- Bolalarda raxit belgilari
- Raxitning ilk belgilari emizikli bolalarning bir-ikki oyliklarida namoyon bo‘la boshlaydi. Uch-olti oyliklarga kelib agar davo choralari ko‘rilmasa, belgilar aniq va yaqqol yuzaga chiqadi, ya’ni klinik belgilar “gullaydi”.
- Emizikli bolalarda raxitning ilk belgilari
- Emizikli bolalarda raxit kasalligi belgilari quyidagilar:
- Bolakay qo‘rqoq, qo‘zg‘aluvchan, yorug‘likka yoki baland tovushga salbiy ta’sir etadigan bo‘lib qoladi;
- Onalar bolakaylarning uyqusi buzilganini sezadilar (bezovta uxlaydi, tez tez uyg‘onib ketadi);
- Ko‘p terlash, ishtahaning pasayishi, teri turgorligi (elastikligi) va mushaklar tonusi pasayganligi,alomatlari namoyon bo‘lishi;
- Emizikli bolalarda raxitning ilk belgilaridan biri sochlarning tepa qismidan to‘kilishidir (ba’zida sog‘lom chaqaloqlarda ham bunday holat uchrab turadi);
- Suyak tizimi tomonidan liqildoqlar cheti yumshoq va egiluvchan bo‘lib qolishi, kech bitishi;
Agar kasallikning erta bosqichlarida rentgenologik tekshiruv o‘tkazilsa, suyaklar tomonidan hech qanday kamchilik aniqlanmasligi mumkin. Qonning bioximik tekshiruvida kalsiyning fiziologik miqdori va fosfor miqdorining kamayishi yoki normada bo‘lishi aniqlanadi. Ishqoriy fosfotazaning qondagi miqdori ortib ketadi; - Agar kasallikning erta bosqichlarida rentgenologik tekshiruv o‘tkazilsa, suyaklar tomonidan hech qanday kamchilik aniqlanmasligi mumkin. Qonning bioximik tekshiruvida kalsiyning fiziologik miqdori va fosfor miqdorining kamayishi yoki normada bo‘lishi aniqlanadi. Ishqoriy fosfotazaning qondagi miqdori ortib ketadi;
- Siydik analizida uning tarkibida fosfatlar aniqlanadi. Raxitning maxsus tekshiruvi Sulkovich sinamasi musbat natija beradi.
- Bolalarda raxitning avj olish davridagi belgilari
- Raxit kasalligi avj olish davrida quyidagi simptomlar bilan kechadi:
- Suyaklaning yumshash simptomi aniq va sezilarli daraja bo‘ladi (kalla chanog‘i bitishmalari nozik, tepa suyagi kengayishi, ularning yumshashi);
- Suyaklar egiluvchan bo‘lib qolishi, ularga bosim berilganda, holat o‘zgarganda o‘z shaklini yo‘qotishi;
- Raxitning belgilaridan yana biri umurtqa pog‘onasining egriliklari va qiyshayishlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |