Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Attestatsiya (yoki davlat attestatsiyasi)
- Bilvosita strategiyalar” metodi
- Diagnos
GLOSSARIYAnketa (fr. “enquete” – surishtirish, ma’lumot olish, tekshirish) – og‘zaki yoki yozma ravishda dastlabki ijtimoiy va ijtimoiy-pedagogik ma’lumotlarni olishda qo‘llaniladigan metodik vosita, so‘rov vositasi. Anketa metodi – pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida dalillar to‘plash maqsadida qo‘llanilib, tizimli savollar yordamida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadigan metod. Attestatsiya (yoki davlat attestatsiyasi) – bitiruvchilarni tayyorlash darajasi va sifatining rasman belgilangan ta’lim darajasi hamda sifatiga qo‘yiladigan talablar tizimi (DTS)ga mosligini aniqlashga qaratilgan chora- tadbir. Aqliy rivojlanish – shaxs fikrlash qobiliyati, tafakkurining rivojlanishi, intellektual salohiyati darajasining oshishi “Aqliy hujum” metodi ( Aleks Osborn) – asosiy g‘oyasi shaxsda yangi, ko‘plab g‘oyalar ishlab chiqish, ularni tanqidiy tahlil qilish malakasini shakllantirishdan iborat metod. Unga ko‘ra, o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha har bir o‘quvchi o‘z fikrini bildiradi, yechim yuzasidan o‘z taklifini ilgari suradi. Qolganlar bildirilgan fikrni to‘ldiradi va rivojlantiradi. O‘quvchilar tomonidan bildiriladigan hech bir fikr tanqid qilinmaydi. Barcha o‘quvchilar muammoning yechimi yuzasidan o‘z taklifini bildirgandan so‘nggina ular umumiy holda tahlil qilinadi va eng to‘g‘ri, samarali yechim tanlanadi “Bilvosita strategiyalar” metodi (Brayan Eno, Piter Shmidt) – turli topshiriq (buyruq)lar yozilgan kartochkalar to‘plamiga tayangan holda yangi g‘oyalarni izlash, asoslash va ilgari surishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan metod. Grafik kompozisiya – grafikning barcha elementlaridan iborat kombinatsiya. Guruh – tarbiyalanuvchilarning yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra shakllantirilgan yoki o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining akademik jamoasi. Diagnos (tashxis; “diagnosis” – “aniqlash”, “bilish”) atamasi esa “bemorni har tomonlama o‘rganib, uning kasalligini aniqlash” Diagnostika (tashxislash; yun. “diagnostikos” – “aniqlashga qodirlik”, “aniqlashga imkon berish”) – tegishli sohalarda mavjud muammolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash, nuqson va muammolarni bartaraf qilish yo‘li, usul va tamoyillarini o‘rganish. Diagramma (yun. “diagramma” – chizma, rasm, shakl) – chiziqli kesmalar shaklida ifodalanuvchi turli miqdorlar o‘rtasidagi munosabatni tasvirlovchi chizma, grafik tasvir. Pedagogik diagnostikada diagrammaning bir nechta turi qo‘llaniladi. Ular: Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling