Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet175/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Tarbiyalovchi vaziyat – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot, hamkorlik asosida tarbiya jarayonining muayyan bosqichlarida turli qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan holat.
Tarbiya – shaxsga bilim berish orqali unda axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikma-malakalarini, hayotiy tajribani hosil qilish, orqali uni voyaga yetkazish; shaxsda axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikma-malakalarini, hayotiy tajribani hosil qilishga qaratilgan amaliy harakat, pedagogik faoliyat.
Tasodifiy assosiatsiyalar” metodi – tasodifiy tanlangan ikkita so‘z (tushuncha) o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topish va u asosida orginal hikoya to‘qishga yo‘naltirilgan metod. Pedagogik tashxislash jarayonida “Tasodifiy assosiatsiyalar” metodidan quyidagicha foydalaniladi: 1-bosqich. Har bir o‘quvchi o‘zi istagan kitob (u lug‘at, badiiy adabiyot, turli sohalarga oid qiziqarli jurnal)ni qo‘lga olib, uning sahifalarini tasodifiy ochadi; 2-bosqich. Ochilgan sahifaning raqamiga e’tibor qaratmay, ko‘rsatkich barmoq ixtiyoriy so‘zning ustiga qo‘yiladi, aniqlangan so‘z qog‘ozga qayd etiladi; 3-bosqich. Bu harakat yana bir bor qayta takrorlanib, yana bir so‘z aniqlanadi; 4-bosqich. Aniqlangan har ikki so‘z o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topiladi va u asosida orginal hikoya to‘qiladi.
Tashxis (pedagogikada) – o‘zida tadqiqot (o‘rganish) ob’ekti sifatida tanlangan shaxs yoki ijtimoiy guruh (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos muayyan xususiyatlarni, shaxslararo o‘zaro ta’sirni, o‘zaro munosabatlarni, o‘zaro bir- birlarini tushunishni tavsiflaydigan pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi; tashxislashning, ya’ni, tashxislash jarayonining natijasi, shuniningdek, ma’lum xususiyat, sifat, holat va shu kabilarning tasdiqlanishi.
Tashxislovchi metodika – ma’lum me’yorlarga tayangan holda muayyan shaxs, shaxslar guruhi ( o‘quvchilar sinfi) yoki o‘rganilayotgan jarayonga xos qandaydir sifat, o‘ziga xos xususiyatlarni o‘lchash, natijalarni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga qaratilgan chora-tadbir.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling