Raxmatova xayrixon ashiraliyevna


Download 1.23 Mb.
bet9/183
Sana03.12.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1800433
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   183
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi

Tekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) tadqiqot ob’ekti bo‘lgan shaxs yoki jarayonga oid dalillarning tashxis ma’lumotlari bilan o‘zaro solishtirish va ularning tasdiqlanishini ta’minlovchi jarayon.
Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot yo‘li, usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib yoki tizimga solingan faoliyat usulini tanlash16. Mazkur tushuncha turlicha talqin qilinadi. Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir faoliyat usullarining majmui; 3) harakat usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga erishish uchun tashkil etilayotgan harakat.
Tashxislovchi metodlar – olingan natijalar asosida psixologik hamda pedagogik jarayonning mohiyatini, muayyan shaxsga yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ning o‘ziga xos xususiyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘lchash, ularni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga xizmat qiladigan metodlar. Odatda, tashxis metodlari



sifatida anketa, suhbat, test, intervyu, pedagogik kuzatish, ekspert baholash, natijalarni matematik qayta ishlash (matematik-statistik metod) kabilar qo‘llaniladi.
Tashxislovchi metodika ma’lum me’yorlarga tayangan holda muayyan shaxs, shaxslar guruhi ( o‘quvchilar sinfi) yoki o‘rganilayotgan jarayonga xos qandaydir sifat, o‘ziga xos xususiyatlarni o‘lchash, natijalarni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga qaratilgan chora-tadbir.
Test metodi (ingl. “test” sinash, tekshirish) o‘rganilayotgan shaxsning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlari, shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish yoki sinov usuli17.
Tashxislovchi texnika – pedagog yoki mutaxassis tomonidan samarali o‘zlashtirilib, o‘rganilayotgan shaxs (o‘quvchi, tarbiyalanuvchi) yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llashga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalar yig‘indisi.
Me’yor (tashxislovchi me’yor) 1) tashxislash jarayonining avvali (boshi) va yakuni (oxiri) da qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro solishtirish uchun xizmat qiladigan standartlashtirilgan o‘lchov birliklari, ko‘rsatkichlar; 2) o‘rganilayotgan shaxs yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos bo‘lgan xulq-atvor, ma’lum xatti- harakatni tashkil qilish, shuningdek, ma’lum jarayonga xos xususiyatlarni tadqiq qilish uchun namuna, andoza.
Standart (davlat ta’lim standarti – DTS; ingl. “standard” – meyor, namuna) uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari mazmunining zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv yuklanmalarning maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini, ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiy- texnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-metodik, kadrlar taminoti)ning asosiy talablarini aniqlab beradigan meyor va talablar18. Diagnostika nazariyasida “standart” tushunchasi quyidagi uch jihatga ko‘ra qo‘llaniladi: 1) o‘lchash, o‘zaro solishtirish, tahlil qilish va baholash uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatkich; 2) psixologik-pedagogik ko‘rsatkich (shkala)larni shakllantirish uchun asos bo‘ladigan ixtiyoriy etalon (namuna); 3) muayyan jamiyat tomonidan e’tirof qilingan ijtimoiy axloq mezoni.
Talab (psixologik-pedagogik talab) – turli xatti-harakatlarni bajarish, muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy –psixologik xulq-atvor me’yorlari va



17 Педагогика. Катта изоҳли луғат / М.Усмонбоева, Ф.Асқарова. – Т.: “Сано-стандарт”, 2017. – 282-б.
tarbiyaviy ta’sir usuli. U ma’lum harakatlarni rag‘batlantirish yoki to‘xtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega bo‘ladi. Psixologik va pedagogik diagnostikada talab (psixologik-pedagogik talab)lar to‘rtta guruhga ajratiladi. Ular: 1) nazariy xarakterga ega talab (psixologik va pedagogik ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, maslahat; o‘lchov birliklari); 2) amaliy xarakterga ega talab (tashxislash jarayonida ustuvor bo‘lgan omillarga tayanishni taqozo qiladigan psixologik- pedagogik talab; o‘lchov birliklari); 3) ob’ektiv qonuniyatlar asosida shakllantiriladigan tashxis tamoyillari; 4) tashxislash jarayonini tashkil qilish tartibi va qoidalari.
Mezon (yun. “kriteron” – muhokama (mulohaza qilish) uchun vosita) – unga asoslangan holda baholash amalga oshiriladigan belgi; nimaningdir tavsifi yoki tasnifi; baholash o‘lchovi.
Korsatkich (lot. “indicator” – ko‘rsatkich) – aniq ob’ektda namoyon bo‘ladigan qandaydir o‘lchov birligi yoki o‘zgarish sifati (mezoni). Mezon, uning miqdoriy va sifat tavsifi bo‘yicha ob’ektning turli holatlarini muhokama qilishga imkon beradigan o‘lchov, chegara. Ko‘rsatkich, odatda, o‘lchanadigan mezonning tashqi jihatdan juda yaxshi farqlashga imkon beradi.
Rivojlanishni bashoratlash – dinamik xarakterga ega modelning asosiy natijasi bo‘lib, uning yordamida tashxislanuvchi ob’ektning sabab- oqibatli ozaro bog‘liqligi, uning mavjud bo‘lishini ta’minlovchi jarayon qonuniyatlari to‘g‘risidagi qarashlar tartiblanadi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostika g‘oyalarini amaliyotda qo‘llash didaktik va tarbiyaviy jarayonlarni ilmiy, metodik, tashkiliy, amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkillashtirilishini ta’minlaydi. O‘quvchilar tomonidan BKMning samarali o‘zlashtirilishi uchun sharoit yaratadi. Qolaversa, pedagogik jarayonda muayyan kamchiliklar ko‘zga tashlansa, ularni tezkor bartaraf etish, istiqbol vazifalarni oqilona belgilashga yordam beradi.

Nazorat savollari:


  1. “Pedagogik diagnostika” tushunchasi ilk marta kim tomonidan qo‘llanilagan?

  2. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fanining rivojlanishiga kimlar hissa qo‘shgan?

  3. “Diagnostika” va “pedagogik diagnostika” tushunchalari qanday ma’noni anglatadi?

  4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday maqsadni ko‘zlaydi?

  5. O‘quv fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  6. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday asosiy tushuncha (kategoriya)larga ega.

  7. Tashxis nima?

  8. “Mezon” va “ko‘rsatkich” tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nimadan iborat?

Test topshiriqlari:


  1. Pedagogik diagnostika ... ning asosida shakllangan.

  1. ijtimoiy diagnostika;
  2. psixologik diagnostika;


  3. iqtisodiy diagnostika;

  4. texnik diagnostika.

  1. Psixologik diagnostika ... da shakllangan.
  1. XIX asrning oxiri va XX asrning boshi;


  2. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshi;

  3. XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshi;

  4. XVI asrning oxiri va XVII asrning boshi.

  1. “pedagogik diagnostika” tushunchasini ilk bor qo‘llagan.

  1. German Rorshax;

  2. Vilgelm Vundt;

  3. Vilyam Shtern;
  4. Karlxayns Ingenkamp.


  1. Nazariy jihatdan esa “aniqlashga qodirlik”, “aniqlashga imkon berish” ma’nolari qaysi tushuncha yordamida ifodalanadi?

  1. tashxis (diagnoz);
  2. tashxislash (diagnostika);


  3. shkala;

  4. shkalalash.

  1. Ta’lim oluvchilarning faoliyati darajasida jarayon yoki hodisani bir vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va to‘g‘rilash. Ushbu ta’rif qaysi tushunchaga tegishli?

  1. ijtimoiy diagnostika;

  2. psixologik diagnostika;
  3. pedagogik djiagnostika;


  4. texnik diagnostika.

  1. Pedagogik ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish asosida o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash, o‘quv hamda kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan samarali tayyorlash uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish – bu “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining ...

  1. ob’ekti;

  2. predmeti;

  3. vazifasi;
  4. maqsadi;


  1. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani vazifalarni hal qiladi.

  1. besh turdagi ;

  2. to‘rt turdagi;

  3. uch turdagi;

  4. Download 1.23 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling