Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish.
Tarbiyalovchi vaziyatlarning tashkil etilishi va namoyon bo‘lishi. O‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlarni namoyon bo‘lishi va tashkil etilishining shakllari turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning yuzaga kelish va rivojlanish jarayonida ko‘p omillar o‘quv jarayonining ob’ektiv holatlari hamda pedagogik faoliyat sub’ekti – o‘qituvchiga bog‘liq.
Rag‘batlantiruvchi vaziyat; tanlov vaziyati; muvafaqqiyat vaziyati; ziddiyatli vaziyat; o‘quv masalalarning yechimini topish vaziyatlari; tavakkal kilish vaziyatlari; tanqid va o‘z o‘zini tanqid kilish vaziyatlari; yordam va uzaro yordam kursatish; tahdid va jazolash vaziyati; o‘z-o‘zini baholash vaziyati; muloqot vaziyati; bo‘ysindirish vaziyati; ishonish vaziyati; ayblash vaziyati; bir ish(muloqot)dan boshqasiga o‘tish vaziyati; kurashish va raqobat vaziyati; dalda berish vaziyati; e’tiborsizlik qilish vaziyati; chegaralash vaziyati; o‘yin vaziyatlari; javobgarlik va mas’uliyatni sezgan holda qaror qabul qilish; faoliyatning yangi usullarini uzlashtirish vaziyatlari; ishonch bildirish vaziyatlari; talab qilish vaziyati; trening vaziyati; tartibsizlik vaziyati kabilar tarbiyalovchi vaziyatlarning ko‘rinishlari sanaladi. Mazkur holatlarni o‘quv-tarbiyaviy faoliyat jarayonida eng ko‘p yuzaga keluvchi alohida o‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlar misolida ularning namoyon bo‘lish shakllari, mohiyati va xususiyatlarini ko‘rib chiqish mumkin. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar o‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlarning yana bir shakli bo‘lmish muvaffaqiyatli vaziyatni rivojlanishi uchun zamin yaratadi. V.A.Suxomlinskiyning aytishiga ko‘ra, “qiyinchiliklarni yengib o‘tish, bilim olish xohishi uchun energiya hosil qiluvchi ichki kuchning yagona manbai” o‘qishdagi muvaffaqiyatdir. Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish. Pedagogik jarayonda muvaffaqiyatlarni kafolatlaydigan vaziyatlar ham namoyon bo‘ladi. O‘qituvchilar imkon qadar ana shunday vaziyatlarning ko‘proq yuzaga kelishini ta’minlashga e’tibor qaratishlari lozim. Bu boradagi harakatlar muvaffaqiyatli vaziyatlarni loyihalashtirish deb nomlanadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling