Recept: zuvala hamir uchun: ta tuhum,800gr suv,ta`bga ko`ra tuz. 1kilo ot goshti,1 kilo mol goshti,zira. 600gr yog`.


Download 1.74 Mb.
bet4/15
Sana09.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1476474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
uzbek milliy taomlari

Majlis odobi. Majlisga yig'ilgan odamlar huzurida odobli bo'lib, o'zingizga loyiq bo'lgan o'rinlarda o'tiring. O'tirgan vaqtingizda bir tarafga qarab og'ishmang. Majlisda biror odam gapirayotgan bo'lsa, uning so'zini yaxshi tinglang. Sababsiz kulmang. Izdihomda aytish mumkin bo'lmagan so'zlarni so'zlamang. Ulfatda bo'lganlarning hurmatlarini bajo keltiring. 
Majlisda takabburlik qilgan, o'zini maqtagan kishini xalq sevmaydi. Shuning uchun mehmondorchilikda o'zingizni yuqori ko'rsatib, kekkayib o'tirmang. 
Yuz va ko'z odobi. Yuz ko'ngilning yumshoq yoki qattiq bo'lganini ko'rsatuvchi ko'zgudir. Shuning uchun har vaqt yuz odobiga e'tibor bering. Sozlashgan vaqtingizda yuzingizni chetga burmang. Ko'z qiri bilan qaramang, qayg'u-hasratli kishiga kulub qaramang, shod ko'ngilli kishining yuziga esa qovog'ingizni solib boqmang. O'rtoqlaringiz bilan o'tirganingizda ular bilan ochiq yuzda muomila qiling. Ularning kayfiyatlarini buzadigan darajada so'rrayib, xo'mrayib o'tirmang. Ko'z odobida har narsani qanoat ko'zi bilan ko'ring, hech kimga hasad qilmang. Hech kimga qattiq, bepisand, behurmat tikilmang. 
Taom yeyish odobi. Ovqat eyish oldidan albatta qo'lingizni yuving va yazshilab arting. Yoshi sizdan katta kishilar bo'lsa, ulardan yuqoriga chiqib o'tirmang. Ovqatlanayotgan vaqtingizda odobga rioya qilib o'tiring. Ochko'zlik qilib, ko'p eyishga odatlanmang. Ko'p ovqat eyishga odatlanmang. Ko'p ovqat eyish salomatlikka zararli ekanligini yaxshi bilasiz. Yaxshi pishmagan emishlarni emang, yoz kunlarida yog'li ovqatlar eyishdan saqlaning. Vaqti-vaqti bilan ovqatlanishga odatlaning, ovqatga maylingiz bo'lmasa, o'zingizni zo'rlab ovqatlanmang. Ovqatlanganingizdan keyin olma, anor, uzum kabi mevalar va turli sabzavotlarni iste'mol qiling. 
Biror joyga ziyofatga chaqirilsangiz, belgilangan vaqtda boring. Ziyofatga chaqirilgan kishiga salom erib, shodlik va muloyimlik bilan ko'rishing. Mumkin qadar o'zingizga munosib bo'lgan kishilar yoniga o'tiring. Otirish va taom eyish odatlariga rioya qiling.Sizga keltirilgan taom moboda yoqmasa, u taomni sevmaganingizni bildirmang. Qo'yilgan ovqatlarning yazshi ovqat emasligidan so'z ochmang. Garchi sevmagan taomingiz bo'lsa ham oz-ozdan dasturxon va mezbon hurmati uchun totinib turing. 
Ziyofat tamom bo'lgandan so'ng mezbonga rahmat aytib, minnatdorchiligingizni bildirganingizdan keyin xayrlashib jo'ning. Ziyofatga borganingizda avvalgi kishining ziyofatida qo'yilgan taomlarning ozligi yo bemazaligidan aslo og'iz ochmang. Chaqirilmagan yerga bormang. 
Xalqda: "Aytmadi deb aytma, aytgan joydan qaytma", degan naql bor. Siz albatta ushbu taomilga rioya qiling.
Yuqoriga qaytish



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling