Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
-rasm. Tarbiyaviy vaziyatlarning asosiy turlari
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
18-rasm. Tarbiyaviy vaziyatlarning asosiy turlariOdatda o‘qituvchi-talaba; o‘qituvchi-talabalarning kichik guruhi; o‘qituvchi- talabalar jamoasi; o‘qituvchilar-talabalar; o‘qituvchi(lar) – talaba(lar) – uchinchi shaxs tarbiyalovchi vaziyatlarning ishtirokchilari bo‘ladi. Pedagogik jarayonda yuzaga kelgan vaziyatda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakatlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi: Hamkorlik – tarbiyalovchi vaziyatning o‘zaro harakati bo‘lib, unga ko‘ra sub’ektlardan biri ikkinchisining ruhiy-jismoniy holatini to‘la xis etadi va voqelikka, masalaga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini o‘zgartirgan holda, vaziyatning rivojlanishi va ijobiy tus olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hamkorlik asosida sherigi bilan o‘zaro harakat qilish, kayfiyati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar uning osoyishtaligi haqida qayg‘urish yotadi. O‘zaro ziddiyatga borish (konfrontatsiya) – ikki qarama-qarshi taraflar tomonidan bir-birlarining ob’ektiv va sub’ektiv xarakterga ega pozisiyalarini qabul qilmaslik sanalib, vaziyatni ijobiy hal qilishni qiyinlashtiradi. Tarbiyalovchi vaziyatlar uzoq muddatli pedagogik faoliyat strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lib, ular tarbiyaviy masalalarning yechimini topishni taqozo etadi. Tarbiyalovchi vaziyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: ma’lum bir davr yoki o‘quv yili mobaynida tarbiyaviy jarayonning maqsadini aniqlash; turli yoshdagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv muassasalarida tashkillashtirilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning metod va shakllarni aniqlash. Pedagogik vaziyatlarning tahlili masalalarni yechishda kelgusidagi faoliyat jaryonida turli variantlarni izlashga imkon beradi. Biroq, o‘quv tarbiyalovchi vaziyatlar tahlilining murakkabligi shundaki, pedagogning faoliyati mazkur vaziyatni yechish uchun belgilangan vaqt omiliga bog‘liq. Doimiy ravishda masalalarni yechish bilan band bo‘lib qolgan o‘qituvchi haddan tashqari charchashi mumkin. Bu esa o‘z o‘rnida tarbiyalovchi vaziyatning tahlilini qiyinlashtiradi. Tarbiyalovchi vaziyatlarni tahlil qilish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim: o‘quvchining ta’lim olish va bilimlarin boyitishga nisbatan munosabati; talabaning bilim va ko‘nikma darajasi; konkret pedagog, o‘qituvchi bilan o‘zaro munosabatlar; pedagog muloqoti uslubi; ma’lum bir sinf yoki guruhda o‘zaro munosabatlar xarakteri; ota onalarning ma’lum bir fan va ta’lim olish jarayoniga nisbatan munosabati; pedagoglar o‘rtasidagi muloqot, ta’lim berish uslubi; u yoki bu o‘quv fanining kerak yoki kerak emasligi haqidagi jamoat fikrining ijtimoiy yo‘nalishi. Barcha omillar talaba xatti-xarakati, xulqi, muloqot xarakteri, ta’lim jarayonidagi munosabatiga katta ta’sir o‘tkazadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling