«Длина» - Uzunlik bandi birinchi kesmada ma`lum bir (a) masofa qiymatini, so`ng ikkinchi kesmada ma`lum bir (b) masofa qiymatini kiritishni talab etadi. (Chizmaga qarang)
« Угол» - Burchak bandi esa birinchi kesmada ma`lum bir masofa qiymatini kiritishni, so`ng esa shu kesmaga nisbatan faskaning ma`lum bir (L0) burchak qiymatini kiritishni nazarda tutadi.
Yuqoridagi tanlangan bandlar asosida shartlar bajariladi.
Sichqoncha ko`rsatkichi ob`yektlarni tanlash rejimiga o`tadi.
Birinchi va ikkinchi ob`yektlar sichqoncha yordamida tanlanadi.
Сопряжение – Tutashma berish buyrug`i
Tahrirlash buyrug`i faska singari ob`ektlarni ma`lum bir radius qiymati asosida tutashtirishni nazarda tutadi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Tahrirlash panelidagi «Сопряжение» - Tutashma buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Ekranga «Выберите первый отрезок или ↓» - Birinchi kesmani tanlang yoki ↓ axboroti chiqadi.
K laviaturadan ↓ ko`rsatkichi yordamida qo`shimca axborot menusi chaqiriladi.
Undagi asosiy tahrirlash bandlari «Радиус» - Radius va «Обрезка» - Kesib olish bandlaridir.
«Радиус» - Radius bandi tanlanib kerakli qiymat klaviaturadan kiritiladi va “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanadi.
E kranga yana «Выберите первый отрезок или ↓» - Birinchi kesmani tanlang yoki ↓ axboroti chiqadi.
Agar tutasma bajarilishidan so`ng ob`yektlar ham tahrirlanib ortiqcha qismlari kesib olinishi lozim bo`lsa, qo`shimcha axborot oynasi chiqariladi va endi «Обрезка» - Kesib olish bandi tanlanadi.
Ekanga «Режим обрезки» - Kesib olish rejimi axboroti chiqadi. Unda «С обрезкой» - Kesib, «Без обрезки» - Kesmasdan shartlari mavjud. Kerakli shart tanlanadi. Ekranga yana «Выберите первый отрезок или ↓» - Birinchi kesmani tanlang yoki ↓ axboroti chiqadi. Sichqoncha ko`rsatkichi esa ob`yektlarni tanlash rejimiga o`tadi.
Tutashtiriluvchi ob`yektlar tanlanadi. Tutashma hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |