkisi kelaveradi va borgan sari ko’proq papiros chekadi. Bu stadiya 1 – 5 yil davom etadi. 2. Ikkinchi stadiya – somatik belgilar namoyon bo’la boshlaydi, chekuvchida bronxit kasalini hosil bo’lishi, oshqozon, yurakda va boshqa a’zolarda og’riq noqulay xolatlar ro’y beradi. Nerv sistemasida o’zgarish sodir bo’ladi. Chekuvchida ta’sirchanlik, bosh og’rish xolatlari sodir bo’ladi. Bu stadiya 5 – 15 yil davom etadi. 3. Uchinchi stadiya – chekish avtomatik bo’lib qoladi. Doimiy bosh og’rig’i, xotirani susayishi, juda ta’sirchan bo’lib qolishi, doimiy yo’tal paydo bo’ladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling