bn k2 k1 E R ( 1 T1- 1T2) ni hosil qilamiz. Bundan E R(T2T1) T2 – T1 bn k2k1 Ba’zi-bir reakstiyalarda tajribada olingan ma’lumotlar lnk –1T koordinatasida egri chiziq beradi, bu tezlik konstantasini haroratga qarab o’zgarishi Arrenius qonuniyatidan chetlanishni ko’rsatadi. Aktiv to’qnashishlar nazariyasi. Aktiv to’qnashishlar nazariyasi. Kimiyoviy reaksiyalarda qanday qilib yangi moddalar hosil bo’lishni tushuntirib berishga bag‘ishlangan nazariyalardan biri–aktiv to’qnashishlar nazariyasidar ( S. Arrenius). Bu nazariyaga asosan, kimyoviy o’zgarishlar bo’lishi uchun har qanday to’qnashish kifoya emas ekan. Balki bu o’zgarishlar faqatgina aktiv zarrachalar orasidagini va ularni har fazoda o’zaro bir-biriga nisbatan ma’lum joylashganidagina ro’y berishi aytiladi. Zarrachalar (molekula, atom va x.k.) orasida reaksiya sodir bo’lishi uchun ular ortiqcha minimal energiyaga (aktivlanish energiyasi deb ataladi ) ega bo’lishlari lozim. Bu nazariyaga muvofiq dastlabki moddalarni mahsulotlarga aylanish aktiv molekulalarni to’qnashish vaqtida , birdaniga, sodir bo’ladi. Shuning bilan birga har qanday to’qnashishda kimyoviy reakstiya sodir bo’lmaydi. Arrenius “ nomal molekulyar bilan bir qatorda katta energiyaga ega bo’lgan aktiv molekulalar ham mavjud va shunday aktiv molekulalar to’qnashgandagina kimyoviy o’zaro yuz berib, kimyoviy reakstiya sodir bo’ladi” degan edi. Aktiv molekulalarda normal molekulalardagiga qaraganda ortiqcha energiya bo’lishinig sababi shuki, ularda katta kinetik energiya yoki katta tebranma energiya, yoxud yuqori energetik darajadagi elektronlar bo’ladi. Normal molekulalarning aktiv molekulalarga aylanish jarayoni aktivlanish deb ataladi. Kimyoviy reaksiyalarga olib kelgan to’qnashishlar effektiv to’qnashishlar dev=b ataladi. Kimyoviy reaksiyalarga olib kelgan to’qnashishlar effektiv to’qnashishlar dev=b ataladi. To’qnashishlarning kimyoviy reaksiyalarga olib kelish uchun bu to’qnashishlarda ma’lum minimum energiya aktivlanish energiyasi deyiladi. Demak, effektiv to’qnashishlardagina aktivlanish energiyasi ajralib chiqadi. Ma’lum minimum energiyasi bo’lgan aktiv molekulalar to’qnashgandagina aktivlanish energiyasi ajralib chiqadi va kimyoviy reakstiya yuz beradi. Bo’lar va Bol’stman qonunidan foydalanib o’zaro to’qnashishlar sonini xisoblashtenglamasini u orqali esa Arrenius tenglamasini keltirib chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |