Populatsiya – tur. Populatsiya kelib chiqishi, yashash sharoiti va hayot tarzlari bir xil (o‘xshash) organizmlarning yig‘indisidan iborat. Ushbu bosqichda dastlabki evolutsion o‘zgarishlar kuzatiladi.
Biogeotsenoz. Bir-biri va atrof- muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladigan organizmlarning populatsiyalari biogeotsenozlar deb ataladi. Biogeotsenozdagi hayot jarayonlarini tashqaridan keladigan energiya ta’minlagani uchun uni ochiq, o‘zini o‘zi boshqaradigan sistema deyiladi.
Biogeotsenozning asosiy vazifasi energiyani to‘plash va taqsimlashdir. Biosfera. Sayyoramizdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini qamrab olgan, ancha yuqori darajadagi tabiiy tizimdir. Biosfera yerdagi turli-tuman hayot ko‘rinishlarini qamrab oladi. Biosfera bosqichida sayyoramizdagi tirik organizmlarning hayot faoliyati bilan bog‘liq ravishda barcha moddalar va energiyaning davriy aylanishi kuzatiladi.
Eslatma: agarda o‘quvchi to‘g‘ri javob qaytarsa, u holda 1 ball, bordi-yu, xatoga yo‘l qo‘ysa, unda 0 ball qo‘yiladi. To‘plangan ballarning yig‘indisiga muvofiq o‘quvchilar tomondan bilimlar tizimini o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi.
Ballarning umumiy soni asosida besh balli tizim ko‘rsatkichlari (baholari) belgilanadi. Ya’ni:
0-8 ball – eng yuqori daraja: “5”;
7-6 ball – o‘rta daraja: “4”;
5-4 ball – past daraja: “3”.
Do'stlaringiz bilan baham: |