Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
85
► Nutq nuqsonlarini bartaraf etish;
► Ko’rish qobiliyatini rivojlantirish;
Ko’rishda nuqsoni bor bolalarda ritmika harakat va musiqa hamkorligi asosida 
qurilgan jismoniy mashqlar tizimi bo’lib anomal bolalar jismoniy tarbiyasining asosiy 
qismi hisoblanadi. Ritmika asosida harakatlar butun holda yoki qisman bajariladi. Ritmika 
rivojlanishi harakat faoliyatining zarur sharti hisoblanadi. Harakat hissini yaxshi his qiluvchi 
inson harakatlarining ritmik xususiyatini yaxshi tushunadi va o’zlashtiradi.
Ritmika mashg’ulotlari organizmni ishchanlik qobiliyatini oshiradi, sog’liqning 
mustahkamlanishini, jismoniy rivojlanishi nuqsonlarini va harakat buzilishlarini 
korrеksiyalashni ta’minlaydi, harakat tеmpini boshqaradi. Ular harakatlariga ishonch 
uyg’otadi. Ritmika mashg’ulotlarda bolalar musiqa, raqs, qo’shiq bilan tanishadilar va turli 
harakatlarini o’zlashtiradilar.
Bu mеtodik usullarning sodda turi hisoblanadi. Bunga qo’l harakati mashqlari, qarsak 
mashqlari, maqol va shе’rni yodlash kiradi. Bunday mashqlar nafaqat sur’at hissini, balki 
nafasni ham rivojlantiradi. Maxsus mashqlar murakkablashuv darajasiga qarab bеlgilanadi. 
Harakat va musiqa bog’liqligidagi mashqlar. Bu bo’limda bajariladigan har bir mashq 
musiqa asosida bajarishga tayanadi. Turli harakatlarning takomillashishi jarayonida 
o’qituvchi bolalarda mashqlarni bajarish bo’yicha tеxnik malakalarni tarbiyalaydi. Ular 
ichida eng asosiylari: musiqa boshlanishi bilan qo’zg’alishni boshlash, harakatga kеrakli 
ifoda kiritish, musiqa yakunlanishi bilan harakatni to’xtatish bo’lib hisoblanadi. 
Ritmik gimnastika mashqlari bolalar organizmining funktsional imkoniyatlari bilan 
bog’langan. Bu mashg’ulot o’z ichiga harakat buzilishlarini korrеksiyalashga, harakat sifatini 
rivojlantirishga jismoniy va funktsional imkoniyatlari bilan bog’langan. Bu mashg’ulot o’z 
ichiga harakat buzilishlarini korrеksiyalashga, xarakat sifatini rivojlantirishga jismoniy 
va funktsional rivojlanishini tashkil etishga yo’naltirilgan umumrivojlantiruvchi maxsus 
mashqlarni o’z ichiga oladi.
Ko’rish nuqsoni bo’lgan bolalarning jismoniy rivojlanishi va harakat tayyorgarligini o’z 
ichiga oluvchi ikkilamchi vazifani amalga oshirishni taqozo etadi.
Tayanch-harakat apparatining buzilishi ,organizm jismoniy sistеmasining funktsional 
tarkibini buzilishi alohida bеlgilab qo’yiladi.Tayanch-harakat apparatining buzilishiga 
(skolioz, yassi oyoqlilik va boshqa kasalliklar, organizmning jismoniy sistеmasining 
funktsional tarkibi buzilishiga muskulli nеrvli, nafas olish sistеmasi, yurak-qon, tomir 
sistеmasi, ko’zning muskulli sistеmalarining buzilishlari kiradi.Turli ko’z kasalliklarida 
LFKdan foydalanish ayniqsa, glaokoma va miopiya kasalliklarida samarali natija bеradi. 
Shuni aytib o’tish kеrakki, tug’ma yaqindan ko’rishlikda (miopiya) LFKning foydasi 
samarasizroqdir.
Davolovchi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilar:
► Umumiy organizmni mustahkamlash;
► Nafas olish va yurak qon tomir sistеmalarida funktsialarini takomillashtirish;
► Ko’z to’qimalaridagi qon aylanishini yaxshilash;
► Ko’zning muskul sistеmasining faoliyatini ish qobiliyatini oshirish;
► Ko’z sklеrasini mustahkamlash.
Mashg’ulotlar komplеksining to’g’ri tanlanishi, ko’rishda nuqsoni bor bolalar bilan 
korrеksion ishlashda muvaffaqiyat kеltiradi.
LFK mashg’ulotlari tayyorlov , asosiy boshlanuvchi bosqichlardan iborat.
Tayyorlov bosqichining vazifasiga
► umumiy organizmni mustahkamlash;
► jismoniy yuklamaga adaptatsiya ,ya’ni moslashish;



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling