Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
46
Agar eshitishida nuqsoni bo’lgan bola berilgan harfni rasmli kartochkadan topa olmasa, 
u o’zi rasmli kartochkani ochib qo’yadi. O’yin ishtirokchilaridan kimda kim shu harf 
bo’yicha rasm kartochkani ayta olsa, shu eshitishida nuqsoni bo’lgan bola (anor, ari kabi) 
kartochkasini hammaga ko’rsatib, keyin uni olib qo’yadi.
O’yin keyingi darslarda yangi n yoki l harflarni ko’rsatish bilan davom etaveradi. 
O’yinga 7-8 minut vaqt ketadi. Har bir darsda o’yin mashg’uloti tarzida o’tilgan unli va 
undosh harflardan o’rtacha ikkitadan takrorlash o’tkazish mumkin. O’yinni boshqaruvchi 
o’yinda ishtirok etgan eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning hisobini olib boradi. Qaysi 
eshitishida nuqsoni bo’lgan bolada to’ntarilib qo’yilgan kartochkalar soni ko’p bo’lsa, shu 
eshitishida nuqsoni bo’lgan bola o’yin g’olibi sanaladi, g’oliblar rag’batlantirib boriladi. Bu 
o’yin yangi harflarni o’rganish paytida turli variantlarda o’tkazilib turilaveradi.
“Harfni esda saqlash” o’yinning yana bir variantini ko’rib o’tamiz. Bunda o’yin predmet
rasmlari asosida bo’lmay balki eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning fotosuratlari asosida 
o’tkaziladi.
O’qituvchi O-Omon, A-Alisher, L-Lola, N-Nargiza kabi nomlar yozilgan fotosuratlarni 
ko’rsatadi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning har biri ko’rsatilgan harflarni diqqat 
bilan ko’rib oladilar. So’ngra o’qituvchi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarga tanish bo’lgan 
harflarni ko’rsatadi. Qaysi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolaning ismi yoki familiyasining 
bosh harfi ko’rsatilsa, o’sha o’rnidan turadi. 
Bu o’yin eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun juda qiziqarlidir, chunki eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalar o’qituvchidan: “Mening ismim va familiyam bilan boshlanadigan 
harflarni ko’rsating” - deb iltimos qila boshlaydi.
O’yin davomida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar kishilarning ismi va familiyasi 
qanday aytilishini, sinfdagi o’rtoqlarining ismi va familiyalarini mufassal bilib oladilar. 
O’yinga atiga 5-6 minut sarflanadi.
O’yinning III varianti esa quyidagi tartibda o’tishi mumkin:
Bunda sinfdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarining hammasi ishtirok etadi. O’yin 
uchun o’qituvchida o’tilgan harflarni eslatuvchi turli predmet rasmlari, eshitishida nuqsoni 
bo’lgan bolalarda esa o’tilgan harf namunalari maxsus konvertda bo’lishi shart.
O’qituvchi sinfdagi hamma eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarga a, i, n, sh tovushlariga 
oid rasmli kartochkani ko’rsatadi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar konvert ichidan 
chaqqonlik bilan shu predmet nomi boshlanadigan harfni olib turadi.
O’qituvchi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning harflarni qanday ko’rsatayotganligini 
ko’zatib boradi. Harflarni to’g’ri ko’rsatgan eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar o’yinni 
to’g’ri bajargan hisoblanib, ularga ochko soni yozib qo’yiladi. O’yin oxirida eng ko’p ochko 
to’plagan go’lib sanalib, u rag’batlantiriladi.
Harakatli o’yinlar o’z mohiyati bilan boshqa o’yinlardan ajralib turadi. Eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalar turli harakatli o’yin mashqlarini (sakrash, chopish, otish, o’zatish, 
irg’itish) bajarar ekanlar, ularning kelajakda sog’lom va baquvvat bo’lib yetishishlariga 
mustahkam zamin yaratadi.
Bunda asosan, tez harakat qilish oldinda bo’lish, chaqqonlik, topqirlik holatlari va 
harakatlari amalga oshiriladi. Bu o’yinlar sezish, ko’rish, nafas olish organlari, qo’l-oyoq 
muskullarining yaxshi harakat qilishi va me’yorda rivojlanishiga yordam beradi.
Demak, barcha turdagi o’yinlar eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning kattalar 
faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishga intilishlariga asoslanadilar. 
Chunki bu o’yinlar ishtirokchilarning bir-biriga do’stona va o’zaro g’amxo’r 
munosabatda bo’lishga odatlantirib boradi.
O’qituvchi didaktik o’yinlarni o’rgatishda didaktik o’yinchoqlar va bunga bevosita 
aloqador bo’lgan boshqa qo’llanmalardan foydalanadi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling