Raxmonova yorqinoyning


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1708992
  1   2   3   4   5
Bog'liq
22.50-gurux RAXMONOVA YORQINOYNING -PSIXOLOGIK TRENING FANIDAN-.GSPT (SOTSIAL-PSIXOLOGIK TRENING) PSIXOLOGIK TRENING FANIDAN



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIMI 
Amaliy psixologiya yo’nalishi 
22-50 -guruh talabasi 
 
RAXMONOVA YORQINOYNING 
Psixologik trening fanidan 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. 
 
2. 
 
3. 
 
 
 
M U S T A Q I L 
ISHI 


SPT (SOTSIAL-PSIXOLOGIK TRENING) 
PSIXOLOGIK FAOLYATDA GURUHIY FAOL 
USUL SIFATIDA 
Reja: 
1.Ijtimoiy psixologik goyalarning antik davr faylasuflari tomonidan 
urganilishi. 
G‘arbda sotsial psixologik g‘oyalarning o‘rganilishi. 
3.Sobiq Ittifoq psixologlarining sotsial psixologik g‘oyalarning 
o‘rganilishi 
4.Sharq mutafakkirlarining sotsial psixologik g‘oyalari tahlili 
5.XULOSA 
6.Foydalangan adabiyotlar 


1. Dastlabki ijtimoiy-psixologik tasavvurlar va ularning namoyon bo‘lishi 
Sotsial psixologiyaning fan sifatidagi tarixi uning ijtimoiy-psixologik qarashlar yoki 
ijtimoiy-psixologik tafakkur tarixidan anchagina yoshdir. Chunki insoniyatning 
birgalikda yashash, mehnat qilish, bir-biriga ta’sir ko‘rsatishga intilishi, ehtiyoji 
qanchalik qadimiy bo‘lsa, ijtimoiy tafakkur, odamlarning bir-birlariga o‘zaro 
hamjihatlik ko‘rsatishga bo‘lgan moyilligi va istaklari ham shunchalik qadimiydir. 
Ikkinchi tomondan qadimgi tarixdan bilamizki, odamlar turli marosimlar, aqidalar, 
an’analarni ham ma’lum ma’noda o‘zaro munosabatlarni tartibga solish, 
hamkorlikda mehnat qilish va bir-birlarini turli balo-qazolardan muhofaza qilish 
yo‘llarini o‘ylab topganlar. Qaysi bir xalq udumi yoki qadimgi an’anasini olmaylik, 
unda jamoaviylik psixologiyasi hukm surishini yaxshi bilamiz. Unda eng avvalo 
ahloq normalarining shakllanishi uchun real asoslar mavjuddir. Masalan, 
turkistonliklarning ko‘plab udumlari, masalan, to‘y-maraka qilish va unda 
ommaning to‘planishi, xashar yo‘li bilan biror inshootni bitirish va unda barcha 
mehnatga layoqatli odamlarning jam bo‘lib to‘planishi kabi yuzlab udumlar qadimiy 
bo‘lib, unda muayyan ma’noda jamoa bo‘lib yashash va hamkorlikning ahloqiy 
mezonlari namunasidir. Aynan shu kabi udumlar ijtimoiy-psixologik tafakkurning 
paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Shu bois ham ijtimoiy-psixologik 
tafakkur tarixi bilan sotsial psixologiya ning fan sifatidagi tarixida muayyan 
umumiylik va farqlar mavjud. 
Professor G.M.Andreyevaning yozishicha, sotsial psixologiya ning fan sifatida 
shakllanish tarixini belgilash shuning uchun ham mushkulki, u bir vaqtning o‘zida 
bir necha fanlar tarixiy rivojlanishiga aloqador bo‘lib, qaysi biri ko‘proq bu 
jarayonning mohiyatini belgilashini bilish qiyin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 
sotsial psixologiya ning fan sifatida oyoqqa turishiga ko‘plab nazariy yondashuvlar 
turtki bo‘ldi. B.Pariginning fikricha, ijtimoiy-psixologik g‘oyalar dastlab boshqa fan 
sohalarida shakllanib oldi va so‘ngra mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi uchun 
zamin yaratdi. Gap bu o‘rinda uning falsafiy qarashlar doirasida shakllanishi 
to‘g‘risidadir. Ushbu jarayondagi bo‘linish yoki ajralib chiqish asosan falfasadan 
psixologik va sotsiologik nazariyalarning ajralib chiqishi hisobiga sodir bo‘ldi,


desak bo‘ladi. Shu nuqtai nazarni yoqlagan olimlardan O.Klaynberg va G.Olportlar 
ham ijtimoiy-psixologik g‘oyalar tarixi qadimgi grek falsafasiga, xususan, Platon 
g‘oyalaridan, va nafaqat Platon, balki Aristotel g‘oyalaridan boshlanganligini 
ta’kidlaydilar. Falsafaning yangi davrida paydo bo‘lgan olimlardan Gobbs, Lokk, 
Galvetsiy, Russo, Gegellarning jamiyat va shaxs o‘zaro munosabatiga oid 
qarashlarida ham olimlar ta’kidlagan sof ijtimoiy-psixologik nuqtai nazarlarning 
shakllanganligini ta’kidlash mumkin. 
Agar yuqoridagi allomalar asarlarida falsafa doirasida ijtimoiy-psixologik qarashlar 
mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bevosita fan sifatida Sotsial psixologiya ning o‘z predmetiga 
ega bo‘lish tarixi yanada diqqatga sazovordir. 
Bu davrda sotsial psixologiya ning rivojiga umuman jamiyatda sodir bo‘layotgan 
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar sabab bo‘ldi. Masalan, XIX asrning 
o‘rtalariga kelib qator Yevropa mamlakatlarida sanoat va savdo-sotiqning 
rivojlanishi davlatlararo iqtisodiy aloqalarning keskinlashuviga, shu asnoda millatlar 
va xalqlararo munosabatlarning tig‘izlashuviga olib keldi. Bu o‘z navbatida 
tilshunoslikning rivoji va xalqlar psixologiyasining shakllanishiga olib keldi. Lekin 
tilshunoslik fani o‘z imkoniyatlari darajasida turli xalqlar o‘rtasidagi muomala va 
muloqotning samarali yo‘llarini belgilash, odamlarning samarali hamkorligini 
ta’minlashga ojiz edi. 
Aynan shunday shu davrga kelib antropologiya, etnografiya, arxeologiya sohasida 
ham qator muvaffaqiyatlar qozonila boshlandiki, ular ham qo‘lga kiritgan noyob 
natijalarni sotsial psixologiya siz aniq ta’riflay va tavsiflay olmadi. Masalan, aynan 
shu davrda ingliz antropologi E.Teylor ibtidoiy jamoalarning madaniyatiga oid, 
amerikalik etnograf va arxeolog L.Morgan hindularning turmush tarzi, fransuz 
sotsiolog va enografi L.Levi-Bryul ibtidoiy odamning tafakkur tarziga oid 
tadqiqotlarini yakunladi. Bu tadqiqotlar natijalarini to‘la tahlil etish esa muayyan 
etnik guruhlarning o‘ziga xos an’analari, urf-odatlarini bilish, bir-biri bilan 
taqqosalashni taqozo etdi. Bundan tashqari, kapitalistik munosabatalar jamiyatda 
muayyan kriminal guruhlarning ham paydo bo‘lishi ularning xulq-atvoriga xos 
psixologik qonuniyatlarni ochish, jinoyatchilikning ko‘p holatlarda uyushgan guruh


tomonidan sodir etilgani sababli, shunday guruhning psixologiyasini o‘rganishni 
talab etdi. Shu bois ham amerikalik psixolog T.Shibutani haqli ravishda 
ta’kidlaganidek, ayrim fan vakillarining o‘z muammolarini hal qila olmayotganligi 
Sotsial psixologiya ning mustaqil fan tarmog‘i sifatida bo‘linib chiqishiga zamin 
yaratdi (T.Shibutani, 1999). 
Ikkinchidan, XIX asrning o‘rtalariga kelib, shu paytgacha alohida individ 
psixologiyasini 
o‘rganib 
kelayotgan 
psixologiya 
fanida, 
ayniqsa, 
uning 
patapsixologiya tarmog‘ida ayrim noyob tadqiqotlar o‘tkaldiki, ularda individ 
xulqini uni o‘rab turgan insonlar va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va 
hamkorlik, o‘zaro ta’sirlarsiz tasavvur qilib bo‘lmay qoldi. YA’ni, shaxsning xulq- 
atvorini tushuntirishda uni o‘rab turgan odamlarning ta’siri ham borligini tan 
olmaslik mumkin bo‘lmay qoldi. Lekin ayni shu davrda bu umumiy psixologiyaning 
ayrim masalalarigagina xos, degan tasavvur doirasida shunday xulosalarga kelingan 
edi. 
Bundan tashqari, sotsiologiyaning o‘zi XIX asrning o‘rtalarida o‘z taraqqiyotining 
rivojida shunday darajaga erishdiki, bu ishlar fransuz pozitivist faylasufi O.Kont 
nomi bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy jarayonlarning psixologik, aniqrog‘i, biologik kelib 
chiqishiga (G.Spenser) bo‘lgan qiziqish ijtimoiy mavjudlikka psixologik yondashuv 
orqali baho berish zaruratini keltirib chiqardi. 
Diadaning cheklangan ekanligini tushungan boshqa sotsiologlar, masalan, 
amerikalik L.Uord, F.Giddings kabilar ijtimoiy xulqni jamoaviy psixika fenomeni 
orqali tushuntirishga urindilar. Ularning ta’kidlashicha, dastlabki ijtimoiy fakt 
alohida individning ongiga emas, balki u mansub bo‘lgan “qavmning 
psixologiyasi”ga aloqadordir. YA’ni, ijtimoiy fakt – bu mohiyatan ijtimoiy tafakkur, 
aqldir. Uni jamoa yoki jamiyat psixologiyasi o‘rganishi kerak. Ular bu o‘rinda 
sotsiologiyani nazarda tutganlar. 
Sotsiologiyaning “psixologiyalashuvi” sotsial psixologiya ning predmetini 
aniqlashda juda qo‘l keldi, desak bo‘ladi, chunki aynan shunday yondashuv 
sotsiologiyadagi psixologik yo‘nalishni ta’minlash bilan bir qatorda sotsial 
psixologiya ning o‘zini ham alohida fan sifatida tug‘ilishiga asos yaratdi. YA’ni, 
motivlarini 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling