Raxmonova munojat yo’ldashboy qizining bo’lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish


Shaxs kreativ faoliyati mouiyatini erituvchi test turlari


Download 1.29 Mb.
bet13/15
Sana09.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1471372
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
427 RAXMONOVA MUNOJAT YO’LDASHBOY QIZINING

Shaxs kreativ faoliyati mouiyatini erituvchi test turlari

  1. Pedagogning kreativlik potensiali-o’qituvchining ijodkorligi u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondoshuvida aks etadi. So’nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.

Pedagogik kreativlik - pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shiningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal etishdir.
Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Ushbu sifat shaxsning o`z-o’zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo’ladi.
Kreativ potensial bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bogliq.Pedagogning kreativ potensiali an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo’ladi, yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati;

  • bir qolipda fikrlamaslik, o’ziga xoslik;

  • tashabbuskorlik,noaniqlikdan qochish;

  • zakovatl pedagog kreativlik potensialiga ega bo`lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur:

  • kasbiy faoliyatiga ijodiy yondoshish, yangi-yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilgor pedagogik yutuk va tajribalarni mustaqil o’rganish, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar haqidaida fikr almashish;

Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo`lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy- tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o`zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.
Pedagog o`z-uzidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o`z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni taxlil qilish, shiningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
E.P.Тоppensning “Тugallanmagan rasmlar testi bilan ishlash.Boshlang’ich sinf o’qituvchisi rasmli testlarni bolalar bila ko’radi, mazmunan ifodalariga qisman to’xtalib, bolalarni ijodiy fikrlasjiga ko’mak beradi.Bolalar quyidagi rasmlarda nimalar ifodalangan va u nima bo’lishi mumkin?


Xulosa
Respublikamizda boshlang’ich sinf o‘qituvchi-pedagog kasbining o‘ziga xos etnopedagogik fazilatlari, xislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Kompetentlik tushunchasi nafaqat aniq bilim va ko‘nikmalar, balki aniq strategiya, mos emotsiya va munosabat, xuddi shiningdek, butun bir tizimni boshqarish mexanizmi mavjud ekanligi talab etiladigan murakkab amaliy masalalarni hal etish bilan bog‘liq.
Kompetentlik - deganda ko‘pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlar nazarda tutiladi.
Demak, kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim, malaka va ko‘nikma tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning yo‘naltirilganligi, muammolarni xis qila olishi, sinchkovlikni namoyon qila olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo‘lishi kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’limda yangi tadqiqot yo‘nalishi bo‘lgan kompetentli yondoshuvning paydo bo‘lishi hamda xorijiy pedagogik va metodik manbalarda «kompetentlik» va «kompetensiya» tushnchalari 1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshlarida paydo bo‘ldi va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga keng kirib bordi. Pedagogik kompetentlikning tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi ko‘p jihatdan o‘qituvchi-pedagogning shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchi-pedagogning ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilish va xulosalarni beradi:

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling