Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Shaxsning tarbiyalanganlik


Download 1.23 Mb.
bet177/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Shaxsning tarbiyalanganlik darajasi – o‘quvchining axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga egaligining muayyan ko‘rsatkichi.
Shaxs tarbiyalanganlik darajasining ko‘rsatkichi – o‘quvchining muayyan darajada axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga egaligining o‘lchovi.
Shaxs (o‘quvchi)ning aqliy rivojlanish darajasini tashxislash u tomonidan o‘quv fanlarini o‘zlashtirish asosida uning fikrlash qobiliyati, tafakkuri, intellektual salohiyatining muayyan pog‘onaga egaligini, holatini tahlil qilish hamda baholash.
Shaxs (o‘quvchi)ning aqliy rivojlanish darajasi – shaxs fikrlash qobiliyati, tafakkuri, intellektual salohiyatining muayyan pog‘onasi, holati.
Shkalalash – boshlang‘ich amaliy natijalarni shkalali baholashga o‘tkazish yo‘li bilan tartiblashga qaratilgan harakat.
Shkala – muayyan raqamli tizimga ularni joylashtirish yo‘li bilan ob’ektlar xususiyatlarini o‘lchash natijalarini qayd qilish vositasi bo‘lib, bunda alohida
natijalar o‘rtasidagi munosabat tegishli raqamlarda ifodalanadi136. Tartiblash jarayonida kuzatilgan natijaning shkaladagi mavjud holatiga ko‘ra har bir tanlangan elementiga muvofiqlik asosida ball (shkalali indeks) beriladi.
Ekspert baholash metodi – malakali mutaxassislar tomonidan o‘rtacha arifmetik qiymatni topish yo‘li bilan shaxs faoliyati, ma’lum jarayon, tizimning sifat ko‘rsatkichlarini baholashga xizmat qiladigan usul.
O‘zaro ziddiyatga borish (konfrontatsiya) – ikki qarama-qarshi taraflar tomonidan bir-birlarining ob’ektiv va sub’ektiv xarakterga ega pozisiyalarini qabul qilmaslik sanalib, vaziyatni ijobiy hal qilishni qiyinlashtiradi.
O‘zini o‘zi baholash – shaxsning o‘z imkoniyatlari, sifatlari, yutuqlari, kamchiliklari hamda boshqa kishilar orasidagi o‘rnini mustaqil baholay olishi137; shaxs tomonidan o‘z xatti-harakatlari, ma’naviy fazilatlari, qarashlari, motivlarining axloqiy baholanishi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling