Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Муғалим журнал 6-2 2022
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
96 Mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini egallash uchun o‘quvchilar ijodiy fikrlashlari, o‘z fikrlarini boshqalarniki bilan qiyoslay olishlari talab etiladi. Fikrlash jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida muloqot vaziyati yuzaga keladi. O‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish natijasida o‘quv jarayoni ishchanlik ruhiga ega erishiladi. Mantiqiy fikrlashni shakllantirish uchun, ularning shaxsiyatini hurmat qilish, qo‘llab- quvvatlash talab etiladi. Negaki, jamiyat hayotining jadal rivojlanishi yoshlarda mustaqil, mantiqiy fikrlashning shakllanganlik darajasiga bog‘liq. Yuqoridagilarga asoslangan holda o‘quvchilarda erkin mushohada qilish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish lozimligi ijtimoiy-pedagogik zaruriyat hisoblanadi. Pedagoglarning vazifasi o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik muhitni vujudga keltirishdan iborat. O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: – o‘quvchilarda ularning o‘zigagina xos bo‘lgan tahliliy nuqtai-nazarni qaror toptirish; – fikrlarni qiyoslash ko‘nikmasini qaror toptirish; – o‘quvchilarni murakkab muammolarni еchishga o‘rgatish; – dalillarga asoslangan holda bahslashishga odatlantirish; – yagona fikrga kelish uchun sinfdoshlari bilan o‘zaro hamkorlikka kirishish muhitini qaror toptirish; – o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan bilimlarning, ularda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qay darajada xizmat qilishini aniqlash. Maktab o’quvchilarini faol fikrlash jarayoniga olib kirish, muammoli vaziyatlarni hal qilishga o‘rgatish, ularda mantiqiy fikrlashni tarkib toptirish lozim. O‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish murakkab pedagogik jarayondir. Ushbu jarayon muntazamlik xarakteriga ega. O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon muayyan ilmiy-metodik va didaktik ta’minotni taqozo qiladi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: 1. O‘quvchilarda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik tizimni vujudga keltirish; 2. O‘quv-biluv jarayonida o‘quvchilarning mustaqil, mantiqiy fikrlashlari uchun pedagogik imkoniyat yaratish; 3. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan turli-tuman fikrlarni qabul qilish, ularni sinf jamoasi bilan birgalikda qiyoslash va eng to‘g‘ri fikr haqida aniq xulosalar chiqarish; 4. O‘quv-biluv jarayonida mantiqiy fikrlash muhitini yaratish va muloqotda har bir o‘quvchining faol ishtirok etishini pedagogik jihatdan ta’minlash; 5. O‘quvchilarni ular tomonidan bayon qilingan mantiqiy fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligiga ishontira olishga erishish; 6. O‘quvchilarda o‘z-o‘ziga ishonchni qaror toptirish va ular tomonidan bayon qilingan ob’ektiv fikrlarni rag‘batlantirish; 7. O‘quvchilarning o‘z mustaqil fikrlari bilan ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlarini ta’minlash; 8. O‘quvchilar tomonidan bayon qilingan fikrlarga hurmat bilan qarash lozim. Shaxsning mantiqiy fikri quyidagi xususiyatlarga ega: – mantiqiy fikrlash, savollar qo‘yish va qo‘yilgan muammoni hal qilish jarayonida boshlanadi; – mantiqiy fikrlovchi shaxs ishonchli dalillarga ega bo‘lishi kerak. Nemis olimi M.Mauerman ta’kidlashicha: “Ijodiy fikrlash - bu inson uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling