Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
140
– O’zini qo’lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir;
– Bunday xislatlarni jamiyat xohishi bo’yicha bolalarga singdirib borish;
– Olijanobligi, aql-farosatli, ma’naviy pok, ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha yuksak 
maqsadlarga mos kelishi;
Ushbu sifatlarni o’zida mujassam etgan o’qituvchi o’quvchilar bilan munosabatga 
kirishishda axloqiy mezonlarga rioya etgan holda ish faoliyatini olib boradi. 
Bugungi kunda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, pedagogik muloqot bu 
bevosita ta’lim sifatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’quvchilar o’qituvchining o’zlariga bo’lgan 
munosabatlari natijasida fanlarni o’zlashtirishga xohish-istaklari mavjud yoki mavjud 
emasligiga guvoh bo’lmoqdamiz. Bu esa o’z navbatida umumta’lim fanlarini o’zlashtirishga 
ruhiy tayyorgarlik masalasi hisoblanadi. 
Bizga ma’lumki aksariyat o’quvchilar 7 yoshda maktabda ta’lim olishga jismoniy 
jihatdan tayyorgarlikka ega bo’lishadi. Ularni umumta’lim maktablari fanlarini 
o’zlashtirishga ruhiy tayyorgarligi masalasida bir qancha muammolar ko’zga tashlanadi. 
Ya’ni ba’zan bolaning maktab hayotiga tayyor emasligi yuzaga chiqadi. Bu holatda, ta’lim 
muassasalari o’qituvchilarining pedagogik qobiliyatlari juda muhim. O’qituvchi, bolaning 
maktab hayotiga og’riq bilan emas, balki sog’lom holda kirishi uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratishi kerak. U bolaga o’zi uchun noma’lum, yangi muhitda o’zini topishga, tengdoshlari 
bilan muloqot qilishni o’rgatishiga yordam berishi kerak.
Bu holatda yana bir tomon bor - bu bolaning ota-onalari. Ular o’qituvchiga ishonishlari 
va agar o’qituvchi va ota-onalar o’rtasida kelishmovchilik bo’lmasa, bola maktabga juda 
oson moslashadi. 
O’qituvchining qobiliyati va sezgirligi, shuningdek, ota-onalarning aql-idrok hatti-
harakatlari bolani tarbiyalash va maktab hayotini oson va quvonchli qilish uchun barcha 
qiyinchiliklarga barham berishi mumkin.
Pedagogik muloqot - pedagogik ta’sirning ajralmas sifatidir. Bu o’qituvchi va 
o’quvchining ta’lim-tarbiya jarayonidagi professional muloqoti bo’lib, unda ma’lumot 
almashinadi va o’quvchilarga o’quv- tarbiyaviy ta’sir o’tkaziladi. Bunda ikki yoqlama 
muloqot yuzaga kelishining asosi sifatida o’zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog 
o’quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi. O’quvchilar 
ham o’qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadilar. Bu pedagogik ta’sirning samarali 
yo‘li bo‘lib, tajribali pedagoglar bolaning o‘z-o‘zini hurmatlashiga asoslangan holda 
munosabatlarni tashkil etadilar va shu orqali o’zaro munosabatlarni amalga oshiradilar[2]. 
Ta’lim jarayonida o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatlarida muammolar 
yuzaga kelganda o’qituvchining ijodiylik fazilati ko’zga tashlanadi. O’qituvchining 
ijodiyligi o’quvchilar bilan munosabatlarda ifodalanadi. Har bir pedagog o’quvchilar bilan 
hamda ularning ota-onalari bilan munosabatga kirishishlarida o’quvchilar va ularning 
ota-onalarining yosh va individual-psixologik xususiyatlariga ahamiyat bergan holda
muloqotning turli xil shakllaridan foydalanishlari lozim.
Demak, ta’lim sifatini oshirishda o’qituvchi-o’quvchi munosabatlari ham asosiy rol 
egallashlarini inobatga olgan holda o’qituvchilarga quyidagi tavsiyalarni berish maqsadga 
muvofiq deb hisoblaymiz:
– O’qituvchi muloqot madaniyatiga oid bilimlarni egallagan bo’lishi va amaliyotda 
qo’llay olishi zarur;
– Pedagogik ta’sir usulining o’quv jarayoni maqsadlariga muvofiqligiga ahamiyat 
berishi lozim;
– Har bir sinf o’quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan 
holda pedagogik muloqot jarayonini tashkil etish lozim;



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling