Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlarning javoblari
- 1.3-topshiriq bo‘yicha
- 2-§. Tiriklikning tuzilish darajalari
Topshiriqlarning javoblari:1.1-topshiriq bo‘yicha:
1.2-topshiriq bo‘yicha: “Tejamkorlik”: 1) shaxsning tejam bilan ish tutishini anglatuvchi fazilat; 2) tejam asosida iqtisodiy tartibga erishishini anglatuvchi axloqiy fazilat. 1.3-topshiriq bo‘yicha:
topshiriq. G.A.Russkiyning “O‘quvchilarning o‘quv materaillari bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” metodikasi yordamida ixtiyoriy tanlangan 2-3 nafar o‘quvchi tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha bilimlar tizimini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlang. Ko‘rsatma: 1. O‘quvchining o‘quv faoliyatini baholashda quyidagi jadvaldan foydalaning:
2. Tashxislash jarayonida o‘quvchi tomonidan quyidagi harakatlarning bajarilganiga e’tibor qarating: Amaliy bilimlarni o‘zlashtirishga doir: Terminologiyani o‘zlashtirish: nomlash, sanash, to‘g‘ri javobni belgilash, ortiqcha ...ni topish. Raqamli materialni o‘zlashtirish: qancha, qachon, raqamlarni sanash, ... tasdiqlovchi raqamli dalillarni belgilash. Dalillarni o‘zlashtirish: qanday dalillar ...ni tasdiqlaydi, ... qaerda joylashgan, bu qanday yuz berdi, ... ning asosiy belgilari nimalardan iborat. Tasavvurni o‘zlashtirish: ... to‘g‘risida hikoya qilish, ... ning tashqi belgilarini tasvirlash, ... ga ta’rif berish. Nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga doir: Tushunchani o‘zlashtirish: tushunchaning mohiyatini yoriting, bu nima?, ... uchun xarakterli belgilar qaysilar?, Tushunchaning ahamiyatli belgilarni sanash. Sabab-oqibat aloqalari (to‘g‘ri aloqalari)ni bilish: nima sodir bo‘ladi, agarda ...?, ... ning qanday oqibatlari mavjud? Sabab-oqibat aloqalari (teskari aloqalari)ni bilish: Nima uchun?, Qanday sababga ko‘ra? Qonuniyatlarni bilish: Qanday o‘zaro bog‘liklarga ega?, Bog‘liqlik nimadan iborat?, Qanday bog‘lanadi? Qonunlarni bilish: qonunlarni o‘qing, ... ni isbotlab bering, ... ning harakatlarini ... qonuniga muvofiq asoslash. Nazariyani o‘zlashtirish: nazariyani hikoya qiling, ... nazariyasi nuqtai nazaridan tushuntirish. O‘quvchilarga 9-sinf uchun mo‘ljallangan “Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari)” fanidan quyidagi o‘quv materiali taqdim qilinadi: 2-§. Tiriklikning tuzilish darajalariTirik organizmlar yoki biologik tizimlar quyidagi darajalarda bo‘ladi: molekula, hujayra, to‘qima, organ, organizm, populatsiya, biogeotsenoz (ekotizim) va biosfera. Har bir tuzilish darajasida atrof-muhit bilan ya’ni moddalar, energiya va axborot almashinuvlar natijasida o‘ziga xos muayyan tizimlar kelib chiqadi. Tizim deganda bir butunlikni tashkil etuvchi komponentlarning ma’lum izchillikdagi o‘zaro bog‘lanishlari va ta’sirlari tushuniladi. Shunday qilib, tizimning asosiy tarkibiy qismlari komponentlar, bog‘lanishlar va chegaralardir. Barcha tirik organizmlar ochiq tizim hisoblanib, ular tashqi muhit bilan moddalar, energiya va axborot almashinuviga ega. Molekula. Ushbu bosqichda tirik tizim biologik faol yirik molekulalar, ya’ni: oqsillar, nuklein kislota va uglevodlarning faoliyat ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Molekula bosqichda aynan tirik materiya uchun xos bo‘lgan quyosh nuri energiyasining organik moddalarda bog‘lanishi kimyoviy energiyaga aylanishi, ya’ni, moddalar almashinuvi, irsiy belgilarni o‘tkazish hamda tuzilm alarning avlodlardagi barqarorligi singari jihatlar kuzatiladi. Hujayra. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish, rivojlanish va funksional birligidir. Hayotning hujayrasiz shakllari ham mavjud. Buning dalili sifatida viruslarni ko‘rsatish mumkin. Ularga xos bol‘gan ayrim tiriklik xususiyatlari faqat hujayrada namoyon bo‘ladi. Biologik m oddalar ushbu bosqichda bir butun tizim sifatida birlashadi. Hujayra tuzilish darajasiga ko‘ra barcha tirik organizmlar bir va ko‘p hujayralilarga ajraladi. To’qima. To’qima – kelib chiqishi, tuzilishi va bajaradigan vazifasi o‘xshash bo‘lgan hujayralar yig‘indisidan iborat. Organ. Organ ko‘pchilik hayvonlarda bir necha turdagi to‘qimalarning tuzilish va funksional yig‘indisi hisoblanadi. Masalan, odamning terisi epiteliy va biriktiruvchi to’qimalardan iborat, ular bir necha vazifalarni bajaradi. Organizm. Organizm mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko‘p hujayrali tirik tizimdan iborat. K o‘p hujayrali organizm har xil vazifalarni bajarishga moslashgan to’qima va organlardan tashkil topadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling