Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet166/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

orin almashtirish – o‘quvchi faoliyatidagi doimiy muvaffaqiyatsizlik negizida yutuqlarga erishishni ta’minlash;
oquvchining qadr-qimmatini ragbatlantirish, ozini ozi hurmat qilishini yoqlash – unga imkoniyatlariga mos keladigan faoliyat turini taklif qilish, muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlash,
qiyin vaziyatlarga ko‘mak berish;
talabchan ohangda ishonch bildirish – bunda o‘quvchiga ijtimoiy topshiriqni bajarish muhimligini tushuntirish bilan birga uning yondashuvi qo‘llab-quvvatlanadi, bu faoliyatda o‘quvchining u tomonidan nimaningdir o‘zlashtirib olishga bo‘lgan umidi mustahkamlanadi;
o‘quvchini ijtimoiy faoliyatga jalb qilganda izchillikka erishish – bunda uning faoliyati rag‘batlantiriladi – e’tirof qilinadi – qo‘llab-quvvatlanadi, e’tirof qilinadi – topshiriqni bajarish, ijtimoiy-foydali ish jarayonida ixtiyoriy qatnashishi yuzasidan qaror qabul qilishiga imkon beriladi.
Ko‘rsatkich (lot. “indicator” – ko‘rsatkich) – aniq ob’ektda namoyon bo‘ladigan qandaydir o‘lchov birligi yoki o‘zgarish sifati (mezoni). Mezon, uning miqdoriy va sifat tavsifi bo‘yicha ob’ektning turli holatlarini muhokama qilishga imkon beradigan o‘lchov, chegara. Ko‘rsatkich, odatda, o‘lchanadigan mezonning tashqi jihatdan juda yaxshi farqlashga imkon beradi.
Mezon (yun. “kriteron” – muhokama (mulohaza qilish) uchun vosita) – unga asoslangan holda baholash amalga oshiriladigan belgi; nimaningdir tavsifi yoki tasnifi; baholash o‘lchovi.
Mental xarita” (yoki “Idrok xaritasi”) metodi (Toni Byuzen) - kreativ fikrlash jarayonining sifatini yaxshilash maqsadida xotirani kuchaytirishga xizmat qiladigan metod.
Metodika – aniq belgilangan maqsadga erishish yo‘lida, ma’lum vazifalarni bajarishda foydalaniladigan pedagogik faoliyatning tashkiliy shakllari, metodlari va vositalari jamlanmasi hisoblanadi.
Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot yo‘li, usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib yoki tizimga solingan faoliyat usulini tanlash; ta’lim (tarbiya) maqsadiga erishishning yo‘li, usuli; doimiy ravishda rivojlanib va shaklan o‘zgarib boradigan usul yoki uslublar, usullar va qadamlar, harakatlar. Mazkur tushuncha turlicha talqin qilinadi. Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir faoliyat usullarining majmui; 3) harakat usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga erishish uchun tashkil etilayotgan harakat.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling