Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
45 bajarayotgandek his etadilar. Rolli o’yinlarni konkret bir vaziyatda bajaradilar. O’yin davomida ko’pchilik qatnashmaydilar. Har bir eshitishida nuqsoni bo’lgan bola o’ziga topshirilgan rolni muvaffaqqiyatli bajarishga harakat qiladi. Bu o’yin eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda mustaqillik, ongli harakatni talab qiladi. 4. Konsturuktorli o’yinlar. Bu o’yinning asosiy mazmuni qurilish konplektlari, taxta, qum, qog’oz materiallarning parchalarini qirqish, taxlash, qurish singari mehnat ko’nikmalarini hosil qilish kabilardan iborat. Konstruktorli o’yinlar asosan ikki guruhga bo’linadi: ijodiy va qoidali o’yinlar. Ijodiy o’yinlar eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar o’zlari o’yinning mazmunini, maqsadini, qoidasini topadilar. Ijodiy o’yinlarning asosini syujetli, rolli o’yinlar tashkil etadi. Ijodiy o’yinlardan yana biri bu dramatik o’yinlardir. O’yinning mohiyati hikoya va ertaklardagi voqeaning mazmunini tasvirlashdan iborat bo’lib, ulardagi badiiy adabiyotdagi personajlar tasvirlanadi. Bunday o’yinlar eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning nutq va harakatlarining ta’sirchanligini oshirishga katta yordam beradi. Qoidali o’yinlar xuddi xalq o’yinlari singari qiziqarli bo’lib, unda eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar hayoti, o’z tengqurlari va kattalarning mehnat faoliyatlarini tasvirlashga harakat qiladilar. Qoidali o’yinlar o’z xususiyatiga ko’ra didaktik va harakatli o’yinlarga bo’linadi. Didaktik o’yinlar eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning aqliy qobilyatlarini sezish organlarining mantiqiy tafakkurini o’stiradi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni erkin va mustaqil bo’lishga o’rgatadi va darslarni o’zlashtirishga ijobiy ta’sir qiladi. Faqat didaktik o’yin o’z mohiyatiga ko’ra o’yin tarzida o’tishi va dars mashg’ulotiga o’xshab qolmasligi kerak. Shundagina didaktik o’yinlar qiziqarli o’tadi va u eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda xursandlik, quvnoqlik hissini tarbiyalashga yordam beradi. Masalan, “ Alifbe ” darsligining o’rganilish davri asosan harflarni o’rgatish, harf tanishtirishdan boshlanadi. Darslikning ilk sahifalarida Oo, O’o’, Uu, Aa, Nn, Ll harflari, uning yozma va bosma shakllari berilgan1. Shu harflar vositasida quyidagi o’yin o’tkazish mumkin. Bu o’yinni “harfni esda saqlash” deb nomlashimiz mumkin. O’yinning maqsadi: Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tovushlarni to’g’ri talaffo’z qilish va esda saqlashga o’rgatish. Qo’llanmalar: Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarga tanish bo’lgan turli predmetlarning rasmlari. Shu predmetlarning nomlari bilan boshlanadigan unli harf namunalari (kartochkalar)O’yinning borishini o’yinda sinf eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarining bir gruppasi qatnashadi. O’yin boshqaruvchi (O’qituvchi yoki eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning biri) o’yinning o’tkazilishi haqida tushuncha beradi va u oldingi darsda o’rganilgan o, a, l, n harflar ishtirok etgan rasmli kartochkalarni tarqatadi. O’zida esa o, a, l, n, harflar yozilgan harflarni olib qoladi. Bir guruh eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarga oy, olma, olxo’ri, olcha, ot, ari, anor, ayiq, archa, lola, laylak, lampochka, lagan, non, nok, nina, kabi predmetlar rasmlari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi. O’yin boshqaruvchi stolga o harfli kartochkani qo’yadi. O’yin ishtirokchilari shu harfga mos rasmli kartochkani harf yoniga qo’yishadi va xo’r bilan shu predmet nomini ( oy, olcha, olma ) deb aytadilar. O’yin boshqaruvchi o harfi va predmet rasmi tasvirlangan olib qo’yadi. So’ng boshqa yangi a harfi yozilgan kartochkani stol ustiga qo’yadi: O’yin ishtirokchilari esa shunga mos rasmli kartochkani qo’yadilar. O’yin ana shu xilda davom etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling