Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish
- To‘g‘ri javoblar
- 9-mavzu. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxislash
Mashqlantiruvchi test91 Резапкина Г. Комплексная диагностика общих способностей подростков в условиях профильного обучения // https://psy.1sept.ru/article.php?ID=200801209. Asosiy test Natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishQayta ishlash to‘g‘ri javoblarni tanlash bilan bog‘liq. To‘g‘ri javoblarning soni o‘quvchining so‘zli bo‘lmagan intellektual qobiliyati darajasini aniqlab beradi. O‘quvchining intellektual rivojlanish darajasini quyidagi jadval asosida belgilash mumkin:
To‘g‘ri javoblar
Foydalanish uchun adabiyotlar: Дудина М.М., Хаматнуров Ф.Т. Основы психолого-педагогической диагностики / Учеб.пособие. – Екатеринбург: Изд-во Рос.гос.проф.-пед. унив- та. 2016. – 190 с. Ингенкамп, Карлхайнц. Педагогическая диагностика / Пер. с нем. – М.: Педагогика, 2001. – С. 16-17. Pedagogik diagnostika / Ma’ruza matnlari. Tuzuvchi: X.Raxmatova. – Namangan: Namangan DU, 2014. – 100 b. Овсянникова С.К. Педагогическая диагностика и коррекция в воспитательном процессе / Учебно-метод.пособие. – Нижневартовск: Изд-во Нижневарт.гуманит.унив-а, 2011. – 243 с. Yo‘ldoshev J.G‘., Shirinov M.K., Ochilov F.I. Pedagogik diagnostika / O‘quv-metod.qo‘ll. – 2014. – 96 b. 9-mavzu. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxislashReja:O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash mohiyati. O‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlar va ularning turlari. Tarbiyalovchi vaziyatlarning tashkil etilishi va namoyon bo‘lishi. Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash usullari. Tayanch tushunchalar: shaxs, o‘quvchi, tarbiya, tarbiyalash, tashxislash, tarbiyalanganlik, tarbiyalik darajasi, tarbiyalanganlik darajasini tashxislash, tarbiyalanganlik ko‘rsatkichlari. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash mohiyati. Pedagogik faoliyatning ikki muhim yo‘nalishi mavjud ekani barchaga ayon: 1) ta’lim (didaktika); 2) tarbiya. Pedagogik diagnostikada ham ana shu ikki yo‘nalish inobatga olinadi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish darajasi – ma’lumotga egalik holati xususida avvalgi mavzuda so‘z yuritildi. Ushbu mavzuda esa bevosita o‘quvchining axloqiy tarbiyalanganlik (yoki tarbiyalangan) darajasi va uni tashxislash to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi. Aksariyat o‘rinlarda sub’ektiv xarakterga ega “o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi” (yoki o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi) iborasi o‘rniga umumiy tarzda “shaxsning tarbiyalanganlik darajasi” (yoki shaxsning tarbiyalanganligi) tushunchasi ishlatiladi. Qolaversa, shaxs (o‘quvchi)ning tarbiyalanganligi tahlil qilinar ekan, ayni o‘rinda “tarbiya”, “tarbiyalash”, “tarbiyalanganlik” tushunchalari ham qo‘llaniladi. Shu bois ushbu tushunchalarga izoh berib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Shaxs – jamiyatning psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari, xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega azosi92. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling