Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet171/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

tezkor diagnostika – favqulotda muammolarni hal qilish sifatini baholashga qaratilgan tashxislash.
Pedagogik tashxislash pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga egaligini ham tashxislashga xizmat qiladi. Bu jarayonda uning bir necha turidan foydalaniladi. Ular:
Attestatsion tashxislash – ta’lim sifatini boshqarishga qaratilgan umumiy tizimda o‘qituvchilar faoliyatini kompleks ekspert baholash xususiy hodisa bo‘lib, o‘qitishning tegishli sohasida pedagogik faoliyatni tegishli muassasa ustavi, davlat ta’lim standartlari, mahalliy va xalqaro tajribalarga muvofiq kelishini anglatuvchi qobiliyati sifatida e’tirof etilishini ta’minlaydi.
Boshqaruv xarakteridagi pedagogik tashxislash – o‘quv-tarbiya jarayonining didaktik va metodik imkoniyatini, pedagoglar va o‘quv muassasalari rahbarlarining kasbiy malakasini pedagogik tashxislashning
funksional hamda tuzilmaviy jihatdan o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlarining mazmuni.
Tashkiliy-metodik tashxislash – o‘qituvchilarning metodik kompetentligi va kasbiy tayyorgarligini, pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligini pedagogik tashxislashning funksional va tuzilmaviy jihatdan o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlarining mazmuni.
Tezkor tashxislash – o‘qituvchi faoliyatini mezonlarning eng quyi darajasini ifodalovchi tizimda pedagogik tizimni boshqarishni takomillashtirish uchun qarama-qarshiliklar, muammoli muhit va tayanch, dastlabki muammolarni aniqlovchi tezkor tashxisli tahlil.
Pedagogik kuzatish metodi – ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilishi zarur bo‘lgan pedagogik muammoni aniqlash, uning yechimini topish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Pedagogik nazorat – uning yetakchiligi va tashkilotchiligi asosida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini o‘zaro birlashtirgan holda o‘quv hamda tarbiya jarayonlarining natijalarini baholashga qaratilgan tekshirish xarakteriga ega yagona didaktik va metodik tizim.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling