Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish
- O‘quvchi
jamoaviy tanqid o‘rniga o‘quvchida o‘z-o‘zini tanqid malakalarini shakllantirish – bunda o‘quvchi o‘z harakatlariga ob’ektiv baho berishga, sinfdoshlar uning harakatidan noroziligi ekani sababini o‘ylab ko‘rishga undaladi,
o‘quvchini jamoaviy ijtimoiy ahamiyatli faoliyatga jalb qilish – bu jarayonda o‘quvchi jamoaviy ishlarga o‘z munosabatini bildiradi, sinfdoshlari bilan hamkorlikda faoliyat yurita olish qobiliyatiga egaligini ko‘rsata olishi talab qilinadi. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish – ularning qiziqish, qobiliyatini aniqlash orqali ongli ravishda kasb yoki hunar yo‘nalishlarini tanlashiga ko‘maklashish va harakatlarini tegishli yo‘nalishga solish. O‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini tashxislash – tashxis metodlari yordamida o‘quvchilarning u yoki bu kasb, hunar asoslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, qobiliyat darajasini aniqlash. O‘quvchi – umumiy o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasida tahsil olayotgan shaxs. Hamkorlik – tarbiyalovchi vaziyatning o‘zaro harakati bo‘lib, unga ko‘ra sub’ektlardan biri ikkinchisining ruhiy-jismoniy holatini to‘la xis etadi va voqelikka, masalaga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini o‘zgartirgan holda, vaziyatning rivojlanishi va ijobiy tus olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hamkorlik asosida sherigi bilan o‘zaro harakat qilish, kayfiyati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar uning osoyishtaligi haqida qayg‘urish yotadi. Hujjatlarni tahlil qilish (ta’lim muassasasi hujjatlarini o‘rganish) metodipedagogik hodisa va dalillarni har tomonlama tekshirish, ta’lim muassasasi tomonidan meyoriy talablarning bajarilishi holatini o‘rganish, erishilgan yutuq, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or ilmiy-pedagogik hamda ta’lim muassasasi tomonidan to‘plangan amaliy-pedagogik tajribalarni ommalashtirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. Hunar – 1) muayyan ko‘nikma, mahorat talab qilinadigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashg‘ulot, kasb138; 2) asosan qo‘l kuchi bilan harakatlantiriladigan ish qurollari yordamida, ya’ni, qo‘l mehnatiga asoslanib mahsulotlarni tayyorlashga qaratilgan faoliyat. 138 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Шукрона – Ҳ / 5 жилдли. Бешинчи жилд. А.Мадвалиев таҳр.остида. Таҳрир ҳайъати: Э.Бегматов. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2008. – 561-б.
Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling