Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet168/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish – muvaffaqiyatli vaziyatlarni kafolatlovchi sharoitlar jamlanmasi yoki ana shu maqsadga yo‘naltirilgan amaliy harakatlarni tashkil etish.
Mutaxassislik – biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi131.
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.





131 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикасида узлуксиз бошланғич, ўрта ва ўрта махсус профессионал таълим тизимини тартибга солувчи норматив- ҳуқуқий ҳужжатларни тасдиқлаш тўғрисида”ги 466-сон (2020 йил 7 август) Қарори // https://www.lex.uz/ru/docs/4945840.
Nosog‘lom oila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan, aksincha, tartibsiz hayot kechiradigan, shaxslararo munosabatlarda axloqsizlik, qo‘pollik, ruhiy bosim ustuvor bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunmaydigan va o‘zaro qo‘llab-quvvatlamaydigan, moddiy jihatdan ta’minlanmagan oila.
Ob’ekt (jarayon)ning sifati uning mavjudligini ta’minlovchi muhim, barqaror xususiyatlari sanaladi. Shu sababli ob’ekt (jarayon)ning sifati to‘g‘risidagi ma’lumot uning mohiyati va mazmunida aks etadi hamda uni tavsiflash uchun zarur sanaladi.
Oila an’analari (yoki oilaviy an’analar) – oilaning tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, avloddan avlodga meros sifatida o‘tish orqali oila a’zolarining ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlar.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling