Raxmatova xayrixon ashiraliyevna
Download 1.23 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi
Test metodi. Zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostikada test metodi ham faol qo‘llanilmoqda. Maxsus testlar o‘quvchi duch kelayotgan muammolarni aniqlash yoki unda muayyan sifat (masalan, kreativlik sifatlari)ni shakllantirishga yordam beradi (bu kabi maxsus testlar sirasida E.P.Torrensning “Tugallanmagan rasmlar” testini kiritish mumkin).
Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish, o‘rganish) – o‘rganilayotgan o‘quvchining aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlarini aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish yoki sinov usuli. Uning ahamiyati respondentning muayyan soha bo‘yicha nazariy bilimlarini, qobiliyati, psixologik-fiziologik, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanganligi, ma’lum faoliyat ko‘nikma, malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlashga xizmat qilishida ko‘zga tashlanadi. Test o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat bo‘ladi: ochiq turdagi savollar (batafsil javob berish imkonini beradigan savollar); yopiq turdagi savollar (“ha” yoki “yo‘q”, “ijobiy” yoki “salbiy” tarzdagi Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. Наманган: НамДУ, 2014. – 14-б. javoblarga asoslanadigan savollar); to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (to‘g‘ri deb topilgan javob varianti belgilanadi). Mazkur usul quyidagi afzalliklarga ega: nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; bilim darajasini xolis baholash imkonining mavjudligi; bir vaqtda ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi; natijalarning o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi; barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi44. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling