Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
139
Rasulova D.R.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi
Tayanch so’zlar: ta’lim, tarbiya, axloqiy mezonlar, pedagogik muloqot, o’qituvchi burchi, 
ta’lim quvonchi.
Ключевые слова: образование, воспитание, этические критерии, педагогическое обще-
ние, педагогический долг, радость образования.
Key words: education, upbringing, ethical criteria, pedagogical communication, teacher duty, 
joy of education.
O’QITUVCHI VA O’QUVCHI MUNOSABATLARINING
AXLOQIY MEZONLARI
МИЛЛИЙ ИДЕЯ ҲӘМ РУЎХЫЙЛЫҚ 
ТИЙКАРЛАРЫ, ТАРИЙХ, ФИЛОСОФИЯ
O’qituvchilar ta’lim va tarbiyaviy ishlar orqali o’quvchilarga ta’sir ko’rsatadi. Ushbu 
ta’sir tufayli o’qituvchi o’ziga xos ishonch, g’amxo’rlik va obro’li mavqega ega deb 
hisoblanadi. Bu esa o’qituvchilarning halollik, mas’uliyat va professionallik kabi yuqori 
standartlarga rioya qilishini nazarda tutadi. Aksariyat o’qituvchilar o’z burchlari va kasbiy 
ma’suliyatlarini tushunib, o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarida axloqiy mezonlarga 
rioya etishadi. Ayrim o’qituvchilar o’z kasbiy ma’suliyatlarini anglab yetgan bo’lsalar-da, 
kasbiy chegaralarning ochiq va doimiy ravishda buzilishi o’quvchilar bilan o’rnatiladigan 
ijobiy munosabatlarga xavf tug’diradi.
Buyuk mutafakkirimiz Abu Ali ibn Sinoning fikricha, “O’qituvchi matonatli, sof 
vijdonli, rostgo’y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam 
bo’lmog’i lozim. O’qituvchi o’quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o’rganib, uning 
aql qatlamlariga kirolmog’i lozim. Ushbu fikrlar ham bugungi kunda o’z dolzarbligini 
yo’qotmasdan, ta’lim muassasalari o’qituvchilari ega bo’lishlari lozim hisoblangan shaxsiy 
xislatlarini o’zida mujassam etgan.
Ta’lim muassasalari o’qituvchilarining shaxsiy sifatlarining asosiysi bu o’quvchilarga 
bo’lgan mehribonlikdir, shuningdek o’qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari qatoriga 
quyidagilar kiradi:
– O’qituvchining o’z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik 
ruhida tarbiyalash istagi;
– O’z yurti, ona tili, o’z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatning 
mustaqilligi g’oyasida yashashi;
– Ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etish;



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling