Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
79
Akramova X.S.
JDPU Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri, dotsent
Safarov M.
Maxsus pedagogika, Defektologiya (Logopediya) mutaxassisligi magistranti
YORDAMCHI MAKTABDA TA’LIM JARAYONINI
RIVOJLANTIRISHNI O`ZIGA XOSLIGI
Tayanch so`zlar: tuzatish-pedagogik va davolash-sog’lomlashtirish tadbirlari, aqliy zaif bolalar, 
pedagoglar, psixologlar.
 Ключевые слова: коррекционно-педагогические и лечебно-оздоровительные мероприя-
тия, умственно отсталые дети,педагоги, психологи.
Key words: correction-pedagogical and treatment-wellness activities, mentally retarded 
children,educators, psychologists.
Maxsus maktabda ta’lim-tarbiya ishlari va unga qo’yilgan davr talabi o’quvchilarning 
psixologik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash, ularni. mehnatga, hayotga tayyorlashni 
ko’zda tutadi. 
Maxsus maktabda ta’limning mazmuni ta’lim va tarbiyaning-maqsadi bilan uzviy 
bog’liq bo’lib, o’quv rejalarida, dasturlarida va darsliklarida ochib beriladi. Ta’limning 
mazmuni hozirgi darajaga yetguncha o’ziga xos taraqqiyot davrlarini bosib o’tgan. 
Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko’tarish, nazariy 
bilimlarni hayot bilan bog’lab olib borish, aqli zaif bolalar nuqsonlarini tuzatish va boshqa 
qator masalalarni rivojlantirish borasida ko’p ishlar qilinmoqda.
Maxsus maktablardagi darsga qo’yiladigan asosiy didaktik talablardan biri uning 
tuzatish tarbiyalash yo’nalganligidir. Bularning hammasi o’qituvchining ishni shunday 
rejalashtirishini taqoza etadiki, bunda sinf bilan frontal ishlashda har bir o’quvchining 
individual ikoniyatlari hisobga olinsin. Bunda individual yondoshish va o’quvchilarga 
differentsial munosabat, ularning imkoniyatlariga tayangan holda, darsdagi frontal ishga 
hamma bolalarni jalb etishga qaratiladi.
Yordamchi maktab, yordamchi maktab-internatlar, aqli zaif bolalar bog’chalarida barcha 
ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiruvchi, tashkil yetuvchi o’qituvchi, tarbiyachilar - 
oligofrenopedagoglar deb yuritiladilar.
Oligofrenopedagoglar o’qituvchi, tarbiyachi, ilmiy bo’lim mudiri, tarbiyaviy ishlar 
bo’yicha direktor o’rinbosari, direktor vazifalarida ishlashi mumkin. Oligofrenopedagog 
ishi maorif vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan nizom asosida belgilanib, yosh avlodga 
tarbiya, umumta’lim fanlaridan bilim berish hamda mehnat tayyorgarligi berishni kuzda 
tutadi. 
Oligofrenopedagog o’quvchilarni atroflicha pedagogik o’rganish asosida butun ta’lim-
tarbiya ishlarini rejalashtiradi, aqli zaif o’quvchilarning jismoniy va ruhiy nuqsonlarini 
tuzatadi, ularning harakat sistemalarini to’g’rilab boradi, bilish faoliyatlarini shakllan-tiradi 
va shular asosida o’quvchilarda xarakter va madaniy xulq-atvor normalarini tarbiyalab 
boradi. U aqli zaif bolalarning ota-onalari, jamoatchilik bilan ham tarbiyaviy ishlarni 
amalga oshiradi.
Maktabni bitirib ketgan hamma o’quvchilar bilan muntazam aloqa bog’lab katamnesik 
ma’lumotlar yig’ib boradi. Ularning ishga joylashishlariga yordam beradi. Ilg’or pedagogik 
tajribalarni o’rganib, ommalashtirib boradi.
Oligofrenopedagoglar maorif tizimida ishlayotgan barcha pedagoglar foydalanadigan 
huquqlardan foydalanadilar. Nuqsonli bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling