Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy og‘ish
- Ruhiy og‘ish
- Me’yordan xulqiy og‘ish
- Miqdor
Me’yordan og‘ish (lot. “defectus” – kamayish, nuqson) – bolaning mo‘tadil rivojlanishida buzilishlarni keltirib chiqaruvchi jismoniy, ruhiy, ixtimoiy yoki
pedagogik nuqsonlar. Ijtimoiy sub’ektlar, jumladan, o‘quvchilar o‘rtasida turli jihatdan “me’yordan og‘ish” holatlari kuzatiladi. Ular: Jismoniy og‘ish – shaxsning fiziologik o‘sishi va salomatligida kuzatilayotgan nuqsonlar bo‘lib, asosan, tibbiy ko‘rsatkichlar (tananing og‘irligi, bo‘yi, hajmi va hokazolar) bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy og‘ish – individning to‘laqonli shaxs bo‘lib shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning mavjudligi. Pedagogik og‘ish – uzluksiz ta’lim tizimining majburiy bosqichlarida umumiy (kasbiy) fanlari asoslarini o‘zlashtirishda ta’lim standartlari talablarini zarur va minimal darajada bajarmaslik yoki bajarishni istamaslik. Ruhiy og‘ish – aqliy faoliyatni tashkil etish, psixologik holatni boshqara olish qobiliyatining butunlay yoki ma’lum darajada yo‘qotilishi. Me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalash – shaxsning jamiyat tomonidan tan olingan va ijtimoiy munosabatlar uchun ustuvor bo‘lgan ma’naviy-axloqiy qoidalar, me’yorlarga rioya etmasligi kabi nuqsonlarni tuzatish. Me’yordan xulqiy og‘ish – shaxsning jamiyat tomonidan tan olingan va ijtimoiy munosabatlar uchun ustuvor bo‘lgan ma’naviy-axloqiy qoidalar, me’yorlarga rioya etmasligi. Me’yor (tashxislovchi me’yor) – 1) tashxislash jarayonining avvali (boshi) va yakuni (oxiri)da qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro solishtirish uchun xizmat qiladigan standartlashtirilgan o‘lchov birliklari, ko‘rsatkichlar; 2) o‘rganilayotgan shaxs yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos bo‘lgan xulq-atvor, ma’lum xatti-harakatni tashkil qilish, shuningdek, ma’lum jarayonga xos xususiyatlarni tadqiq qilish uchun namuna, andoza. Miqdor – bilish ob’ektining real mavjudligi ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, uni o‘xshash qismlarga ajratish imkonini beradi. “Morfologik quti” (“Morfologik tahlil”) metodi (Fris Svikki) –tanlangan ob’ektni unga xos bo‘lgan bir nechta belgini saralab olish orqali bir necha tarkibiy qismlarga ajratish, so‘ngra ular mohiyatan o‘zgartirish va qayta birlashtirish orqali yangi ob’ektni paydo bo‘lishini ta’minlovchi metod. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling