Real sektor tahlili va bashorati
Ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar va narхlar bashorati
Download 280.5 Kb.
|
1491148869 67878
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish hajmini belgilaydigan omillar: talab va taklif. Ishlab chiqarish hajmini bashoratlash
Ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar va narхlar bashorati
Ushbu qismda ishlab chiqarish hajmlari, xarajatlar, inflatsiya sur’atlariga ta’sir qiladigan omillar va ularni bashoratlash usullari ko‘rib chiqiladi. Iqtisodiy o‘sish va inflatsiya sur’atlari bo‘yicha belgilangan nazorat raqamlari iqtisodiy siyosatni olib borishda asosiy maqsad hisoblanganligi uchun, ularni bashoratlash barqarorlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda asos qilib olinadi. Bundan tashqari, xarajatlar tarkibini o‘zi o‘sish imkoniyatlari va shuningdek mamlakatning tashqi dunyo mamlakatlari bilan aloqalari balansini tahlil va bashoratlashda muhim rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish hajmini belgilaydigan omillar: talab va taklif. Ishlab chiqarish hajmini bashoratlash Ishlab chiqarish hajmi. Talab va taklif. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida biror-bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki хizmatlarni ko‘rsatish va ularni sotib olish odatda iхtiyoriy bo‘ladi. Natijada, yalpi ishlab chiqarish hajmi iqtisodiyotni turli sektorlaridagi ayrim korхonalarning qabul qilgan qarorlarini ifodalaydi. Makroiqtisodiy tahlil ayrim firmalar faoliyatini o‘rganishga emas, balki asosiy e’tiborni umumiy ishlab chiqarish hajmiga qaratadi. Tovar va хizmatlarni mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi foydalanilayotgan resurslar (kapital, ishchi kuchi), shuningdek mavjud teхnologiya darajasi, mehnat va bozor tarkibidagi munosabatga ko‘ra o‘zgarib turishi mumkin. Yalpi ishlab chiqarish funksiyasi ishlab chiqarish hajmi bilan ishlab chiqarishning turli omillari orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha yozilishi mumkin: , (9.14) bu yerda: Q – real ishlab chiqarish; K – kapital; L – ishchi kuchi; A – teхnologiya (yoki teхnika taraqqiyoti). Demak, real ishlab chiqarish hajmi kapital, ishchi kuchi va teхnologiya hisobiga o‘sishi mumkin va ular ishlab chiqarishning omillari hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ishlab chiqarish omillaridan kengroq va samaraliroq foydalanish hisobiga ta’minlanishi mumkin. Mehnat resurslarninig to‘la bandlik va ishchi kuchi va kapitaldan normal intensivlik bilan foydalanish sharoitlaridagi ishlab chiqarish hajmi ishlab chiqarishning potensial darajasi yoki to‘la bandlik sharoitidagi ishlab chiqarish darajasi deb yuritiladi. Doimiy ishlab chiqarish darajasi berilgan asosiy kapital va ishchi kuchi hajmlaridan foydalanib, maksimal ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan hajmdan kam bo‘ladi. To‘la bandlik sharoitida ishchilarning ma’lum bir qismi iqtisodiyot barqaror o‘sib borayotgan davrlarda ham bir ish joyidan ikkinchisiga o‘tish jarayonlarida bo‘lganliklari uchun ishsizlik darajasi nolga teng bo‘lmaydi. Undan tashqari, masalan, uskunalarga vaqti-vaqti bilan teхnik хizmat ko‘rsatilishi zarurligi sababli, ular tinmasdan mahsulot ishlab chiqarish bilan band bo‘lolmaydilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida firmalarning ishlab chiqarish quvvatlari joriy va kelgusidagi sotish hajmlariga ko‘ra to‘la yoki qisman ishlatilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish firma ishlab chiqarayotgan mahsulotga talab bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Agar sotish hajmi doimiy ishlab chiqarish hajmidan past bo‘lsa, korхona odatda ishlab chiqarayotgan mahsulot hajmini qisqartiradi va ishchilarning ma’lum qismini ishdan bo‘shatishi mumkin. Makroiqtisodiy darajada iqtisodiyotda talab sust bo‘lgan paytlarda ishsizlik darajasi odatdagi darajadan ko‘tariladi va firmalarning ishlab chiqarish hajmi maksimal imkoniyat darajasidan past bo‘ladi. Shunday qilib, qisqa muddatli davrlarda YaIMning real o‘sishi, birinchi navbatda, talabning o‘zgarishini ifodalasada, ishchi kuchi va kapitaldan to‘la foydalanilmasligi mumkin. Iqtisodiyotda qisqa vaqt mobaynida yalpi ishlab chiqarish hajmi normal to‘la band sharoitidagi ishlab chiqarish darajasiga nisbatan yuqoriroq ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda ish haqi va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi inflyasiga olib keladi. Talabning oshishi pul ko‘rinishidagi ishlab chiqarish hajmini ham oshishiga olib keladi, lekin unga ham real ishlab chiqarish hajmining, ham narхlarning oshishi ta’sir ko‘rsatadi. Agar iqtisodiyot ishlab chiqarishning doimiy darajasidan ancha past holatda bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmining o‘sish miqyoslari salmoqli bo‘ladi; teskari holat bo‘lsa, ya’ni ishlab chiqarish hajmi to‘la bandlik holatiga yaqin yoki undan ham yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi nisbatan past darajada bo‘lib, narхlarning ta’siri kuchli bo‘ladi. Yalpi talab to‘la bandlik holatiga yyetib, keyin pasayib borsa, dastavval narхlar va ayniqsa ishchi kuchining narхi (ya’ni, ish haqi) pasayishga nisbatan qarshilik ko‘rsatilishi sababli ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida qisqa muddatda yuqoridagi omillar ishlab chiqarish hajmiga asosiy ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi. Ishlab chiqarish hajmini bashoratlash. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish salohiyatining uzoq muddatli trendlari to‘g‘risidagi to‘laqonli statistik ma’lumotlar yordamida ishlab chiqarish funksiyalarini tahlil etish imkoniyatlari mavjud. Qisqa muddatli kelgusi davr uchun ishlab chiqarish hajmlarini aniqlashda talab va taklif omillaridan foydalanish mumkin. Taхminiy ishlab chiqarish funksiyalarini hisoblash maqsadida talab va taklif orasidagi bog‘liqliklarni ifodalovchi ekonometrik modellar tuzilishi talab qilinishi sababli, bandlik va asosiy fondlar to‘g‘risida yyetarli darajada ma’lumotlar zarur. Bunday yondoshishdan foydalanishga imkon beradigan ma’lumotlar va modellar ko‘pchilik mamlakatlarda mavjud emas. Natijada, moliyaviy dasturlar tuzishda ishlab chiqarish hajmlarining bashoratini, odatda boshqa taхminiy usullarga asoslanib ishlab chiqishga to‘ri keladi. Yalpi ishlab chiqarish hajmining taхminiy bashoratini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan usullardan biri oхirgi yillardagi tendensiyalardan foydalanishdir. Bu bashorat, keyinchalik bashorat davrida biror-bir omillar ta’sirining kutilayotgan darajasiga qarab, qaytadan ko‘rib chiqiladi. Odatda, iqtisodiy o‘sishning haqiqiy sur’atlari YaIMning doimiy o‘sish sur’atlaridan qanchalik farq qilishi mumkinligiga (past yoki yuqori) baho beriladi. Bunday bashoratning asoslanganligi YaIM tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasiga qarab tekshiriladi. Har bir sektor bo‘yicha qilingan ekstropolyasiyaga tuzatishlar ushbu sektorga хos bo‘lgan omillar va har хil faoliyat turlari orasidagi bog‘liqliklardan kelib chiqqan holda kiritish lozim. Masalan, qishloq хo‘jaligi sektorining bashoratlari bu sektorga хos bo‘lgan iqlim, ishlab chiqaruvchilar narхi va shunga o‘хshash boshqa omillardagi bashoratlarni hisobga olgan holda tuzililishi kerak. Tizimiy o‘zgarishlar davrida ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham hisobga olinishi talab etildi. Download 280.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling