Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Муғалим журнал 6-2 2022
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
99 asosi va manbayi hisoblanadi. Chunki narsa va xodisalarni aks ettirishning aksariyat bo’lagi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo’lmaganda edi tevarak-atrofni narsa va xodisalarni aks ettirishdan ularni bilishdan maxrum bo’lgan sanaladi. Diqqat - ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodislarga faol yo’naltirishga aytiladi. Diqaat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarida har doimiy yo’ldoshidir. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvafaqqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Subʼyekt faoliyatining biror obʼyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) Diqqat va ixtiyoriy (aktiv). Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va boshqa xususiyatlari diqqatni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy diqqatda psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu irodaviy diqqat deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy D. vositasida amalga oshiriladi. Idrok - sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning ob’yektivreallikdagi voqea- xodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to’laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-xodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo’ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir. Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki u borliqdagi ko’plab xilma-xil predmet va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan ob’yektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta’minlaydi. Ya’ni idrokning asosida narsa va xodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Xotira haqida tushuncha. Individning o‘z hayotiy tajribasini esida olib qolishi, esda saqlab turishi va keyinchalik esga tushirib turishi xotira deb ataladi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar farqlanadi: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish. Bu jarayonlar bir-biridan ajralgan holda yuzaga chiqmaydi. Ular bir umumiy jarayonning turli tomonlarini tashkil qiladilar. Xotiraning yuzaga chiqishi, rivojalanishi kishining faoliyati bilan bog‘liq. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual ya’ni shaxsiy tajribani to‘plash bilan bog‘liqdir. To‘plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoki faoliyatdan tushib qolishi uni esdan chiqarib qo‘yishga olib keladi. Tasavvur - narsa va hodisalar, holatlarni, voqelik obrazlarini eslash, shuningdek, ijodiy xayol surish jarayoni. Xotira shaklida ham namoyon boʻladi. Agar idrok hozirgi daqiqalarni aks ettirsa, Tasavvur ham oʻtmishni, ham kelajakni oʻzida mujassamlashtiradi, umumlashgan xususiyat kasb etadi. Lekin tasavvur idrokdan oʻzining muayyan darajada noaniqligi bilan farqlanib turadi. Biroq uning hissiy narsalarga qaratilgan xususiyati maʼlum turlarga ajratish imkonini beradi (koʻrish, eshitish, taʼm va hid bilish, terituyush tasavvurlari). Tasavvurda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling