Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Pedagogik diagnostika tamoyillari
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
Pedagogik diagnostika tamoyillari – pedagogik diagnostikaning mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-didaktik, tarbiyaviy ahamiyati, qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari, uni qo‘llash shartlarining mohiyatini yorituvchi yetakchi, asosiy g‘oyalar.
Pedagogik diagnostika (tashxislash) – zarur o‘lcham (ko‘rsatkich)lardan foydalanish asosida hodisalar mohiyatini anglash va ularning muayyan vaziyatlardagi holatiga baho berish jarayoni (K.Ingenkamp); pedagogik tizimning turli elementlari holati va uni barcha bosqchilarda bashoratlash, mo‘tadil rivojlanish tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga oshirish sharoitlarini tavsiflovchi belgilarini aniqlanash va o‘rganish (E.A.Mixalыchev), ta’lim va tarbiya natijasini baholashda shaxsning ma’lum bir xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan pedagog va pedagogik kollektivlarning o‘ziga xos faoliyatining tizimi (V.S.Avanesov); aniq maqsaddan kelib chiqqan holda muayyan holat (fazilat, bilimlarni o‘zlashtirish) bo‘yicha o‘rganiluvchi shaxs faoliyatini kuzatish, tekshirish va baholashga oid statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish, dinamik rivojlanishni aniqlashga qaratilgan nazorat yoki monitoringning tarkibiy qismi (M.A.Innazarov); ta’lim oluvchilar, pedagog yoki ta’lim muassasasi rahbarining faoliyati darajasida jarayon yoki hodisani bir vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va to‘g‘rilash (S.T.Pudochkina). Pedagogik diagnostikaning bir necha turi mavjud. Ular: asosiy boshlang‘ich diagnostika – o‘quvchining joriy vaqtgacha erishgan yutuqlari, shuningdek, rivojlanishdagi muammolari aniqlashga qaratilgan tashxislash; asosiy yakuniy diagnostika – o‘quv yili oxirida o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra o‘qituvchining oldiga qo‘yilgan pedagogik vazifalarning hal qilinish darajasi tahlil qilinib, baholanadigan tashxislash; oraliq diagnostika – sinfning barcha o‘quvchilari uchun emas, balki ular orasidan tanlab olingan – rivojlanishida jiddiy muammolari bo‘lgan o‘quvchilar bilan amalga oshiriladigan tashxislash; Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling