D vitamin yetishmasligi sababli kelib chiqqan raxitda qanday patologik holatlar kuzatiladi? - D vitamin yetishmasligi sababli kelib chiqqan raxitda qanday patologik holatlar kuzatiladi?
- Raxit kasalligida organizmda D vitamini yetarlicha miqdorda bo‘lmaydi. Buning oqibatida ichaklarda kalsiy va fosfor elementlari so‘rilishi kamayadi. Buyraklar tomonidan fosfatlar, aminokislotalar va limon kislotasining ajralishi ko‘payadi. D vitaminining qonda yetishmasligi tufayli qalqonoldi bezlarning funksiyasi kuchayib ketadi, ya’ni paratgormon miqdori qonda ortadi. Paratgormon esa qonda kalsiy miqdorini ta’minlab turadi.
Chunki qondagi kalsiy muhim elektrolit hisoblanib, qonda uning miqdori yetarlicha miqdorda bo‘lishi kerak. Kalsiy nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi, yurakning normal ishlashi, qonning ivishida ishtirok etadi. Qonda esa kalsiy normal miqdorda bo‘lishi uchun organizm kalsiyni suyaklardan oladi. Bu esa bolalarda raxit kasalligining belgisi, suyaklarning yumshashiga olib keladi. Qo‘shimcha ravishda fosfor so‘rilishi ham buziladi, chunki fosfor kalsiy bilan bog‘langan holda so‘riladi. Buning natijasida fosfatlar buyrakdan ajralib chiqishi ko‘payadi va organizmda fosfor yetishmovchiligi kelib chiqadi. - Chunki qondagi kalsiy muhim elektrolit hisoblanib, qonda uning miqdori yetarlicha miqdorda bo‘lishi kerak. Kalsiy nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi, yurakning normal ishlashi, qonning ivishida ishtirok etadi. Qonda esa kalsiy normal miqdorda bo‘lishi uchun organizm kalsiyni suyaklardan oladi. Bu esa bolalarda raxit kasalligining belgisi, suyaklarning yumshashiga olib keladi. Qo‘shimcha ravishda fosfor so‘rilishi ham buziladi, chunki fosfor kalsiy bilan bog‘langan holda so‘riladi. Buning natijasida fosfatlar buyrakdan ajralib chiqishi ko‘payadi va organizmda fosfor yetishmovchiligi kelib chiqadi.
- Bolalarda raxit bosqichlari
- Emizikli va yosh bolalarda raxit kasalligi kechishi bir necha bosqichlar bilan kechadi.
- Boshlang‘ich davr. bu davr 2 haftadan 2-3 oygacha davom etadi;
- Avj olish davri. Bu davrning davomiyligi bir necha oylarni tashkil etishi mumkin. Uning kechishi davo muddati boshlanganiga bog‘liq bo‘ladi;
- Tuzalish davri (rekonvelesensiya). Bir necha oy davom etadi;
- Asoratlar davri. Raxit kasalligi o‘tgandan keyin ba’zi simptomlar bir umrga qolib ketishi mumkin. Asosan bu kamchiliklar suyak-mushak tizimi tomonidan kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |