Raxit kasalligi – kelib chiqish sabablari raxit kasalligi klinik belgilari darajalari Raxit kasalligi


Raxitning tuzalish bosqichidagi belgilar


Download 1.22 Mb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1588534
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
$RDFPD6D

Raxitning tuzalish bosqichidagi belgilar

  • Raxitning tuzalish bosqichidagi belgilar
  • Raxitning tuzalish bosqichida belgilar sekin astalik bilan yo‘qoladi. Bolaning ahvoli yaxshilashadi, uning kayfiyati ko‘tarilgan, xotirjam, nerv-psixik jihatdan rivojlanishi normal holatga qaytadi. Bundan tashqari, bolakaylarni ich qotishi qiynamaydi, mushaklar tonusi tiklanadi, ko‘p terlash o‘tib ketadi, uyqu ham normallashadi. Qon analizida kalsiy va fosfor miqdori normal ko‘rsatkichlarda bo‘ladi. Suyaklarning rentgenologik tasvirida suyaklar o‘sish zonasining zichlashganligi ko‘rinadi.

Raxitning qanday belgilari bir umrga qolib ketishi mumkin?

  • Raxitning qanday belgilari bir umrga qolib ketishi mumkin?
  • Raxit kasalligining eng so‘ngi bosqichi, uning asoratlaridir. Bunday asoratlar bolaning 2-3 yoshidan boshlanadi va ular “qoldiq belgilar” deb nomlanadi. Insonning yoshlik paytida raxit kasalligini boshdan o‘tkazganligini quyidagi belgilar orqali bilib olish mumkin:
  • Suyaklar deformatsiyasi;
  • Yassi oyoqlik;
  • Umurtqa pog‘onasining egriliklari, skolioz;
  • Chanoq suyagining shakli o‘zgarishi;
  • Bunday bolalar tishlari kariesga beriluvchan bo‘ladi;
  • Bo‘y o‘sishda ortda qolish;

Raxit kasalligi darajalari va kasallikning kechishi

  • Raxit kasalligi darajalari va kasallikning kechishi
  • Emizikli bolalar va yosh bolalarda raxit kasalligi darajalari ham bor. Raxitning uchta darajasi farqlanadi: yengil, o‘rta,og‘ir. Uning darajasi kasallik belgilarining qanchalik darajada namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Raxit kasalligining bolalarda kechishi bo‘yicha: o‘tkir, o‘tkir osti yoki qaytalanuvchi (retsidivlanuvchi) kechishi farqlanadi. Raxitning o‘tkir kechishida yuzaga chiquvchi belgilar tez namoyon bo‘ladi. Bunday kechuvchi raxitning asosiy belgisi suyaklarning yumshashidir. Belgilar odatda olti oylikkacha bo‘lgan davrda yuzaga chiqadi.

Raxit kasalligining o‘tkir osti kechishida kasallik belgilari sekin astalik bilan namoyon bo‘ladi. Suyaklarda bo‘rtiqlar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Raxit kasalligining bunday kechishi ko‘proq olti oylikdan so‘ng kuzatiladi. O‘tkir osti kechishidagi raxit o‘tkir shakliga ham o‘tishi mumkin. Bunga sabab bolalardagi qandaydir o‘tkir kasallik boshlanishidir.

  • Raxit kasalligining o‘tkir osti kechishida kasallik belgilari sekin astalik bilan namoyon bo‘ladi. Suyaklarda bo‘rtiqlar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Raxit kasalligining bunday kechishi ko‘proq olti oylikdan so‘ng kuzatiladi. O‘tkir osti kechishidagi raxit o‘tkir shakliga ham o‘tishi mumkin. Bunga sabab bolalardagi qandaydir o‘tkir kasallik boshlanishidir.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling